Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet361/781
Sana06.01.2022
Hajmi6,22 Mb.
#321685
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   781
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

254

Odilqoriyev X.T. 

Davlat va huquq nazariyasi

Huquq normasi huquq subyektiga muayyan huquqlarni bergan taqdirda 

ham davlatning amr-irodasi saqlanib qoladi, chunki bu iroda huquq subyek-

tining huquqlari kafili sifatida namoyon bo‘ladi. Huquq normasi mazmunan 

va ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra davlat amri-irodasini ifodalagani uchun uning 

bu belgisi, o‘z navbatida, huquqiy normaning ifodalanish shakliga qat’iy talab 

qo‘yadi. Shu sababli, huquqiy normalar shaklan aniqlikka ega bo‘ladi. Huquqiy 

norma qonunlarda, shu kabi boshqa rasmiy normativ-huquqiy hujjatlarda mus-

tahkamlanadi, zero, huquq normasini to‘g‘ri tushunish va o‘rinli qo‘llash uchun, 

u albatta puxta ishlangan, aniq va ixcham shaklda ifodalangan bo‘lishi kerak. 

Ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi ijtimoiy normalar ichida huquq nor-

masi o‘zining aynan shu jihati, ya’ni shaklan aniq qoida ekanligi bilan ajralib 

turadi.

Yuqoridagi tahlillar asosida huquq normasining quyidagi o‘ziga xos bel-

gilarini ta’kidlash mumkin:

Birinchidan, 

jamiyat, shaxs yoki ijtimoiy guruh uchun qadr-qimmatli 

bo‘lgan eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Bunda, birinchi 

navbatda, normadagi adolat va erkinlik g‘oyalari bilan belgilanadigan ijtimoiy 

munosabatlar huquqiy idrok etish va qonuniy mustahkamlash predmeti bo‘ladi. 

Bunda huquqning ijobiy munosabatlarni mustahkamlash funksiyasi namoyon 

bo‘ladi.

Shu bilan birga, jamiyat, shaxs manfaatlarini qo‘riqlash maqsadida ba’zan 

salbiy, noxush ijtimoiy xulq-atvor ham huquqiy norma ta’siriga tushadi, lekin 

o‘z-o‘zidan emas, balki nizoli vaziyatlarni tartibga solish vositasi orqali aks 

etadi. Yuridik normalarda ijtimoiy voqelik, uning yo‘nalishlari va rivojlanish is-

tiqbollarini aks ettirishning murakkabligi, hatto nobop normalar qabul qilishga 

olib kelishi mumkin. Huquqda ijtimoiy voqelikni aks ettirish subyektiv bo‘lib, 

davlatning huquq ijodkorligi bilan shug‘ullanuvchi organlari faoliyati ilmiylik 

prinsiplariga har doim ham asoslanavermasligi bois xato normalarning paydo 

bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, huquqiy normalarda aks ettiriladigan ijtimoiy munosa-

batlarning ahamiyati, muhimligi darajasi normaning qonunchilik iyerarxiyasida 

egallaydigan o‘rnini belgilaydi. Eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga 

soluvchi normalar yuridik kuchi jihatdan yuqori nufuzga ega bo‘lgan normativ-

huquqiy hujjatlar – konstitutsiyalarda, konstitutsiyaviy qonunlarda, qonunlarda 

ifodalanadi.



Ikkinchidan,

 huquq normasi tartibga solinadigan ijtimoiy munosabat-

larning modeli sifatida namoyon bo‘ladi. 

Modellashtirish 

– bu ongda ijtimoiy 

reallikning andozasini in’ikos etish, vujudga keltirish yo‘li bilan tabiiy va ij-

timoiy hodisalarni idrok etish jarayonidir. Qonun chiqaruvchi organ «ongida» 





Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   781




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish