Sotuv bo‘limi –
firmaning o‘z mahsulotlarini vositachilar va savdo
korxonalari orqali sotilishini tashkil qilish bilan shug‘ullanadi.
Korxona rahbariyati
– yirik sotuv jarayonlarida, masalan,
investision tarmoqlarga tovar, xomashyo, ayrim texnik vositalar kabilar-
ni sotishda ishtirok etadi. Kerak bo‘lganda kommivoyajerlar faolyatini
qo‘llab-quvvatlaydi, ishbilarmonlik aloqalari katta ahamiyatga ega.
Konsignator
– eksportyordan o‘z omboriga tovar konsignatsiya
shartnomasida belgilangan muayyan shartlarda sotadi. Shartnomada
jo‘natilgan tovar nomi, narxi, sotish muddati va boshqalar ko‘rsatilgan
bo‘ladi. Konsignator tashqi savdo ishlaridagi komissionerlarning
ko‘rinishlaridan biri, lekin u tovarlar savdosini konsignat belgilagan
narxlarda, uning hisobiga, ammo o‘z nomidan olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |