Kasb-hunar ta’limi markazi botir boymetov qalamtasvir


  Uy-ro‘zg‘or  buyumlari  hamda  gips  milliy  naqsh



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/65
Sana06.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#323300
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   65
Bog'liq
Qalamtasvir (Botir Boymetov)

3.6.  Uy-ro‘zg‘or  buyumlari  hamda  gips  milliy  naqsh
 
rozetkasining  qalamtasviri
Bu  qo‘yilmaning  asosiy  vazifasi  —  turli  shakl  va  hajmga  ega 
hamda  materiallardan  iborat  buyumlarni  kompozitsiya jihatidan 
qurishga o‘rganish hamda tus vositalari orqali tasvirlash. Uy-ro‘zg‘or 
buyumlari natyurmortini chizish yosh rassom oldiga yangi, yanada 
murakkabroq vazifani qo‘yadi.  Bunda jismlar turli xil shaklga ega 
boflishi  mumkin.  Shu bilan birgalikda ushbu jismlaming barcha- 
sini geometrik  shakllarga  o‘xshatishimiz  mumkin.
Natyurm ort  qo‘yilmasi  planshetga  shunday  joylashtirilishi 
kerakki,  unda  qog‘ozning  butun  yuzasi  naturani  tasvirlashda  faol 
ishtirok etsin. Agar tasvirlanayotgan jism (mazkur topshiriqda jismlar 
gumhi)  vertikal  yo‘nalish  bo‘yicha  cho‘zilgan  boflsa,  tabiiyki, 
qog‘ozning uzun tarafini vertikal holatda joylashtirish kerak.
Tasvirlanayotgan  jismlar  oflchami  to ‘g‘ri  tanlanishi  lozim: 
tasvir juda  kichik  yoki  katta  boflmasligi  hamda  u  bir burchakka 
taqalib  qolmasligi  ham  kerak.  Chizilayotgan  rasm  qog‘ozning 
taxminan  o‘rtasida  joylashtirilishi  lozim.  Har  bir  alohida  holat 
uchun,  qog‘ozning  bichimini  hamda  tasvirlanayotgan jismlar  va 
umumiy  tasvir  maydonining  o‘zaro  munosabatini  hisobga  olgan 
holda alohida kompozitsiya tanlash talab etiladi.


0 ‘quv  mashg‘ulotlarida  kompozitsiya  ko‘rish  maydonidagi 
tasvir  asosida  tanlanadi,  qog‘oz  bichimi  aniqlanib  (yoki berilgan 
bichimdagi  qog‘ozda),  unga  rasm joylashtiriladi.  Tasvir  kompo- 
zitsiyasini  aniqlash  (ayniqsa,  natyurmot  chizish  jarayonida)  — 
uning  joylashuvini,  o‘lchamlari  va  fonini  to ‘g‘ri  belgilashdan 
iborat. Yaxshi joylashtirilgan tasvirda, umumiy tasvirning butunligi 
va  o‘zaro  munosabatini  buzmay  turib,  hech  narsani  o‘zgartirish 
yoki olib tashlash mumkin emas.
0 ‘quv  rasmini  sifatli  ishlash  uchun  bir  necha  chizgilarni 
bajarish tavsiya etiladi. Tasvimi qog‘ozgato‘g‘rijoylashtrishda 
tasvir
 
izlash  moslamasi
 yordam beradi.  Ushbu moslamani yasash uchun 
karton yoki qalin qog‘ozning o‘rtasidan to ‘g‘ri to ‘rtburchakli teshik 
ochiladi va ushbu teshik qog‘oz yuzasiga proporsional bo‘hshi kerak. 
M oslamani  chizilayotgan  jismga  qaratilgan  ko‘z  nuriga  per- 
pendikular  holatda  ushlab,  uni  jismga  yaqinlashtiramiz,  uzoq- 
lashtiramiz  va  jism  qirralarini  moslama  tomonlariga  to ‘g‘rilab, 
jismning  aniq joylashuvini belgilab olamiz.
0 ‘quv  rasmini  ishlash jarayonida  qo‘yiladigan  asosiy talab  — 
qog‘ozda  jismlar  joylashuvini  to ‘g‘ri  belgilashdan  va  har  (o‘ng, 
chap,  yuqori  va past)  tomonlaridan bir xil bo‘sh joy qoldirishdan 
iborat.  Bunda,  shuningdek,  jismlaming  rangi  va  ular  yasalgan 
material ham hisobga olinadi.  Chunki ular tasvirda tabiiy chizilishi 
kerak.  Shu sababli ham natyurrnortdagi eng katta jism hech qachon 
qog‘ozning  o ‘rtasiga  joylashtirilmaydi,  balki  chap  yoki  o ‘ng 
tomonda  ifodalanishi  lozim.  Yaxshi  joylashtirilgan  tasvir  hech 
qachon siqilib yoki qog‘ozdabo‘shjoy ortib qolganga o‘xshamaydi. 
Shuningdek,  o‘quv natyurmortida jisrnlarning nisbatlari qog‘ozda 
to ‘g‘ri belgilanishi  kerak.
U y-ro‘zg‘or  buyurnlari  natyurrnortini  chizishda  turli  mate- 
riallardan  ishlangan  jismlar  yuzasidagi  yorug‘  va  soya  kuchini 
solishtirish  kerak.  Masalan,  metall  idishning  yuzasini  tasvirlash 
chog‘ida  uning  shakli  va  fakturasini  to ‘liqroq  tasvirlash  uchun 
boshqacha xarakterdagi shtrixlardan foydalanish lozim. Shisha yuzali 
idishga tushuvchi yorug‘lik o‘zining yorug‘lik-soya munosabatlariga 
juda tez  o‘tishi bilan  (yuzaning  yorug‘likni  aks  ettirish xususiyati 
kuchli  bo‘lganligi  sababli)  xarakterlanadi.  Bunday  o‘tish  boshqa 
materialdan ishlanganjismlarda, masalan, gips sharda sckin bo‘ladi. 
Bunday tasvirlami ishlash chog‘ida ketma-ketlikka rioya qilish katta 
ahamiyatga ega.
81


Natyurmort  chizish  jarayonini  quyidagi  bosqichlarga  bohish 
lozim.  Dastlab  natyumortni  turli  tomonlardan  kuzatilib,  yorug‘- 
soya  munosabatlarini  hisobga  olgan  holda,  shakl  ko^rinishining 
eng m a’qul joyi tanlanadi. Vazifaning asosiy maqsadi — buyumlar 
shakli,  rangi,  tuzilishi,  fazoviy  holati  jihatdan  bir-biridan  farq 
qilishiga  alohida  ahamiyat  berish.  Qo‘yilmadagi  buyumlaming 
olchovlari turlicha bolishi maqsadga muvofiq. Kichikroq buyumlar 
oldinroqda,  yiriklari  orqaroqda tasvirlanadi.  Natyurmort kompo- 
zitsiyasini  qog‘ozga tocg‘ri topish maqsadida  alohida  kichik olcham- 
da xomaki tarzda chizib ko‘riladi.  Rasm kompozitsiyasi topilgan- 
dan so‘ng asosiy ishga ohiladi.
Q ocyilmani  chizganda,  undagi  hamma  buyumlami  bir  yo‘la 
tasvirlash lozim. Aks holda, rasmdabirbuyumning olchovi kattaroq 
va  ikkinchisi  esa,  kichikroq bofiib,  rasm  kompozitsiyasi buziladi. 
Shuning  uchun  qo‘yilmadagi  barcha  buyumlarning  umumiy 
balandligi va eni qog‘ozda yordamchi chiziqlar bilan belgilab olinadi. 
So‘ng  naturadagi  har  bir  buyumning  ofichovi  jihatdan  o ‘zaro 
farqi,  oralaridagi masofa,  soya va yorugfiaming farqi, ranglari ko‘z 
bilan chamalab aniqlashga ohiladi.
Qocyilma ufq chizigfidan pastroqqa joylashtirilgan bofiib, uning 
gorizontal tekishgi aniqlanadi. Gipsh naqsh orqaroqda va balandlikda 
ohnatilgan,  mis  qumg‘on  va  sopol  piyola  oldingi  kocrinishda 
joylashgan.
Keyin  sopol  piyola  va  mis  qumgconning  umumiy  shaklini 
bildiruvchi  chiziqlar hamda simmetrik o‘qlar va naqshli gips mo- 
dehning taxtacha asosi belgilab chiziladi.  Sohigra piyola va mis qum- 
g‘onning ustki, pastki asoslari va naqshning yon tomon yohialishlari 
perspektiva  qonuniyatiga  asoslanib  belgilanadi.  Naqsh  gulining 
turgan joyini  aniqlash uchun taxtacha asosi  o‘rtasidan yordamchi 
profil  chizigfi  yuritiladi  (58-rasm, 
a

b,  d).
Mis  qumgcon  simmetrik  shakldagi  buyum  hisoblanib,  u  si- 
lindr  va  shar  shakllaridan  tashkil  topgan.  0 ‘tkazilgan  simmetrik 
o‘qdan qumgconning balandligi hamda enining ofichami topiladi. 
Qumg‘on ufq chizigfidan biroz pastroqqa qocyilganligi uchun uning 
ustki va  ostki  asoslari ellips shaklda kohinadi.  Socngra  qumgcon 
bocyi  va  enini  belgilovchi  chiziqlami  tutashtirish  orqali  umumiy 
shakl  topiladi.
Milliy  naqsh  gulining  shakli  yirik  yaxlit  qismidan  mayda 
bofiaklariga  ketma-ketlikda  bajariladi.  Taqqoslash  usuli  orqali
82


a. 
Birinchi  bosqich.
b. 
Ikkinchi  bosqich.
d.
  Uchinchi  bosqich.
58-rasm .
83


bo‘laklaming nisbatlari bir-birlari bilan hamda yaxlit aniqlab boriladi. 
Bu  bosqichda  buyurnlarning  ko‘rinmas  chiziqlari  ham  chiziladi. 
Bu  usul  buyurnlarning  fazodan  o‘rin  olib  turganini  ko‘rsatishda 
o‘quvchilami  yanglishtirmaydi.
Buyurnlarning yorug‘lik va soya qoidalariga rioya qilgan holda 
olib  boriladi.  Albatta,  naturadagi  buyurnlarning  o‘rtasidagi  och- 
to ‘qlikning  farqini  saqlagan  holda  hamda  materiallik  fakturasini 
ko‘rsatib  tasvirlash  kerak.
0 ‘quvchi  tasviming  haqqoniyligini  tekshirish  uchun  mol- 
bertdan uzoqlashib,  o‘zi tasvirlagan shakl bilan naturaga qo‘yilgan 
buyurnlarni tez-tez kuzatish orqali amalga oshiriladi.  Bunda oraliq 
masofa natura va chizilayotgan rasmni to ‘liq solishtirish imkonini 
berishi  lozim.  Tekshirish  davomida  natura  va  rasmga  ketma-ket 
qaraladi  ham da  mavjud  xatolar  o ‘sha  zahotiyoq  tuzatiladi. 
Shuningdek,  agar  rassom  turgan  holda  ishlayotgan  boTsa,  u 
m olbertdan  biroz  uzoqlashib,  tasvir  va  naturadagi  jism ni 
solishtirishi mumkin. Rasm chizishning so‘nggi bosqichida xatolami 
aniqlab,  so‘ngra  ulami  tuzatishga  ko‘p  vaqt  sarflagandan  ko‘ra, 
rasm  chizish  jarayonining  har  bir  bosqichida  uni  boshqarib, 
tekshirib  borish  tavsiya  etiladi.  So‘nggi bosqichda vazifa  deyarli 
tugatiladi  —  rasmni  natura bilan  solishtirish,  keraksiz  chiziqlarni 
olib  tashlash,  birinchi  va  ikkinchi  darajali  qismlarni  umumiy- 
lashtirish va ishdan umumiy taassurot  olish  kerak.
Yosh  rassom uchun  natyurmort  chizish  katta  ilmiy  ahamiyat 
kasb etadi. Naturadan natyurmort chizish realistik rasmdagi jismlar 
joylashuvini  toTiq  ochib  berish,  e’tiborni,  asosan,  perspektiv 
tasvirga  qaratish  hamda  chiziqli-konstruktiv  rasm  chizishning 
qonun-qoidalarini o‘zlashtirish imkonini beradi.  Natyurmort ustida 
ish  olib  borish  o‘quvchilarda  yangi  ijodiy  qirralarining  namoyon 
boTishida katta ahamiyat kasb etadi.
Ish  yakunida  oldingi  va  orqa  ko‘rinishda  joylashtirilgan 
buyumlarning  tus  munosabatlari  umumlashtiriladi  (58-rasm, 
d).

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish