Kasb-hunar ta’limi markazi botir boymetov qalamtasvir



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/65
Sana06.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#323300
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65
Bog'liq
Qalamtasvir (Botir Boymetov)

Ikki  konusning  rasmini  chizish  (tik  va  yotgan  holati).
  Ushbu 
topshiriqni tushuntirish uchun konusning karkas shaklidan foyda-
66


laniladi.  Tik  holatdagi  konusni  chizish  juda  oddiy.  Bu,  awalo, 
qog‘ozda konusning  asosi  (ellips holatidagi  aylana) joylashadigan 
joyni  aniqlash,  konusning  yuqorisidan  ellips  asos  markazi  (katta 
va kichik o‘qlar kesishgan nuqtajga tushirish va so‘ngra asosning — 
ellipsning  katta  o‘qi  uchlarini  konusning  balandligi bilan  tutash- 
tirishdan iborat.
Konusni  yotgan  holatda  tasvirlash  tik  holatdagi  konusni 
chizishdan  ko‘ra,  biroz  qiyin.  Buning  uchun  konus  balandligi va 
asosi o‘rtasidagi burchak to‘g‘ri  aniqlanishi kerak.
Tasvir  barcha  topshiriqlar  kabi  yengil  chizgilar  chizish  bilan 
boshlanadi. Vazifani boshlashdan aw al uni turli nuqtalardan turib 
qalam chizgilarda  bajarish  kerak.  Bu  yerda  o ‘qituvchi  ham  
o‘quvchilarga uslubiy maslahatlar berishi va amahy jihatdan qog‘oz 
burchagida ko‘rsatib berishi lozim. Yotgan konusni xuddi shunday 
holatdagi  piramidaga  asoslangan  holda  chizish  mumkin.  Bunda 
silindming  yotgan  holati  asosi,  yotgan  holatdagi  konus  asosiga 
o‘xshab  ketadi  (aylananing  perspektiv  qisqarishi).  Qog‘oz  sirtida 
m alu m  burchakli kvadrat  chiziladi va  uning ichida  ellips holati- 
dagi aylana  — konusning asosi joylashadi.  Ellipsning o‘qlari uning 
uchigabirlashtirilib, perpendikular chiziq chiziladi.  EUipsning katta 
o‘qi  uchlaridan konusning markaziy o‘qi balandligi tomon to‘g‘ri 
chiziqlar chiziladi va natijada, konus hosil bo‘ladi. Tasvir qurihshida 
shuni  yoddan  chiqarmaslik  kerakki,  konus  asosining  perspektiv 
qisqarishida uning  kichik aylanasi  sinmasdan,  yengil tasvirlanishi 
lozim (40, 41, 42, 43, 44-rasmlarda yotgan va tik holdagi konusning 
besh  bosqichdagi  tasviri  ko‘rsatilgan.
40-rasm.
41-rasm.
67


44-rasm.
Hayotda uchraydigan ko‘plab uy-ro‘zg‘or buyumlarining umu- 
miy ko‘rinishi, jumladan, bidon, choynak, piyola va  boshqalarning 
asosi ham shu yo‘sinda tasvirlanadi hamda qaysidir ma’noda ushbu 
geometrik shakllarni eslatadi.
Shar rasmini chizish.
  Shar tuzilishining  ahamiyatli,  o‘ziga xos 
tarafi  shundaki,  uning yuzasidagi barcha  nuqtalar bir nuqtadan  — 
markazdan bir xil o‘lchamda tarqaladi.  Bizni o‘rab turgan borliqdagi 
ko‘plab jismlar,  masalan,  mevalar,  sabzavotlar,  sport  to ‘plari  va 
boshqalar shar yoki sharsimon shaklga  ega.  Odam boshining tepa 
qismi, miya qutisi ham sharsimon ko‘rinishli. Boshning pastki qismi 
suyaklari  esa,  mukammal  shakllardan tashkil topgan.
Bunday  shaklning  tuzilishini  idrok  etish  muhim  ahamiyatga 
ega.  Sharning  faqat  bitta  yuzasi  bor  va  uning  chegarasi  mavjud 
emas;  shar  aylananing  o‘z  diametri  —  aylanish  o‘qi  bo‘yicha 
aylanishi  natijasida  hosil  bo‘ladi,  shuning  uchun  unga  qaysi 
nuqtadan  qaralmasin  uning  shakli,  konturi  va  ko‘rinib  turuvchi
68


yuzasi o‘zgarmaydi va doimo aylana ko‘rinishida bo‘ladi.  Shaming 
chiziqli  tasviri  faqat  aylanani  to ‘g‘ri  chizishdan  iborat bo‘lsa-da, 
shar shaklining  hajmli modelini  soyasi bilan chizish rassomchilik 
mashg‘ulotlaridagi  eng  qiyin vazifalardan biridir.
Shar  chizishda yomg‘  va  soya yordamida jismning  hajmi  qay 
darajada tasvirlash imkoni borligini bilish kerak.  Rasmdagi yorug‘ 
joylar — yomg‘lik ko‘proq tushgan joylami, to ‘q joylari esa, uning 
eng keng joyida — ekvatorida bo‘ladi. Ulaming oralig‘ida esa, ya’ni 
yomg‘lik  o‘tkir burchak  ostida  tushgan joylarda  yarimsoya  hosil 
bo‘ladi. Bunda yomg‘lik ma’lum miqdorda qaytadi va soya hosil bo‘ladi. 
Ushbu soya jism yuzasining soyadagi qismi shaklini xarakterlaydi. 
Shuningdek, tushuvchi soya tushunchasi ham mavjud.  Shar shak- 
lini yorug‘lik va  soya  munosabatlari  asosida tasvirlash jarayonida 
yomg‘lik  qayerdan  va  qanday  tushayotganligini,  jism  yuzasining 
qaysi  qismi  yorug‘lik  manbayiga  eng  yaqin joylashganini,  o‘sha 
yuzani qay darajada yoritishini,  yomg‘likning tugashi va soyaning 
boshlanish joylarini hamda soya hosil bo‘lish sabablarini tasaw ur 
etish kerak.
Yorug‘lik va  soya munosabatlarining turlicha bo‘lishiga  sabab 
shundaki, yomg‘lik eng yaqin yuzadan uzoqlashgani sari kamayadi 
va  asta-sekin  yorug‘likdan  soyaga  o‘tib  boradi.  Shu  sababli  ham 
shardagi yorug‘lik-soya munosabatlari murakkab va tasvirlash ancha 
mushkul.  Shar shaklini chizishda,  ayniqsa,  shar yuzasiga yomg‘lik 
tushayotgan  bo‘lsa,  uning  chegaralari  va  orqa  fonni  tasvirlash 
murakkab  ishdir.  Bunday  holatda  shar  yuzasining  chegarasi 
ko‘rinmaydi va kontur ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi.
Rasm  chizishni  boshlash  uchun  dastlab  qog‘ozda  uni  kom- 
pozitsiya jihatdan qurib olinadi.  Shuningdek, rasm chizish jarayonida 
metodik ketma-kethkka rioya qilish kerak. Awal shaklni yengil soya 
tasviri bilan,  so‘ngra esa, butun shakl bo‘yicha aniq yorug‘ va soya 
munosabatlarini  to ‘g‘ri  taqsimlash  orqali  (yorug‘lik  tushuvchi 
yuzalami  taqqoslab)  chizish  lozim.
Ish  davomida  sharning  yomg‘lik  tushmaydigan,  ya’ni  soya 
qismiga  to ‘g‘ri  ishlov  berilganda,  tasvir  relyefi  yanada  to ‘qroq 
tusda bo‘lishi mumkinligini yodda tutish kerak; bunda yomg‘likning 
qaytish  darajasi  soyadan  yorqinroq,  ammo  yomg‘lik  tushuvchi 
yuzadan to‘qroq bo‘lishi kerak.  Sharga yorug‘likning qaysi nuqtadan 
tushishiga qarab,  u to ‘sib turgan yerlarida tushuvchi soyalar hosil 
bo‘ladi  (45,  46, 47, 48, 49-rasmlar).
69


45-rasm.
46-rasm.
49-rasm.
70



Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish