Oriental Art and Culture



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana06.01.2022
Hajmi0,68 Mb.
#321911
1   2   3
Bog'liq
namangan-shahar-shevasining-morfologik-xususiyatlari

morphological, syntactic. 

 

Sheva  atamasi  forscha  so‘z  bo‘lib,  ovoz,  til, 



so‘zlashish, holat, yo‘sin, ravish kabi ma’nolarni 

anglatadi.  Shevalar  o‘zbek  tilining  o‘ziga  xos 

fonetik, grammatik va leksik xususiyatlarga ega 

bo‘lgan  kichik  bir  qismi  bo‘lib,  o‘zlarining 

jug‘rofiy  o‘rinlari  bilan  bir-birlaridan  ajralib 

turadi. [1] 

O‘zbek tili o‘z va o‘zlashgan qatlam hisobiga 

yil  sayin  boyib,  sayqallanib  kelishi  tarixdan 

ma’lum.  Til  asosan  ichki  manbalar  asosida 

boyib  boradi.  Qadimdan  tilimizga  shevalar  o‘z 

ta’sirini  o‘tkazib,  uning  boyligini,  sinonimik 

qatorini  tashkil  etib,  badiiy  matnni  go‘zal  qilib 

bo‘yashda muhim  ahamiyatga ega hisoblanadi. 

Shevalar  ta’sirida  yaratilgan,  boshdan  oyoq 

sheva  asosida  yozilgan  badiiy  matnlar  ham 

talaygina.  Biz  undan  oziqlanamiz,  ayrimlarini 

bugungi  kunda  adabiy  til  miqyosiga  ham  olib 

chiqmoqdamiz.  Masalan,  “oyijon”  leksemasi 

aslida  ayrim  hududda  qo‘llanuvchi  leksema 

bo‘lib, bugungi kunda adabiy til miqyosiga o‘tib 

bormoqda. 

Turkiy  tillarning  ilmiy  o‘rganilishi  o‘zbek 

tilshunosligi,  xususan,  o‘zbek  dialektologiya 

sohasining  rivoj  topishda  muhim  o‘ringa  ega. 

Qadimdan  shevaga  e’tibor  qaratilgan  bo‘lib, 

buning  ilk  tarixini  Mahmud  Qoshg‘ariyning 

“Devonu  lug‘otit-turk”,  Yusuf  xos  Hojibning 

“Qutadg‘u  bilig”  asari  orqali  ko‘rishimiz 

mumkin.  Bundan  tashqari,  To‘nyuquq  bitik 

toshida shevalarning qadimiy ko‘rinishi saqlanib 

qolgan. Masalan, “…uduzug‘ma ulug‘i sid arti. 

Yig‘il,  tadi,  yig‘masi  ban  artim  -  bilga 

To‘nyuquq.  [2]  Bunday  qadimiy  ko‘rinishni 

bugungi  kunda  ayrim  shevalar  saqlab  qolgan. 

Xususan, Namangan shahar shevasining fonetik 

strukturasi  eksperimental  tahlillar  asosida 

o‘rganilib,  uning  boshqa  o‘zbek  shevalaridan 

farqli,  o‘zigagina  xos  belgilari  aniqlangan.  [3] 

Namangan  shahar  shevasi  o‘zining  fonetik, 

leksik  va  grammatik  tomoni  bilan  o‘zbek 

shevalari  orasida  ajralib  turadi.  Xususan, 

Namangan  shahar  shevasining  morfologik 

xususiyatlari  o‘ziga  xosdir.  Masalan,  kelishik 

tizimlarida bu yaqqol namoyon bo‘la oladi. -da 

(o‘rin-payt) kelishigi adabiy tilda uyda shaklida; 

Namangan  shahar  shevasida  uyde  shaklida 

uchraydi.  -dan  (chiqish)  kelishigi  esa  uydan; 

uydaa  shaklida,  ya’ni  bunda  qo‘llanilgan  “a” 

fonemasi  invarianti  til  orqa  “a”  unlisini 

ifodalaydi. -ga (jo‘nalish) kelishigi qo‘shimcha-

si eshikka so‘zini (adabiy) talqini sifatida ishi:ga 

shaklida uchraydi. Bundan tashqari, -lar (ko‘plik 

shakli) qo‘shimchasi -le, -ler shaklida uchraydi. 

Masalan,  qalamlar(adabiy)  -  qalamle(shevada), 

qalamlarim - qalamlerim kabi. 

Namangan 

shahar 

shevasida 

egalik 

kategoriyasi o’ziga xos shakl va talaffuzga ega. 

180



“Oriental Art and Culture” Scientific

-Methodical Journal – (2) I/2020

 

 

 



 

        


ISSN 2181-063X

 

 



 

 

 

 

 

http://oac.dsmi-qf.uz



 

Egalik kategoriyasi 

Birlik 

I qalam, ruchkam 

II qalaming, ruchka: 

III qalami, ruchkasi 

Ko‘plik 

I qalamlerimiz, ruchkelerimiz 

II qalamine, ruchkane 

III qalamleri, ruchkeleri 

Bundan  tashqari,  fe’lning  to‘liqsiz  shakllari 

edi, ekan, emish shakllari ham o‘ziga xos usulda 

qo‘llaniladi.  Masalan,  kelgan  ekan  (adabiy) 

shakli  kegan  eka:  shaklida  uchraydi.  Bunda 

qo‘llangan  “a”  fonemasi  “a”  fonemasining 

invarianti bo‘lgan til orqa “a” unlisidir. Zamon 

ma’nosini ifodalovchi -yapti shakli ham mutlaqo 

boshqa shaklda uchraydi. Ya’ni kelyapti > kilitti, 

kelutti shaklida; kelishyapti shakli esa kilishitti, 

kelishutti.  Shaxs-son  kategoriyasi  qo‘llanilishi 

shaklga quyidagicha ta’sir ko‘rsatgan: 

Shaxs-son kategoriyasi 

Birlik 

I Attim 


II Atting 

III Atti 

Ko‘plik 

I Ayttu  

II Attina 

III Aytishti 

Bundan 

tashqari, 

mayl 

kategoriyasi 



shakllaridan buyruq-istak mayli shakli ( -y, -ay, 

-ylik, -aylik, -ng, -ing, -ngiz, -ingiz, -inglar, -sin, 

-sinlar ) ni keltirishimiz mumkin: 

O’qiylik - O‘qiylu 

Ko‘ringlar - Ko‘rina: 

Yozaylik - Yozaylu 

Eshitsin - Ishitsu 

Ko‘ring - Kuri: 

Aytsinlar - Aytsulla 

Shart mayli shakli -sa  

Yozsam - Yossam 

Yozsang - Yossa: 

Yozsa - Yossa 

Yozsak - Yossa: 

Maqsad  mayli  shakli  -moqchi  adabiy  shakl 

bilan bir xil. 

Olmoshlar 

ham 


adabiy 

tildan 


farqli 

hisoblanadi. Masalan, 

Anavi - Anu 

Manavi - Manu 

Mana shu - Mashi 

Ana shu - Ashi 

Allakim - Alakim 

Allanarsa - Ennassa 

Hech nima - Hish tima 

Hech narsa - Hich nassa 

Otlarning shakllari ayrim so‘zlarda tamomila 

boshqachaligi kishini hayratga solidi.  

Doktor (shifokor) - Duxtir  

Militsiya - Milisa 

Shofyor - Shopir 

Artist - Artis 

Ko‘mirfurush - Kumirprush 

Savdogar - Sovdagar 

Kelinoyi - Kinchabi (Kelinchak + aba) 

Ona - Aba 

Dada - Deda 

Aka - Oka 

Amaki - Katta deda 

Qaynsingil - Qeysingil 

Qaynota - Amaki 

Qaynona - Qeynana 

 

Mushuk - Mushu, mishiq, mishig‘ 



Sichqon - Chichqon 

Chumoli - Chimaliq 

Ari - Eri 

Baliq - Belig‘ 

Xo’roz - Xuroz 

Bo‘ri - Buri  

Ayiq - Eyig‘ 

Kiyik - Kiyi: 

Chiyabo‘ri - Chiyaburi 

Pichoq - Pichog‘ 

Bolta - Bolte 

Mix - Miq 

Ko‘ylak - Ko‘yla, ko‘yna  

Lozim - Lo‘zim 

Chopon - Cho‘pon 

Shaftoli - Shaptali 

Behi - Bihi 

O‘rik - Uru: 

Anor - Onor 

Boychechak - Boychecha: 

Namozshomgul - Nomoshshomgul  

Sassiqpopushak - Sasig’po‘pusha: 

Tavba - Toba  

Ishton - Ishto: 

Soch - Choch 

181



“Oriental Art and Culture” Scientific

-Methodical Journal – (2) I/2020

 

 

 



 

        


ISSN 2181-063X

 

 



 

 

 

 

 

http://oac.dsmi-qf.uz



 

Bu  misollar  qatorida  yordamchi  briliklarni 

ham keltirishimiz mumkin: 

Bilan - bila, mina   

 

(undan) keyin - (ina) ki:,kti, kiti, kiyi: 



(man) ham - manam 

(man) bilan - ma bla  

(man)dan keyin - mandan kti 

Tahlillar  shuni  ko‘rsatadiki,  Namangan 

shahar  shevasi  o‘zbek  shevalari  doirasida 

boyligi,  emotsionalligi  bilan  ajralib  turadi. 

Shevalarni to‘plash jarayonida yangi leksemalar 

kashf  etilib  boraverar  ekan,  o‘zbek  tili 

boyishdan to‘xtamasligiga guvoh bo‘lamiz.

Ф

ОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР



 

[1] Rajabov N. O‘zbek shevashunosligi. Darslik. Toshkent: O‘qituvchi, 1996 

[2]  Darvishov  I.  Areal  tilshunoslik:  janubi-g‘arbiy  Namangan  shevalarining  fonetik-fonologik 

xususiyatlari. Monografiya. Toshkent: Navro‘z, 2019 

[3] Rahmonov N., Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. Toshkent. 2009 

R

EFERENCES



 

[1] Rajabov N. O‘zbek shevashunosligi. Darslik. Toshkent: O‘qituvchi, 1996 

[2]  Darvishov  I.  Areal  tilshunoslik:  janubi-g‘arbiy  Namangan  shevalarining  fonetik-fonologik 

xususiyatlari. Monografiya. Toshkent: Navro‘z, 2019 

[3] Rahmonov N., Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. Toshkent. 2009 

 

182




Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish