Xalqaro marketing
— firmalar, kompaniyalar, korxonalar va davlat
tomonidan qo‘llanadigan bir vosita. Jahon bozorlariga chiqishda tashqi
muhitni tadqiq qilish, konkret bozorni aniqlash va belgilab olish, unga
kirish uslubini va marketing rejasini ishlab chiqish, xalqaro bozorda
axborotlar ta’minoti va raqobat muhitini o‘rganish kabi muammolar
yechimini topishga qaratilgan bo‘ladi.
Xalqaro marketing muhiti
— jahon bozoridagi o‘zgarishlar maydonini,
aniqrog‘i, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-madaniy omillar va
boshqalarda namoyon bo‘luvchi mamlakatning tashqi marketing muhitini
ifodalovchi termin.
Do'stlaringiz bilan baham: |