mensiki hosil bo’ladi
. Kapillyar trubkaning o’lchami kichraygan sari unda
108
suvning balandligi osha boradi. Bu balandlik
kapillyar balandlik
debataladi.
Suvning kapillyar balandligi kapillyar trubkaning ichki qismida va trubkaning
yuqori qismida trubkaning radiusini kichrayishi hisobiga oshib boradi. Xuddi
shunday mayda donali gruntlarda g‘ovakliklarning o’lchami kichraygan sari
kapillyar bosim hisobiga suvni kapillyar baladligi oshib boradi. Grunt suvi ustidagi
biror Z balandlikdagi suvning bosimi atmosfera bosimiga nisbatan kam bo’ladi va
u P
WZ
ga teng bo’ladi.
Ustki tortishish kuchi orqali ushlab turiladigan suv og‘irligi zarralarni
siqilishiga olib keladi, natijada grunt siqiladi. Lekin mayda qum loyni yirik
donalari bir- birlari bilan fizik bog‘lanishda bo’lganligi sababli grunt hajmini
o’zgarishi shu kapillyar balandlik natijasida ro’y beradi.
Loy zarrachalarining o’lchami maydalashganda adsorbirlangan namlik suvni
kapillyar balandlikda tarqalishida asosiy omil bo’lib qoladi. Agar grunt tarkibida
montmorillonit ko’p bo’lsa, grunt faolligida namlikning o’rni ortib boradi va
gruntning zichligiga, hajmiga va uni vaqt mobaynida xususiyatlarini o’zgarishiga
sabab bo’ladi.
Gillig runtlarda namlikning miqdori chuqurlik bo’ylab tarqalishi istalgan
vaqtda muvozanatda bo’ladi va atrof-muhitning o’zgarishi, atmosfera yog‘inlari va
parlanishi unga ta’sir etadi.
Agar yer usti yo’l qoplamasi bilan berkitilgan bo’lsa, u holda u
yog‘ingarchilikdan hamda parlanishdan saqlanadi va natijada yer osti suvi sathiga
nisbatan yangi muvozanat hosil bo’ladi. Bu holda ochilgandagi bosim va og‘irlik
bosimi namlikni siqib chiqarishga intiladi, shu vaqtda gruntning suvni yutish
qobiliyati uni saqlashga intiladi, ya’ni:
s=ασ−u
w
Bu yerda: S– gruntning shimishi
u
w
- ishlangan suvning bosimi
n- ortqcha oqimning tik bosimi
109
a- siqilish koeffitsienti, ochilgandagi bosimning bir qismi, qaysiki g‘ovaklikdagi
suvga ta’sir etuvchi.
Yirik bo’lakli gruntlarda ochilgandagi bosim zarrachalarning bog‘lanishlari
orqali ko’chiriladi, natijada n = 0, faol gilli gruntlarda esa u to’laligicha g‘ovak
suvlari orqali ko’chirilib, n =1 teng bo’ladi. Ularning oraliqlarida bo’lgan
gruntlarda esa bu bosimning miqdori gruntning plastikligiga bog‘liq bo’ladi:
α=0.027IP−0.12
bu erda IP- plastiklik soni (5dan40). Gruntning so’rish qobiliyatini o’lchash uchun
7 ta test mavjud bo’lib, qaysiki u bosimdan iborat, uni ta’sirida grunt ma’lum bir
miqdordagi suvni o’zida ushlab qolish qobiliyatiga ega bo’ladi. Grunt uchun
gruntning namligi kamayishi bilan so’rish qobiliyati ko’payadi bu munosabat
namlikning hamma diapozonida doimiy bo’ladi. So’rish miqdori quruq gruntlar
uchun 0.7 N/m
2
, suvga to’yingan gruntlar uchun 0 ga teng bo’ladi, qaysiki boshqa
suv talab qilmaydiganlar uchun.
Ular orasidagi bu katta chetlanish gruntni so’rish (shimilish) qobiliyati
santimetrda o’lchangan suvning balandligini umumiy logarifmida ifodalanadi.
Buni grunt namligini miqdori –pF deb ataladi. Shunday qilib, masalan grunt spF1
suvni 10smga teng bo’lsa (97,9
10
*
H/ m
2
), pF3= 103sm (97,9
103H/ m
2
),
pF5= 105sm (97,9
105H/ m
2
), pF7= 107sm (97,9
107H/ m
2
)
44-rasm. Gruntning uch fazali diagrammasi
110
Shuni qayd etish kerakki, logarifm jadvalini tabiatiga ko’ra pF=0 so’rish
nolga teng bo’lishiga taalluqli emas. Quritish shkafidagi quruqligi pF=7 mos
keladi
6
.
Maydalangan zarrachalarning hajmi 1 dan 100 mkm gacha bo’lsa, bunda
zarrachalar o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladilar. Shu sababli bunda zarrachalarni
“kolloid” zarrachalar deb yuritiladi. Bu zarrachalarning asosiy xususiyatlaridan biri
ularning o’zgarib turuvchanligidir, chunki ular ma’lum bir sharoitda mavjud
bo’lib, ba’zi birida koagulyatsiya jarayonida cho’kma hosil qiladilar.
Kolloid zarrachalarning yana bir xususiyati grunt zarrachasi bilan tashqi
yuzaning kattaligidir. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. Biror jinsdan qirrasi
1 sm bo’lgan kub qirqib olsak, bu kub qirralarining umumiy yuzasi 6 sm
2
tashkil
etadi.
Shu kubni yana 4 ta kichik, ya’ni qirrasining uzunligi 0,25 sm bo’lgan
kubiklarga bo’lsak, bitta kubikdan 64 ta kubik hosil bo’lib ularning umumiy
yuzasi 0,25x6x64 = 96 sm
2
tashkil qiladi, ya’ni yuzasi 16 marta ko’payadi. Anashu
yo’l bilan kubikni yana ko’p bo’laklarga ajratsak, qachonki maydalanish
0,00001 sm va undan kichik bo’lganda, jismning umumiy yuzasi o’nlab, yuzlab
kvadrat metrni tashkil qiladi. Jins kichik bo’laklarga bo’linishi natijasida u kolloid
xossasiga ega bo’ladi. Agar bir bo’lak gilni olib suv yordamida uvalasak, yarim
suyuq hamir hosil bo’ladi. Uni idishga solib distillangan suv bilan aralashtirib,
suspenziya hosil qilamiz. Qoldiqning pastki qismi qumli va changli donachalardan
tashkil topgan, vaqt o’tishi bilan qoldiq hajmi ko’payib boradi. Juda ko’p vaqt
o’tsa ham suspenziyaning yuqori qismida juda mayda zarrachalar muallaq, loyqa
holida qoladi. Agar loyqani qog’oz filtrdan o’tkazsak, filtrda faqat yirik donalar
qolib, juda maydalari, ya’ni kolloid zarrachalar filtrdan o’tib ketadi. Shunday qilib,
kolloid zarrachalar ko’zga ko’rinmaydigan juda kichik zarrachalardir. Kolloid
zarrachalar eritmalardan oraliq yuzasi mavjudligi bilan farqlanadi.
6
Highway, C.A.O’Flaherty,80-bet
111
Jismlarning molekula tuzilishini o’rganish shuni ko’rsatadiki, qattiq jism
ustidagi molekula yoki atom ma’lum bir miqdordagi ortiqcha energiyaga ega
bo’ladi,
chunki
yuzasidagi
molekulalar
tortishish
kuchining
hammasi
molekulalarni bog’lashga to’la sarf bo’lmaydi.Shu sababli jismlar ustki qavatidagi
molekulalar mana shu ortiqcha energiya orqali juda katta ish bajarishlari mumkin.
Bu molekulalar tashqi muhitdan boshqa molekulalarni yoki boshqa kolloid
zarrachalarni o’ziga tortib olishi mumkin. Bu yuzaning yutish hodisasiga adsorbsin
deb ataladi.
Moddaning yuzasi qanchalik katta bo’lsa, u shunchalik ko’p moddalarni
o’ziga tortib oladi. Kolloid zarrachalar va hajmi juda kichik bo’lgan gil va
suglinokli gruntlarning zarrachalari shunday xususiyatga ega bo’ladilar.
Kolloid zarrachalarning yana bir xususiyati ularning elektr zaryadlarini
tarqatishidir. Bu xususiyat gruntlarning hosil bo’lishida katta ahamiyatga ega
bo’lib, natijada gruntning xossalariga ta’sir etadi.
Kolloid sistemasining hosil bo’lishida, tashqi muhitda juda kam miqdorda
bo’lsa ham elektrolitlar bo’ladi. Ular kolloid zarrachalar orqali yutilganda ba’zi bir
ionlar zarrachalarga ma’lum bir miqdorda elektr zaryadi beradi. Shunday qilib,
kolloid zarrachalar faqatgina moddalarning mayda bo’lagini emas, balki murakkab
elektr sistemasini tashkil qiladi. Ko’pgina grunt zarrachalari tabiiy holatda manfiy
zaryadlangan. Zarrachalarning manfiy zaryadlanganligi ular ustida kristall
panjarasiga kiruvchi anionlar borligidandir. Manfiy zaryadlangan zarrachalar
kationlar qavati bilan o’raladi. Manfiy zaryadlangan zarracha hamda uni o’rab
olgan kationlar ikkilamchi elektr qavatini hosil qiladi.
Zarrachaning zaryadi qancha katta bo’lsa shunchalik kolloid sistemasi
mustahkam bo’ladi. Qachonki zarracha zaryadini yo’qotsa, neytral holga keladi,
uni o’rab turuvchi suv qatlami buziladi, zarrachalar eritmalardan ajralib, kolloid
sistemasi buziladi.
Elektr zaryadini yo’qotish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan zarrachalarning
birikish hodisasi
koagulyatsiya
deb ataladi. Koagulyatsiya jarayoni ko’pincha
112
zarrachani o’rab turgan eritmadan eletrolitlar konsentratsiyasini oshishi bilan
bog’liq bo’lib, bunda kolloid zarracha atrofida zichlangan qavat qalinligi kamayib,
zarrachalar bir-birlari bilan yengil birlashadilar. Kolloid sistemasi zaryadining
oshishi uning mustahkamligini oshiradi va koagulyatsiyaga qarama-qarshi bo’lgan
hodisaga olib keladi. Kolloid zarrachalarining bir-biridan ajralishi jarayoniga
Do'stlaringiz bilan baham: |