www.ziyouz.com
kutubxonasi
47
39-bob
Kibrning haromligi
haqida
211/1. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Kimning qalbida zarra misqolicha kibr bo‘lsa, u jannatga kirmaydi»,
deganlarida, bir kishi: «Ba’zi kishilar borki, yaxshi kiyim va yaxshi poyafzal kiyishni
yaxshi ko‘radi (bu amali ham kibr-havoga kiradimi?)» deganida, u zot: «(Yo‘q, bu amali
kibr emas), albatta Alloh ko‘rkamdir. Va ko‘rkamlikni yaxshi ko‘radi. Aslida kibr haq
so‘zni rad etib, odamlarga past nazar bilan qarashdir», dedilar.
212/2. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Qalbida xantal urug‘i misqolicha iymoni bor biror kishi do‘zaxga kirmaydi. Va
qalbida xantal urug‘i misqolicha kibri bor biror kishi jannatga kirmaydi», dedilar.
213/3. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Kimning qalbida zarra misqolicha kibr bo‘lsa, jannatga kirmaydi», dedilar.
40-bob
Do'stlaringiz bilan baham: |