41
O‘zbekiston hukumatini, shuningdek u yerdagi musulmonlarni ushbu
qilinayotgan muborak ish munosabati bilan tabriklayman».
Musulmonlarning ehtiyojlari, takliflarini inobatga olgan
Prezidentimiz tashabbuslari balan yurtdoshlarimizning muqad
das shaharlarga haj va umra ziyoratlarini amalga oshirishlari
uchun sharoitlar yanada yaxshilandi hamda 2016yilda 5200 ki
shi haj, 6000 nafar ziyoratchi umra ibodatini ado etgan bo‘lsa,
2017yildan boshlab haj ziyoratiga 7200, umra ibodatiga esa
10 000 nafar yurtdoshlarimiz yo‘l oldilar.
2017yil 15iyunda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan «Ijtimoiy
barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash
– davr talabi» mavzusidagi yig‘ilishda O‘zbekiston Respublika
si Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev
«Samarqandda – Imom Buxo-
riy ilmiy markazida hadisshunoslik, Imom Moturidiy markazi qoshi-
da kalom ilmi, Farg‘onada – Marg‘inoniy ilmiy markazida islom
huquqi maktabi, Buxoroda – Bahouddin Naqshband markazida
tasavvuf, Qashqadaryoda – Abu Muin Nasafiy markazida aqida
ilmi maktabini tashkil etsak, o‘ylaymanki, bu juda foydali bo‘la-
di. Kelgusida chuqur bilimli imom-xatiblar, islomshunos mutaxas-
sislar, ulamolar tayyorlashda, eng muhimi, farzandlarimizni buyuk
ajdodlarimizning bebaho merosi ruhida, sog‘lom e’tiqod ruhida tar-
biyalashda bu maktablar tayanch bo‘lib xizmat qiladi»
deb, ta’kid
lagan edilar.
2017yildan «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»
doirasida, yillar davomida DEOga mansublikda ayblanib, «Qo
ra ro‘yxat»da turgan vatandoshlarimiz bilan profilaktik suhbatlar
o‘tkazilib, 16 mingga yaqin fuqarolar maxsus hisobdan chiqarildi.
Davlatimiz rahbari islohotlar olib borishda faqatgina yur
timiz bilan chegaralanib qolganlari yo‘q. O‘zlarining tinchlik va
rivojlanishga xizmat qiladigan g‘oyalarini jahon arenalarida ham
dadil turib targ‘ib qilmoqdalar. Xususan, 2017yilning 10sen
tyabr kuni Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tgan Islom ham
korlik tashkilotining fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sam
mitidagi nutqida ham yurtimiz allomalari
hamda yurtimizda din
42
sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar haqida so‘zladilar.
Unda yurtimizda fan va texnologiyalarni rivojlantirish borasi
da amalga oshirilgan ishlar va kelajakda amalga oshirilishi na
zarda tutilgan bir qator islohotlar to‘g‘risida ayta turib, bugungi
musulmon olami ushbu sohalarda oqsayotgani, mazkur masala
larni hal etishda o‘zaro hamkorlik va hamjihatlikning ahamiyati
ni alohida ta’kidlab, bir necha dolzarb takliflarni o‘rtaga tash
ladilar. Jumladan:
– musulmon olami yosh olimlari xalqaro markazini tuzish;
– musulmon dunyosida erishilayotgan ilm-fan yutuqlarini mu-
nosib taqdirlash hamda ularni xalqaro miqyosda ommalashtirish
uchun Islom hamkorlik tashkilotining maxsus mukofotini ta’sis e tish;
– a’zo davlatlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishi, aholining
munosib hayot darajasini ta’minlash maqsadida Fan va texnologi-
yalar bo‘yicha sammitni har uch yilda bir marta o‘tkazishni va ush-
bu taklif qo‘llab-quvvatlangan taqdirda, keyingi sammitni 2020-yil-
da O‘zbekistonda o‘tkazish.
Yurtimizda din sohsida amalga oshirilayotgan islohotlar xalqa
ro miqyosdagi ekspertlar, mutaxassislar,
ulamolar tomonidan
ham yuqori baholanayotganini alohida qayd etish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: