Yorliq va ikkilamchi o’ram
Korxonada o’rov va materiallarni qabul qilish hamda chinligini aniqlash, ish
joylarini va jihozlarni tekshirish qoidalari, o’ram va yorliqlash tartibini o’zida aks
ettirgan yo’riqnomalar bo’lishi zarur.
Tayyor mahsulot aniq yorliqqa ega bo’lishi kerak. Yorliqning mazmuni va
yozuvlari, har bir muayyan dori vositasi uchun amaldagi me’yoriy-texnik
hujjatlarda belgilangan talablarga mos bo’lishi lozim. Mahsulotlarni yorliqlashda
avtomatlashgan tarzda ndentifikatsiyalashni osonlashtiruvchi kodlashtirishdan
foydalanish maqsadga muvofiq.
Markalash maxsus yorliqlar ko’rinishida bo’lishi yoki bevosita birlamchi
o’ram sirtiga tushirilishi mumknn.
Yorliqlar va boshqa bosma materiallar tayyorlash shunday tashkil etilishi
kerakki, ularni o’zaro aralashib ketishi bartaraf etilsin.
O’rov uchun kerakli yorliqlar va boshqa bosma materiallar yopiladigan
konteynerlarda maxsus xonalarda saqlanishi lozim. Yorliqlar va har bir alohida
nomdagi dorilar u markalash materiallari, dori vositalarining dozalari alohida
saqlanishi kerak. Ular faqat tegishli yozma farmoyish bo’lsagina beriladi.
Yorliqlarni saqlash xonasidan markalash va o’rash liniyasiga olib borish shunday
tashkil etilishi kerakki, ularni qalbakilashtirish yoki boshqa dori vositalari, xom
ashyolar yoki yordamchi materiallarni markalash uchun mo’ljalangan yorliqlar
bilan aralashib ketmasligi kafolatlangan bo’lsin. Eskirgan, ishdan chiqqan
yorliqlar, markalash va o’rov materiallari, hamda seriya raqami va boshqa
ishlatilmagan ma’lumotli yorliqlar yo’q qilinishi va hujjat bilan rasmiylashtirilishi
lozim.
Tayyor dori vositalarini transportda tashishda, ularning butligini ta’minlash
maqsadida ular amaldagi me’yoriy-texnik hujjatlarga muvofiq qo’shimcha
ravishda, ikkinchi marta o’ralgan va tara guruhga joylashtirilgan bo’lishi kerak.
Ikkilamchi o’ramning markalanishi amaldagi me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga
mos bo’lishi kerak. Bundan tashqari bitta qutidagi birlamchi o’rov soni haqidagi
ma’lumotlar ham bo’lishi zarur.
Umumiy o’ramni markalanishi amaldagi me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga va
ikkilamchi o’ram markalanishiga mos bo’lishi lozim. Tayyor mahsulot korxona
xududidan chiqarilayotganda, ikkilamchi va umumiy o’ramlar markalanishining
o’zaro mosligini shu maqsad uchun ajratilgan xodimlar tomonidan yana bir bor
tekshirib chiqiladi.
Umumiy taraga o’rovdagi dori vositalari usti yopiq transport vositalarida,
amaldagi me’yoriy-texnik hujjatlar talablari va transport qoidalariga mos ravishda
tashilishi kerak.
O’rash va markalash jarayonida bir-biri bilan kontaminatsiyalanish,
aralashish yoki bir turdagi mahsulot o’rniga boshqasini adashtirib qo’yishni
ogohlantiruvchi chora tadbirlari nazarda tutilishi kerak.
Agar texnologik yo’llar oralig’i to’siqlar bilan ajratilmagan bo’lsa dori
vositalarini bir-biriga bevosita yaqin joyda o’rash mumkin emas.
Markalash mahsulot birlamchi o’rov materialiga joylangandan va
berkitilgandan so’ng darhol amalga oshirilishi kerak. Agar markalash (yorliqlash)
keyinga qoldirilsa xato markalash, boshqa mahsulot bilan aralashib va chalkashib
ketishini oldini olish uchun chora-tadbirlar ko’rilishi kerak. O’rov jarayoni tamom
bo’lgach, seriya raqami qo’yilgan hamma ishlatilmagan o’rov va markalash
materiallari yo’q, qilinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |