Z. S. Ubaydullayeva, sh. R. Xalimova muhandislik geologiyasi va gruntlar


V BO’LIM. MUHANDISLIK GEODINAMIKASI



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/252
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#322513
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   252
Bog'liq
fayl 1625 20210826

 
V BO’LIM. MUHANDISLIK GEODINAMIKASI 
VIII BOB. GEODINAMIK JARAYON VA HODISALAR 
 
31-§. Ekzogen jarayon va hodisalar 
 
Muhandislik  geodinamikasi  muhandislik  geologiyasi  fanining  bir  qismi 
bo’lib,  yer  sharining  ichki  va  tashqi  qismida  sodir  bo’ladigan  jarayon  va 
hodisalarni  o’rganadi.  Bu  qisimda  tabiiy  geologik  jarayon  va  hodisalar  bilan  bir 
qatorda  muhandis-geologik,  ya’ni  inshootlarni  qurish  va  joylarni  o’zgartirish 
mobaynida  inson  faoliyati  natijasida  hosil  bo’lgan  jarayon  va  hodisalar  ham 
o’rganiladi.  Geologik  jarayon  tog'  jinslarining  paydo  bo’lishi,  yemirilishi,  fizik 
holati  hamda  yotishini  o’zgarishida,  yer  yuzasi  releyfining  paydo  bo’lishi,  ichki 
tuzilishining  o’zgarishida  namoyon  bo’ladi.  Umuman,  geologik  jarayon  va 
hodisalar joylarning  mustahkamligiga ta’sir etib, inshootlarni loyihalash, qurish va 
ishlatish  uchun  asosiy  hal  qiluvchi  omillardan  hisoblanadi.  Geologik  jarayon  va 
hodisalar  tarqalgan  joylarda  inshootlarni  joylashtirish,  ularni  uzluksiz  ishlatishni 
ta’minlash juda katta qiyinchiliklarga olib keladi. Bu joylarda qurilish ishlarini olib 
borish  uchun  qurilish  me’yori  va  qoidalariga  alohida  e’tibor  qilinib,  ularning 
mustahkamligini  ta’minlash  chora-tadbirlarini  qo’llash  talab  etiladi.  Bulardan 
tashqari,  bu  yerdagi  inshootlarni,odamlarni  bu  jarayonlar  ta’sirida  sodir  bo’lishi 
mumkin  bo’lgan  tabiiy  ofatlardan  saqlash  va  ularni  oldindan  aytib  berish  kerak. 
Bunday  murakkab  vazifani  muhandislik  geodinamikasini  chuqur  bilgan 
muhandislar  hal  eta  oladilar.  Muhandislik  geodinamikasining  yana  bir  vazifasi- 
geologik jarayon va hodisalarni  o’rganish usullarini ishlab chiqish  va ular asosida 
bu jarayon va hodisalarning sifati va miqdorini aniqlashdan iborat. 
Professor V.D. Lomtadze muhandislik geodinamikasining asosiy vazifalarini 
juda aniq ko’rsatib bergan. Bu vazifalar quyidagilardan iborat: 


269 
 
 
1.  Yerning  ustki  qismida  hamda  yer  qobig'ining  yuqori  qismida  sodir 
bo’ladigan  ekzogen  va  ba’zi  endogen  jarayon  va  hodisalarning  tarqalish 
qonuniyatlarini o’rganish va ishlab chiqish; 
2.  Inson  faoliyati  natijasida  hosil  bo’ladigan  muhandis-geologik  jarayon  va 
hodisalarning sodir bo’lish qonuniyatlarini o’rganish va ishlab chiqish; 
3. Geologik jarayon va hodisalarning rivojlanishi, hosil bo’lish shakllarini va 
ularning tabiiy, sun’iy sabablarini izohlab berish; 
4.Geologik jarayon va hodisalarning joylar va inshootlarni mustahkamligiga  
hamda ularning ishlash jarayoniga sifat va miqdor jihatidan ta’sirini aniqlash; 
5.Geologik jarayon va hodisalarning tarqalish va rivojlanish xavfini oldindan 
nazariy jihatdan ishlab chiqish; 
6.  Jarayon  va  hodisalarga  qarshi  chora-tadbirlar  loyihasini  tuzish  uchun 
muhandis-geologik qidiruv ishlari usulini ishlab chiqish. 
Tabiatda bo’ladigan hamma jarayon va hodisalarni kelib chiqishi ekzogen va 
endogen turlarga  ajratib o’rganiladi. 
Ekzogen
 jarayon va hodisalarga yerning ustki 
kuchlari  ta’sirida  sodir  bo’ladigan:  nurash,  shamolning  geoligik  ishi,  tuproq  va 
tuproqning hosil bo’lish jarayoni, sel hodisasi, karst, eroziya jarayoni, jarliklarning 
hosil  bo’lishi,  dengiz  va  ko’llarning  geologil  ishi,  ko’chki  hodisasi  va  boshqalar 
kiradi. 
Endogen
  hodisalarga  yerning  ichki  kuchlari  ta’sirida  sodir  bo’ladigan 
jarayonlar:  vulqonlarning  otilishi,  seysmik  hodisalar  kiradi.  Ekzogen  va  endogen 
jarayon  va  hodisalar  bir-biri  bilan  bog'langan  bo’lib,  biri    ikkinchisining    hosil 
bo’lishiga sabab bo’lishi mumkin. Masalan, tog' jinslarining suv ta’sirida yuvilishi 
nurash  jarayonini  tezlashtiradi  yoki  aksincha  nurash  jarayoni  tog'  jinslarining  
yuvilishini    tezlashtiradi.  Yana  bir  misol:  yer  qimirlashi,    o’z  navbatida  , 
surilmaning tez ro’y berishiga sabab bo’ladi yoki aksincha surilma natijasida o’sha 
yerda  yer  qimirlaydi.  Bunday  misollarni  ko’plab  keltirish  mumkin.  Bulardan 
ko’rinib turibdiki, bir jarayon ikkinchi bir hodisaning  kelib chiqishiga sabab bo’lar 
ekan. Shu sababli  joyning geodinamik sharoitini  o’rganilayotgan vaqtda geologik 
jarayonning  bu  xususiyatini  hisobga  olish,  ya’ni  biror  geologik  jarayonni  boshqa 


270 
 
 
jarayonlar  bilan  birgalikda  ko’rib  chiqish  kerak  bo’ladi.  Ayniqsa,  tabiiy  ofatlar 
keltiruvchi  geologik  hodisalarni  oldindan  aytib  berish,  ularning  xalq  xo’jaligiga 
keltiradigan  zarari  hisoblanib,  mumkin  bo’lsa,  ularga  qarshi  chora-tadbirlar  ishlab 
chiqish  kerak.  Geologik  jarayon  va  hodisalarni  oldindan  aniqlash  uchun    o’sha 
joyda  tarqalgan  jarayon  va  hodisalarni  o’rganish,  ularning  tarqalish  masofasini 
bilish  kerak    hamda  yangi  hosil  bo’ladigan  jarayon  va  hodisalarning  tarqalish 
maydonini,  uning  joyning  muhandis-geologik  sharoitini  o’zgartirishdagi  o’rnini 
aniqlash  lozim.  Joylarning  fizik-geografik  sharoitiga,  relyefning  tuzilishiga,  tog' 
jinslarining  tarqalishiga  qarab,  gelogik  jarayon  va  hodisalar  tabiatda  turlicha 
tarqalgan. Quyida tabiatda uchraydigan asosiy geologik jarayon va hodisalar bilan 
tanishib chiqamiz. 
Nurash jarayonini biz III bob 8-§ da ko’rib o’tgan edik. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish