Z. S. Ubaydullayeva, sh. R. Xalimova muhandislik geologiyasi va gruntlar



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/252
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#322513
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   252
Bog'liq
fayl 1625 20210826

Gilli  slanetslar
gilli  tog’  jinslaridan  birinchi  o’zgarish  bosqichida  hosil 
bo’lgan  varaqsimon(slanetsli)  tog’  jinsi  bo’lib,  u  parallel  yupqa  qavatchalardan 
tashkil  topgan  bo’ladi.  Gilli  slanetslar  suvda  bo’kimaydi,  yaxshi  kristallangan 
emas, rangi yashil, kulrang, qo’ng’ir va qora. 
 
Xloridli  slanets 
–  tarkibi  xloriddan  iborat,  kvars  qo’shimchalari  bor, 
ikkilamchi  minerallardan  talk,  slyuda,  dala  shpatiniuchratish  mumkin.  U  asosli 
magmatik tog’ jinslaridan hosil bo’ladi.  
 
Talkli  slanets  – 
asosan    rangi  kulrang,  yashilsimon  bo’lib,  o’ta  asosli 
magmatik  tog’  jinslarini  va  serpintinni  metamorfizatsiyalanishi  natijasida  hosil 
bo’ladi. Talkli slanets o’tga chidamli va yog’lovchi modda sifatida ishlatiladi.  
 
Slyudali  slanets
  –  to’la  kristallangan,  tarkibi  slyuda  va  kvartsdan  iborat. 
Tarkibida slyudalardan qaysi biri bo’lishiga, biotitli slanets yoki muskovitli slanets 


76 
 
 
deb  ataladi.  Slyudali  slanetslar  glinadan,  fillitlardan  chuqur  o’zgarish  jarayonida 
hosil bo’ladi. Ular tabiatda keng tarqalgan.   
 
Fillit
 – to’la kristallangan yupqa donador ichki tuzilishli tog’ jinsi bo’lib, 
gilli slanetslardan, glina va suglinoklardan hosil bo’ladi. Tarkibi slyudaning mayda 
kristallari,  seritsit,  kvars,  dala  shpatidan  iborat.  Rangi  yashilsimon,kulrang,  qora. 
Ularni O’rta Osiyo, Kavkaz, Karpat yosh tog’ tizmalarida uchratish mumkin.  
 
Gneys  – 
chuqur  metamorfizatsiyalashgan  tog’  jinsi  bo’lib,  qavat  –  qavat 
tuzilishga  ega.  Tarkibi  kvars,  dala  shpati,  slyuda  yoki  shox  aldamchisidan  iborat. 
Agar tarkibida muskovit bo’lsa, muskovitli, biotit bo’lsa, biotitli gneys deb ataladi. 
Qo’shimcha minerallar sifatida gohida granat, piroksen va grafit bo’lishi mumkin. 
Gneyslar nordon magmatik tog’ jinslari, cho’kindi va metamorfik tog’ jinslarining 
metamorfizatsiyalanishi  natijasida  hosil  bo’ladi.  Ular  Yer  qobig’ining  juda  katta 
chuqurliklarida  hosil  bo’lib,  G’arbiy  Sibir  Ural  O’rta  Osiyoning  qadimgi 
metamorfik tog’ jinslari orasida uchraydi.  
 
Marmar – 
qayta kristallangan  ohaktoshdir. Tarkibida kalsitning bir  –  xil 
kattalikdagi  donalarini  ko’rish  mumkin.  Ichki  tuzilishi  to’la  kristallangan,  rangi 
ko’pincha  oqish,  yashilsimon,  kulrang,  havorang,  pushti.  Marmarlar  ko’pincha 
guldor  teksturali  va  tarkibida  har  xil  aralashmalar  tufayli  chiroyli  ko’rinadi,  shu 
tufayli  qoplama,  bezatish  va  haykaltaroshlikda  ishlatiladi.  Marmar  konlari  O’rta 
Osiyo, Qrim, Kareliya va Uralda mavjud.  
 
Kvarsit  – 
kvars  minerallaridan  tarkib  topgan,  to’la  kristallangan  va 
mayda  donador  ichki  tuzilishga  ega,  rangi  oq  va  oqish  kulrang.  Agar  tarkibida 
qo’shimchalar  bo’lsa  rangi  qizg’ish  –  qo’ng’ir  va  boshqa  tusga  kiradi.  Kvarsitlar 
juda  mustahkam  bo’lib,  kvarsli  qum  va  qumtoshni  metamorfizatsiyalanishi 
natijasida  hosil  bo’ladi.  Ular  o’tga  chidamli  g’isht  olishda,  bezash  materiallari 
sifatida qurilishda islatiladi. Kvarsit konlari Kareliya va Oltoyda uchraydi.  

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish