www.ziyouz.com
kutubxonasi
21
qildi. Yana meni qaerda bo‘lsam, xayru-barakotli qildi va modomiki, hayot ekanman,
namozni (ado etishni) va zakotni (ato etishni) amr qildi. Shuningdek, (Alloh) meni
onamga itoatli-mehribon qildi va meni sitamkor badbaxt qilmadi. Menga tug‘ilgan
kunimda ham, vafot bo‘ladigan kunimda ham, qayta tiriladigan kunimda ham tinchlik-
omonlik bo‘lur» (Maryam surasi, 30-33-oyatlar). Beshikdagi bolaning javobi va ovozi har
bir gumonni yo‘qotdi. Qavmining yuzi dahshatli bo‘ldi. Ular Olamlar Rabbisining ulug‘
mo‘‘jizasi oldida turganliklarini bildilar. Maryamning pok ekanliklari alomatlari zohir
bo‘ldi. Bundan Maryamning qalblari yorishdi va Allohga hamd aytdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |