I. Nazariy qism
Elektr yoyli payvandlash metall detallarni ulardan oqib o„tadigan elektr toki
bilan plastik yoki suyuq holatgacha ajralmas bog„lanish paydo bo„lguncha loqal
qizdirish va undan so„ng payvandlash zonasini issiqlik o„tkazuvchanlik hisobiga
sovutish natijasida ajralmas qilib ulash jarayonidir.
Yuqori samaradorlik, iqtisodiy jihatdan tejamlilik va metall isrofi kam bo„lgani
uchun elektr payvandlash ajralmas bog„lanishli metall detallarni ishlab chiqarishda
keng ko„lamda qo„llaniladi.
Elektr payvandlashda o„zgarmas va o„zgaruvchan tok ham qo„llaniladi.
O„zgaruvchan tokdagi yoy payvandlashda manba sifatida payvandlash
transformatorlari ishlatiladi. Ular bir postli va ko„p postli bo„ladi. O„zgarmas tok
manbalari asosan 2 xil guruhga bo„linadi: payvandlash o„zgartgichlari va
to„g„rilagichlar.
O„zgaruvchan tok manbasi bo„lgan payvandlash transformatorlari energetik va
ekspluatatsion afzalliklari tufayli zamonaviy payvandlash texnikasida keng
ishlatilmoqda.
Bitta postli payvandlashda quvvati katta bo„lmagan (1,0 - 20 kVA) bir fazali
payvandlash transformatorlari ishlatiladi.
Ko„p postli payvandlash manbalari bir nechta payvandlash postlarini
ta‟minlash uchun zarur bo„lgan katta quvvatga ega bo„lishi bilan xarakterlanadi.
Yoyli payvandlashda vujudga keladigan jarayonlarga bog„liq ravishda bitta
postli payvandlash transformatorlariga quyidagi spetsifik talablar qo„yiladi:
1. Salt ishlash kuchlanishi yoyni yonishi uchun yetarli, lekin payvandlovchi
uchun xavfsiz chegarada, ya‟ni U
3
=50
60V oralig„ida bo„lishi kerak.
2. Payvandlash zanjiridagi qisqa tutashuv toki ishchi tokidan sezilarli darajada
(120-140%) katta bo„lmasligi kerak. Agar qisqa tutashuv toki bir necha marta katta
bo„lsa, payvandlash manbaiga haddan tashqari zo„riqish to„g„ri keladi,
payvandlash sifati esa suyuq metallni sochilishi natijasida yomonlashadi.
3. Payvandlash manbasi payvandlash tokini keng diapazonda rostlash imkonini
berishi kerak. Shuning uchun, payvandlash transformatori tashqi xarakteristikasi
U
g
=f(I
2
) qavariq tushuvchan shaklga ega bo„lishi kerak.
Payvandlash yoyining asosiy texnologik ko„rsatkichlari sifatida tashqi
xarakteristika va salt ishlash kuchlanishidan tashqari uzlukli ishlash rejimida
solishtirma ishlash davomiyligi va solishtirma ulanish davomiyligi hisoblanadi.
Manbaning dinamik xossalari kriteriyasi sifatida qisqa tutashuv rejimidan salt
ishlash rejimiga o„tishda uning klemmalarida kuchlanish oshishi hisoblanadi.
Ayniqsa kuchlanish qiymati 0 dan to yoyni qo„zg„atish uchun yetarli bo„lgan
kuchlanishgacha oshib borishi vaqti va kuchlanish tiklanish vaqti juda muhim
hisoblanadi. GOST bo„yicha u 0,03 sekunddan oshmasligi kerak.
O„zgaruvchan tok manbalari tushuvchan tashqi xarakteristikani olish va tokni
rostlash usuliga qarab ikkita tipga bo„linadi:
a) normal magnit yoyiluvchanlikka ega bo„lgan transformatorlar, bu holda ular
ikkita alohida apparatdan (transformator va drossel) iborat bo„ladi;
b) yuqori magnit yoyiluvchanlikka ega bo„lgan transformatorlar
(qo„zg„aluvchan g„altakli, magnit shuntli, pog„onasimon vint regulyatorli).
Qarshiligi katta oraliqda o„zgarishi mumkin bo„lgan alohida drossel
regulyatorli transformator ikkita (birlamchi va ikkilamchi) chulg„amli magnit
o„zak. Birlamchi chulg„am 220 yoki 380 V kuchlanishli o„zgaruvchan tok
tarmog„iga ulanadi, ikkinchi chulg„amda esa
Uxx=60-65V
buladi.
Tok regulyatori - drossel magnit o„zak (yarmo) va uning qo„zg„almas qismida
(yakorda) joylashtirilgan chulg„amlardan iborat. Yarmo va yakor orasida havo
oralig„i
mavjud bo„lib, uni rostlash vinti yordamida o„zgartirib payvandlash
tokini bir maromda rostlash mumkin.
Bu sistemadagi transformatorlarning afzalliklari sifatida ixchamlik, kam mis
va transformator po„lati isrofini ko„rsatish mumkin.Bundan tashqari tokni yuqori
qiymatdan minimal qiymatgacha rostlaganda salt ishlash kuchlanishi biroz
ko„payadi va bu yoyning yonish barqarorligini oshiradi.
Yuqori magnit yoyiluvchanlikka ega bo„lgan transformatorlar qo„lda
payvandlashda keng qo„llaniladi. Bu holda payvandlash tokini rostlash birlamchi
va ikkilamchi chulg„amlar yoki qo„zg„aluvchan shunt orasidagi masofani
o„zgartirish orqali amalga oshiriladi. Buning natijasida yoyilish oqimi qarshiligi va
transformator induktivligi o„zgaradi. Shuntlovchi zanjir qarshiligi qancha ko„p
bo„lsa, yoyilish induktivligi shuncha kam va payvandlash toki shuncha ko„p
bo„ladi.
1-rasm.Payvandlash transformatorining tarmoqqa ulanish sxemasi.
TD, TGK, TS, GTP tipdagi qo„zg„aluvchan chulg„amga ega bo„lgan
transformatorlarda, chulg„amlar orasidagi masofa katta bo„lgani uchun, magnit
oqimining katta qismi ikkilamchi chulg„amni o„rab olmaydi. Chulg„amlarni o„zaro
yaqinlashtirish va uzoqlashtirish tokni rostlash imkonini beradi. Rostlash
diapazonini kengaytirish uchun birlamchi chulg„amni ikkita qismdan iborat va
o„zaro parallel yoki ketma-ket ulanishi mumkin bo„lgan shaklda tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |