kolgan koldiq (taom) pok bo‘lishi va u kabi xotinning ko‘yniga suyanib yotish hamda suyanib Qur’on kiroat kilish joiz ekani haqida
533/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Agar Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam e’tikof o‘tiradigan bo‘lsalar, boshlarini menga yaqin qilardilar.
Men esa sochlarini tarab qo‘yar edim. U zot uyga faqat insonlar hojati tushadigan narsa
uchun kirardilar», deb aytdilar.
534/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Agar uyga hojat
yuzasidan kiradigan bo‘lsam, u uyda kasal bo‘lsa, o‘tayotib undan ahvol so‘rayman.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa masjidda turib boshlarini men tomonga
kiritardilar. Men u zotning sochlarini tarab qo‘yar edim. U zot e’tikofda o‘tirganlarida
faqat ehtiyojlari uchun uyga kirardilar», dedilar.