23-bob
Din xolislik ekani haqida
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
168/1. Jarir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamga namozni o‘qishga, zakotni berishga va har bir musulmonga xolis bo‘lishga
bay’at qildim», dedilar.
169/2. Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh
sollallohu alayhi vasallamga har bir musulmonga xolis bo‘lishga bay’at qildim», dedilar.
170/3. Jarir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamga quloq solish va itoat qilishga bay’at qildim». U zot: «Agar qodir bo‘lsang»,
deb aytib turdilar. Va yana Jarir: «Har bir musulmonga xolis bo‘lishga bay’at qildim»,
dedilar.
24-bob
Do'stlaringiz bilan baham: |