20
Bozordagi talab va taklif orasidagi nisbatning o‘zgarishi bozor
munosabatlari uchun xarakterli bo‘lib, firmalarning tovar ishlab
chiqarishdan sotish, so‘ngra esa xaridorga va jamiyatga yetkazishgacha
bo‘lgan faoliyatning boshqaruvida urg‘u berilishining aralashib ket-
ganligi bilan kuzatilar edi. XX asr davomida marketingning boshqa
boshqaruv konsepsiyalari paydo bo‘ldi.
Marketing konsepsiyasi – bu bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab
chiqarish va sotish faoliyatini boshqarish haqidagi ilmiy asoslangan
tasavvurlar tizimidir.
1
.
Ishlab chiqarishni mukammallashtirish konsepsiyasi
. Bozor
rivojlanishining boshlang‘ich bosqichida (AQSh va G‘arbiy Yevropa
mamlakatlari uchun o‘tgan asrning 20 – 40 –yillari) tovarga bo‘lgan
talab taklifdan ortadi, tovar tanqisligi yuz beradi, xaridorlar tovar qidirib,
o‘zaro raqobatlashadilar, ishlab chiqaruvchi – sotuvchilar mustahkam
pozitsiyani egallaydilar (sotuvchilar bozori). Bunday sharoitlarda
tadbikorlarning kuchi ishlab chiqarishni rivojlantirishga (ratsionalizat-
siyasiga), juda bo‘lmaganda, bunday bozor munosabatlarida uncha qiyin
bo‘lmagan savdoga yo‘naltiriladi, potensial iste’molchilarni jalb etish
esa hozircha ularning e’tiboridan chetda qoladi. Shuning uchun bu davr
manketingning passiv davri, deb ataladi. Bu yerda gap ishlab chiqarish
yoki tovarga yo‘nalganlik haqida ketmoqda.
Ishlab chiqarishni mukammallashtirish konsepsiyasi bilan mos
holda xaridorlar keng tarqalgan va narxlari uncha qimmat bo‘lmagan
tovarlarga intiladilar, deb hisoblanadi, binobarin, boshqaruvga doir o‘z
kuchlarini ishlab chiqarishni mukammallashtirishga qaratishlari zarur.
Bu konsepsiya ikki vaziyatga to‘g‘ri keladi. Birinchisida tovarga bo‘lgan
talab taklifdan ortib ketadi. Bunday hollarda rahbariyat ishlab
chiqarishni oshirish yo‘llarini izlashi kerak bo‘ladi. Ikkinchisi – tovar
tannarxi o‘ta yuqori va uni pasaytirish zarur, buning uchun esa
mahsuldorlikni oshirishga to‘g‘ri keladi.
Ishlab chiqarishni mukammallashtirish konsepsiyasi mavjud
assortimentdagi ishlab chiqarish hajmini oshirishga yo‘naltirilgan. Bu
dastlabki konsepsiya hozirgi kunda ham qo‘llaniladi. Firmaning asosiy
e’tibori mahsulot hajmini ko‘paytirishga qaratilgan bo‘lib, bozor tor
assortimentdagi tovarlarga to‘yinadi. Bunday sharoitda iste’molchi o‘z
talabini bozor taklifiga qarab shakllantiradi. Bu konsepsiya asosan
quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
21
•
Real va potensial iste’molchilarning ko‘pchiligi cheklangan sotib
olish qobiliyatiga ega bo‘lsa.
•
Ma’lum tovarga talab taklifdan yuqori bo‘lsa, bunday holda
o‘rinbosar tovar bo‘lmagani uchun xaridor bor tovarni sotib olishga
majbur.
•
Agarda mahsulot tannarxi yuqori bo‘lsa, ko‘p hajmda ishlab
chiqarish tannarxni birmuncha kamayishiga olib keladi, korxona ma’lum
bir tovari bilan bozorda o‘z ulushini egallaydi.
Bu konsepsiyaning asosiy maqsadi ishlab chiqarish bo‘lib, aynan
shu tovarga talab yuqori, taklif esa kam bo‘lgan vaqtda uni sotish
muammo emas.
Rejali iqtisodiyot davrida ko‘proq shu konsepsiya ishlatilgan, lekin
juda katta seriyalarda tor assortimentda mahsulotlar iste’molchilarning
bunday tovarlarga nisbatan talabini pasayishiga va tovarlarning
peshtaxtalarda turib qolishiga sabab bo‘ldi. Shunday bo‘lishiga
qaramasdan, bu konsepsiya o‘z vaqtida Genri Fordning avtomobil
zavodida juda katta daromad keltirdi. U katta hajmda ommaviy avto-
mobillar seriyasini ishlab chiqarib avtomobil sanoatini rivojlantirdi.
Uning qora rangdagi o‘rta hol amerikalikning hamyoniga to‘g‘ri
keladigan avtomobillarini 1908 – 1927-yillarda T-modeli nomi ostida
chiqarib shu yillarda 15 mln.dan ortiq avtomobil sotilishiga erishdi.
Katta partiyalarda shu modeldagi avtomobillarni chiqarib ommaviy
iste’molchilarni shakllantirdi. Qora rang o‘sha vaqtda eng arzon va tez
quruvchi bo‘yoq bo‘lgani uchun G.Ford shu rangdan foydalanib,
mahsulot tannarxini pasayishiga erishgan va katta daromad ko‘rgan. O‘z
mahsulotlarini har xil qilish haqidagi takliflarga G.Ford hazil qilib,
mijozlarga xohlagan rangdagi avtomobilni berish mumkin, faqat bitta
shart bilan: u qora bo‘ladi, degan gapi uchun sal bo‘lmasa “tuzoqqa”
tushay dedi, chunki raqobatchilari yangi boshqaruv konsepsiyasini
o‘zlashtirib, avtomobillarning turli modelini taklif qila boshladilar.
Keyinchalik ishlab chiqarishni takomillashtirish konsepsiyasi qo‘llanilib,
unda tovarlarning yangi modellari, texnologiyalari, assortimentlari
yaratilishiga katta e’tibor qaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: