Marketing-Menejment
Strategik marketing-
menejment
Taktik marketing-
menejment
-Marketing muhiti tahlili
-Marketing –miks instrumentini
strategik rejalashtirish
-Marketing tizimining rivojlanish
strategiyasi
-O‘zaro ta’sir va muvofiqlashtirish
strategiyasi
-Motivatsiya strategiyasi
-Strategik nazorat
-Bozorni o‘rganish
-Marketing –miks operativ
tadbirlarni rivojlantirish
-Marketing faoliyatini tashkil qilish
-Bozordagi harakat taktikasi
-Motivatsiya taktikasi
-Nazorat
-Audit
Firmani boshqarishning marketing siyosati
Marketing sohasida strategik
qarorlarni boshqarish
Marketing sohasida taktik
qarorlarni boshqarish
52
ijodiy salohiyatlarini amalga oshirishlariga qiziqishlarini ta’minlashi
kerak.
2. Ichki va tashqi muhit sharoitlari. Tashqi sharoitlarga quyidagilar
kiradi: raqobat, sotishning tashqi kanallari, bozorlar soni va sig‘imi,
xarid qobiliyati, huquqiy me’yorlar, siyosiy va ijtimoiy munosabatlar.
Ichki sharoitlarga quyidagilar kiradi: korxonaning kattaligi va uning
yoshi; mahsulotlarning soni va turli — tumanligi; xodimlarning mala-
kasi, moliyaviy salohiyati, mavjud sotish kanallari.
Marketingning tashkil etilishi quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin:
- marketing xizmatining maxsus vazifalari — bozorni o‘rganish,
tovar harakati, baho, talabning shakllanishi, sotishni rag‘batlantirish va
boshqalarning bajarilishini uyushtirish shaklida;
- marketing vazifalarini korxona (firma) tovarlari yoki ular guruhlari
bo‘yicha bajarish tarzida;
- marketing vazifalarini bozorlar (ichki, regional, tashqi) bo‘yicha
ijro etish shaklida.
Marketing bo‘yicha qaror qabul qilish jarayoni ikki bosqichdan
iborat.
1-qarorning tayyorlanishi (marketolog).
2-qarorning qabul qilinishi (menejer, tadbirkor).
Marketing bo‘yicha qaror qabul qilish uzoq davom etadigan va
murakkab jarayondir. Qarorlarda qo‘yiladigan masalalar tizimli tahlil,
qaror qabul qilish nazariyasi, ehtimollar nazariyasi, operatsiyalar
tadqiqoti kabi usullar bilan yechiladi. Yechimlar tahlil qilinib eng maq-
bul yechim varianti qabul qilinadi.
Qaror qabul qilish nazariyasining ikki yo‘nalishi mavjud:
−
ratsional qaror qabul qilish nazariyasi;
−
qaror qabul qilishning psixologik nazariyasi.
Qaror qabul qilish texnologiyasi quyidagi savollarga javob berishni
talab etadi:
−
nima qilish kerak ( obyekt soni va sifati)?
−
resurslarning sarf -xarajati qancha?
−
qaysi texnologiya bo‘yicha qanday bajarish kerak?
−
kim bajarishi kerak?
−
qaysi muddatda bajarish kerak?
−
kim uchun qilish kerak (Iste’molchi) ?
−
qayerda bajarish kerak?
53
−
qaror qanday samara beradi (iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik,
texnik).
Marketing qarorini ishlab chiqish jarayonida quyidagi tamoyillarni
nazarda tutish zarur: proporsionallik, uzluksizlik, parallellik, to‘g‘rilik,
egiluvchanlik. Marketing qarori sifatiga bevosita ta’sir etuvchi omillarga
modellashtirish, avtomatlashtirish va kompyuterlashtirish, motivlash-
tirish va rag‘batlantirish kiradi. Qaror qabul qilishda intuitsiyaga, fikr –
mulohazaga, ratsionallikka asoslanish mumkin. Marketing qarorlarining
sifati va samaradorligiga erishish uchun quyidagi shartlarga rioya qilish
kerak:
−
qaror qabul qilish nazariyasini qo‘llab ilmiy yondashish;
−
iqtisodiy qonunlarning marketing qaroriga ta’sirini o‘rganish;
−
qaror qabul qiluvchini sifatli axborot bilan ta’minlash;
−
funksional miqdoriy tahlil, iqtisodiy asoslash va istiqbolni
belgilash usullarini qo‘llash;
−
sintez va tahlil, maqsadga yo‘naltirish, tarkiblashtirish usullarini
qo‘llash;
−
qarorlar variantini solishtirish shartlarini ta’minlash;
−
qabul qilingan qarorni huquqiy muhofazalash;
−
qarorlarning ko‘p variantli yechimlarini topish;
−
yangi informatsion texnologiyalardan foydalanish;
−
qarorlar natijalariga javobgarlikni kuchaytirish va rag‘bat-
lantirishni yo‘lga qo‘yish.
Alternativ yechimlar mavjud bo‘lgan hollarda ularni solishtirish va
eng maqbul yechimni qabul qilish kerak. Alternativ marketing qarorlari-
ni solishtirishda quyidagi omillarga e’tibor berish lozim:
−
Vaqt.
−
Obyekt sifati.
−
Ishlab chiqarish va sotish hajmi.
−
Mahsulotning o‘zlashtirilganlik darajasi.
−
Qaror qabul qilish uchun ma’lumot va axborotlar olish usuli.
−
Qarorni qo‘llash shart — sharoitlariga.
−
Inflatsiya darajasiga.
−
Tavakkalchilik va noaniqlik.
Marketing qarorlarining alternative variantlarini solishtirishda
quyidagi qoidalarga albatta e’tibor berish kerak:
−
Alternativ variantlar 3 ta dan kam bo‘lmasligi kerak.
54
−
Yechimning bazaviy varianti sifatida vaqt bo‘yicha eng kech
qabul qilingan yechim varianti qabul qilinishi kerak. Qolgan yechim
variantlari koeffitsiyentlar yordamida bazaviyga yaqinlashtiriladi, ya’ni
korrektirovka qilinadi.
−
Alternativ yechimlar marketing qarorlari samaradorligini
ta’minlashi zarur.
−
Qaror qabul qilish jarayonining yuqori samaradorliligini
ta’minlash uchun keng axborot ma’lumotlaridan foydalanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |