www.ziyouz.com
kutubxonasi
30
«(Ey Muhammad), albatta sizga (ushbu) Qur’onni (ya’ni uni tilovat qilishni,
unga amal qilishni va uni ummatlaringizga yetkazishni) farz qilgan zot, shak-
shubhasiz sizni bir qaytadigan joyga (Makkaga) qaytarguvchidir».
Ey
Qutqaruvchi meni qutqargin, ey eshituvchi meni eshitgin, ey ulug‘ Qudrat sohibi, meni
tuzatgin, ey (ayblarni) to‘suvchi, meni to‘sgin, ey Rahmon, menga rahm qilgin, ey
Qaytaruvchi, meni bu Uyingga qaytargin. Unga qaytishlikni menga nasib qilgin, tavba
qilgan holatda, ibodat qilgan holatda, sayohat qilgan, Rabbimizga hamd aytgan holatda
so‘ng yana qaytishlikni bir necha marta nasib qilgin.
Alloh taoloning va’dasi rost bo‘ldi, bandasiga yordam berdi, askarini aziz qildi, guruhlarni
bir O‘zi yengdi.
Allohim, bizga va Muhammad alayhissalom ummatlaridan bo‘lgan quruqlik va suvdagi
jamiki muqim va musofir, g‘oziy, Baytingni ziyorat qiluvchi va hoji bandalaringga
g‘animat, ofiyat va salomatlikni yozgin.
Allohim, meni o‘ngimdan, chapimdan, oldimdan, orqamdan, ustimdan va ostimdan to
ahlim va yurtimga yetib olgunimcha asragin. Meni ko‘z ochib-yumguncha, undan ham
ozroqqa ham rahmatingdan xoli qilmagin.
Allohim, bizning safarda sohibimiz va ahlimiz uchun bizdan xalifa bo‘lgin.
Dushmanlarimiz yuzini teskari qilgin, ularni yurtlariga qaytarib yuborginki, toki biz
tarafga o‘tishga ham, kelishga ham qodir bo‘lmasinlar.
Allohim, buni Baytingdagi oxirgi ahdim qilmagin. Allohim, ma’siyatni tark etishlik bilan
meni boqiy qoldirganingcha menga rahm qilgin, bema’ni narsaga berilishdan saqlab
rahm qilgin. Mendan rozi bo‘ladigan narsalaringga chiroyli nazar qilishlik bilan meni
rizqlantirgin.
Allohim, ko‘zim bilan meni manfaatlantirgin va uni mendan voris qilgin. Dushmanlardan
o‘chimni ko‘rsatgin, menga zulm qilganlarga qarshi menga yordam bergin.
Allohim, Sen bilan xafachilik, g‘amdan panohlanaman, Sen bilan ojizlik va
dangasalikdan, qo‘rqoqlik va baxillikdan panohlanaman, Sen bilan qarzdorlik bosib
qolishidan, kishilarning zo‘ravonligidan panohlanaman.
Allohim, Sendan bu safarimizda yaxshilik va taqvoni va O‘zing rozi bo‘ladigan amallarni
so‘rayman.
Allohim, Sen safarda sohibsan va ahlu ayolga xalifasan.
Allohim, Sen bilan safar mashaqqatlaridan, tushkun ko‘rinishdan va molim, ahlim va
bolalarimda yomon o‘zgarishdan panohlanaman.
Allohim, afving bilan tong ottirdik, ofiyating bilan qo‘zg‘oldik.
Allohim, biz uchun yerning tanobini tortgin, (yo‘limizni yaqin qilgin) va safarni bizga
yengil qilib, yomon o‘zgarishdan bizni salomat qilgin. Yaxshilikka yetkazuvchi Allohim,
Haj va umra ibodatlari (duolar kitobi)
www.ziyouz.com
kutubxonasi
31
meni xayriyatga yetkazgin, o‘zingdan menga satr (ayblarga to‘siq), rozilik, ato et,
xayriyat Sening qo‘lingdadir, albatta Sen har bir ishga qodirsan.
Allohim, bizga safarni yengil qilib, yo‘lni yaqin qil. Allohim, safarda tong ottirdik, Sen
bizning ahlu ayolimizda xalifa bo‘lgin.
Allohim, oldimdan, orqamdan, o‘ngimdanu chapimdan va ustimdan meni saqlagin. Va
ostimdan menga xoinlik qilishlaridan Azamating bilan panohlanaman, ey rahm
qiluvchilarning rahmlirog‘i, ey olamlarning Robbisi!
Do'stlaringiz bilan baham: |