Z. S. Ubaydullayeva, sh. R. Xalimova muhandislik geologiyasi va gruntlar


Chapter 8. Geodynamic phenomena and processes



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/252
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#322513
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   252
Bog'liq
fayl 1625 20210826

Chapter 8. Geodynamic phenomena and processes 
268 
31-§. Exogenous processes and phenomena   
268 
32-§. The process of soil and soil formation 
273 
33-§. Flood 
282 
34-§. Card event 
294 
35-§. Erosion and formation of river valleys 
300 
36-§. Formation of cliffs 
305 
37-§. Giological study of the seas and lakes 
308 
38-§. Landslide 
314 
39-§. Tektoniks and tectonic events 
340 
40-§. Seismic event 
349 
SECTION 6. Engineering-geological exploration 
358 
Chapter 9. Engineer-geological exploration  
358 
41-§. Engineer stages of geological exploration 
358 
References 
366 
 


15 
 
 
 
Kirish 
Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimiz ijtimoiy- iqtisodiy hayotida chuqur 
islohotlar  amalga  oshirilmoqda.Bu  esa  mamlakatimizning  ravnaqi,  jahon 
hamjamiyatidagi  o’rnini  yanada  mustahkamlashga  hizmat  qiladi.Xususan, 
mamlakatimiz  iqtisodiyotini  belgilaydigan  asosiy  omillardan  biri  hisoblangan 
avtomobil  yo’llari  tizimini  yanada  rivojlantirish  maqsadida  yurtimizda  olib 
borilayotgan  islohotlar  fikrimiz  dalilidir.  Xalqaro  va  strategik  ahamiyatga  ega 
bo’lgan  avtomobil  yo’llari  tarmog’ini  tashkil  etish  va  ularni  yanada 
takomillashtirish maqsadida Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning qator farmon va 
qarorlari bu boradagi ishlar uchun dasturi amal bo’lib xizmat qilmoqda. Jumladan, 
davlatimiz  rahbarining  2017  yil  14  fevraldagi  PF  –  4954  sonli  “Yo’l  xo’jaligini 
boshqarish  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”  gi 
farmoni hamda 2017 yil 4 oktyabrdagi PQ – 3309 “Avtomobil yo’llari ko’priklari, 
yo’l  o’tkazgichlar  va  boshqa  sun’iy  inshootlarni  qurish  va  ulardan  foydalanishni 
tashkil  etish  tizimini  takomillashtirish  to’g’risida”  ,  2019  yil  9-dekabrdagi  PQ-
4545  sonli  “Yo’l  sohasini  boshqarish  tizimini  yanada  takomillashtirishga  oid 
chora-tadbirlari to’g’risida” qarori kabilardir [5]. 
Bu  kabi  qaror  va  farmoyishlar  ijrosini  ta’minlashda  Respublikamiz  Oliy 
o’quv  yurtlaridan  O’zbekiston  Respublikasi  avtomobil  yo’llari  davlat  qo’mitasi 
tarkibidagi  va  O’zbekiston  Respublikasi  qurilish  kompleksi  tizimidagi 
korxonalarda  va  tashkilotlarda,  avtomobil  yo’llari  va  yo’l  inshootlarini  loyihalash 
usullarini, qurish texnologiyalari va ularni tashkil etish usullarini, ekspluatatsiya va 
rekonstruksiya  qilish  texnologik  jarayonlarini,  ishlarning  sifat  nazoratini 
ta’minlash,  shahar  yo’llari  va  ko’chalarini  loyihalash,  qurish,  ekspluatatsiya  va 
rekonstruksiya  qilishda  muhandislik  hisoblashlarni  qo’llash,  smeta  xujjatlarini 
tuzish,  yo’l  qurilish  ishlarini  tashkil  etish  va  boshqarish,  avtomobil  yo’llari 


16 
 
 
qurilishida  narx-navoni  shakllantirish  ishlarini  amalga  oshirish  uchun  malakali 
muhandis kadrlar yetishtirish talab etiladi.  
Ma’lumki, har qanday muhandislik inshootlarini loyihalash ishlarini amalga 
oshirishdan  oldin  qurilish  bo’ladigan  joyning  muhandis-geologik  sharoiti 
o’rganiladi,  ya’ni  bunda  qurilish  inshootining  zamini  hisoblangan  tog’  jinslari, 
ularning  fizik  va  mexanik  xossalari,  tarkibi  va  tuzilishi,  qurilishga  ta’sir  etuvchi 
yer  ostida  va  yer  ustida  sodir  bo’ladigan  geologik  jarayon  va  hodisalar,  ularning 
sodir  bo’lish  qonuniyatlari  tekshiriladi.  Joyning  muhandis-geologik  sharoitini 
yaxshi  o’rganish,  kelajakda  inshootning  xizmat  qilish  muddatini  oshirishga  va 
iqtisodiy jihatdan samaradorlikka erishishiga olib keladi.  
Jamiyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan sari, transport va qurilish 
sohalarida  loyihachilar  oldida  arzon  va  mustahkam  inshootlarni  loyihalash 
vazifasini qo’ymoqda. 
Bu  loyihalarni  tuzish  va  u  asosida  qurilish 
ishlarini  olib  borishdan  avval  mo’ljallangan  yerning 
muhandis-geologik 
sharoitini 
bilish 
kerak. 
Qurilayotgan inshootning asosini tashkil qiluvchi tog’ 
jinslarining tuzilishini, tarkibi va xossalarini, ularning 
vaqt bo’yicha o’zgarishi, yotishi, qalinligini o’rganish 
geologik sharoitning asosiy  manbalari hisoblanadi. Bulardan  tashqari qurilish  olib 
boriladigan  joyda  yer  osti  suvlarining  borligi,  ularning  harakati  va  vaqt  bo’yicha 
o’zgarishi  hamda  har  xil  geodinamik  hodisalarning  bo’lishi  va  ularga  qarshi 
kurashish chorasini qo’llash usullarini tatbiq etish ham kiradi. 
Muhandislik  geologiyasi  fanining  yetakchi 
mutaxassislaridan 
biri 
I.V. 
Popov 
bu 
fanni 
quyidagicha ta’riflaydi: “Muhandislik geologiyasi fani 
geologiyaning  bir  qismi  bo’lib,  yer  po’stining  yuqori 
qismida  sodir  bo’ladigan  har  xil  o’zgarishlarini 


17 
 
 
tekshiradi  va  shu  tekshirish  jarayonida  odamlar  bajaradigan  muhandislik  ishlarini 
ko’zda  tutadi.  Qisqacha  qilib  aytganda,  muhandislik  geologiyasi  geologiya 
fanining qurilish ishlariga tatbiq etiladigan sohasi hisoblanadi”. 
Muhandislik  geologiyasi  fani  ham  o’ziga  xos  rivojlanish  tarixiga  ega. 
Muhandislik  geologiyasi  fanining  mustaqil  ilmiy  fan  qatoriga  kirishi  XX  asrning 
20-yillariga  to’gri  kelgan  bo’lib,  bu  davrda  turli  qurilish  ishlarini  loyihalash 
jadallashgan edi.  
XVII  -  XVIII  asrlarda  quruvchi  muhandislar 
joylarning  muhandis-geologik  sharoitlarini  o’zlari 
aniqlaganlar  va  shunga  yarasha  loyihalarshtirganlar. 
XIX  asrda  yirik  sanoat  yo’llarini  qurishda  quruvchlar 
turli  geologik  jarayonlarga  (surilma,  karst  hodisasi, 
abraziya  va  boshqalar)  duch  keladilar.  Bu  hodisalarni  o’rganish  jarayonida 
ko’pgina  ma’lumotlar  to’plana  boshlandi  va  bu  ma’lumotlar  asosida  1923  yilda 
Leningrad  shahrida  birinchi  “Geologik-yo’l  qurilish  byurosi”  tashkil  etildi. 
Shundan  so’ng  yirik  temir  yo’l  va  avtomobil  yo’llarini  qurish  ishlari  rivojlana 
boshladi.  
Muhandislik  geologiyasi fani murakkab geologik 
va  tabiiy  sharoitlarda  juda  katta  vazifalarni  bajarishga 
kirishdi. 1917-1925 yillarda mamlakatda qurilish ishlari 
keng  avj  ola  boshladi.  Jumladan,  bir  qancha  yirik 
kanallar,  sug’orish  tarmoqlari  (O’rta  Osiyoda)  hamda 
yirik suv omborlari qurildi. 
Muhandislik  geologiyasi  fanining  rivojlanishida  olimlardan  S.  Karpinskiy, 
F.Y. Levinsong-Lyossing, I.Mushketov, V.A. Obruchev, P.Pavlov, S.A.Yakovlev, 
V.V.  Oxotin,  N.E.  Kolomevskiy,  M.  Sergeev,  G.A.Mavlyanov,  X.A.  Islomovlar 
juda katta hissa qo’shdilar. 
Muhandislik  geologiyasi  fanining  quyidagi  vazifalari  mavjud:  tog’ 
jinslarining  tarkibini  va  xususiyatlarini  o’rganish;  agar  bu  xususiyatlar  yomon 


18 
 
 
bo’lsa,  ularni  yaxshilash  tadbirlarini  ishlab  chiqish;  inshoot  poydevorining  zamini 
bo’lgan  tog’  jinslarida  qurilish  tamom  bo’lgandan  keyin  qanday  geologik 
o’zgarishlar  sodir  bo’lishini  oldindan  aytib  berish;  geologik  jarayon  va 
hodisalarning  hosil  bo’lish  sabablarini  oldindan  bilish  va  ularga  qarshi  chora 
tadbirlar ishlab chiqishdir. 
          Muhandislik  geologiyasi  fani,  o’z  navbatida,  quyidagi  mustaqil  fanlarni  o’z 
ichiga oladi: 
1.
 
Gruntshunoslik  –  gruntlar  haqidagi  fan  bo’lib,  inshoot  zaminini  tashkil 
etuvchi,  qurilish  materiali  bo’lib  xizmat  qiluvchi  tog’  jinslarinng  tarkibi,  tuzilishi 
va xossalarini o’rganadi. 
2.
 
Gruntlar  mexanikasi  –  gruntlarning  turg’unligi  va  mustahkamligini 
o’rganadi. 
3.
 
Muhandislik geodinamikasi – geologik jarayon va hodisalarni o’rganadi. 
4.
 
Regional  muhandislik  geologiyasi  –  joylarni  bir  xil  muhandis-geologik 
sharoitga qarab viloyatlarga ajratib o’rganadi.  
Hozirgi  davrda  muhandislik  geologiyasining  boshqa  tarmoqlari  ham  keng 
rivojlana  boshladi.  Bulardan  lyossshunoslik  –  bu,  lyossimon  tog’  jinslari, 
muzshunoslik 
–  muzlagan  gruntlarni,  dengiz-muhandislik  geologiyasini 
o’rganuvchi fanlar taraqqiy etmoqda. 
        Shunday qilib, muhandislik  geologiyasi tabiiy  geologik sharoitni, har qanday 
qurilishni  loyihalashdan  oldin,  qurilish  davomida  va  qurilish  tamom  bo’lgandan 
keyin unda ro’y beradigan o’zgarishlarni o’rganadi.  
Hozirgi  davrda  muhandislik  inshootlarni  muhandis-geologik  ishlarining 
xulosasisiz  loyihalash  man  etiladi.  Joylarning  geologik  sharotini  bilmay  turib, 
avtomobil  yo’llarining  yo’nalishini  tanlash  mumkin  emas,  ko’priklarni,  yo’l 
inshootlarini loyihalash ham shular jumlasiga kiradi. 
Avtmobil  yo’llarini,  ko’priklarni  hamda  aerodromlarni  qurishda  har  turdagi 
to’g  jinslari  inshootning  zamini  yoki  qurilish  materiali  sifatida  ishlatiladi.  Buning 


19 
 
 
uchun  tog’  jinlslarining  tarkibi,  tuzilishi  va  xossalarini  bilish  talab  etiladi.  Bu 
vazifalarni muhandislik geologiyasi fani yordamida hal etish mumkin. 
Muhandislik  geologiyasi  fani  geologiya  fanining  boshqa  sohalari  bilan 
chambarchas  bog’liq.  Masalan,  mineralogiya,  tarixiy  geologiya,  petrografiya, 
geomorfologiya, tektonika, geofizika shular jumlasidandir.  

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish