Mikroprotsessor va kompyuter texnikasi asoslari



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/139
Sana06.01.2022
Hajmi3,17 Mb.
#320593
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   139
Bog'liq
mikroprotsessor va kompyuter texnikasi asoslari

 
 
 
 
 
 
17-Mavzu:Tizimli blok qismlari bilan tanishish, uni qismlarga ajratish va yig`ish 
           Reja: 
    1)Tizimli blok haqida  
    2)Tizimli blokning asosiy qismlari 
   3)Tizimli plata mikrosxemalari 
 
 
     Tizimli  bloki  bu  kompyuterning  eng  asosiy  qismi.  Uning  ichida  ona  platasi, 
mikroprosessor,  qattik  disk  yoki  vinchester,  tezkor  va  kesh  xotira  mikrosxemalari,  elektron 
sxemalar  yoki  kontrollerlar  yoki  adabterlar,  elektr  ta`minlovchi  blok  va  disk  yurituvchilari 
hamda  boshqa  qurilmalar  joylashadi.  Bu  sistema  blokiga  hamma  tashqi  qurilmalar 
bog’lanadi va u ularning ishini ta`minlaydi. Sistema blokning asosiy qismlari:  
Mikroprosessor
  yoki  protsessor  komp'yuterning  miyyasi.  Komp'yuter  ishini  boshqarish, 
barcha  hisob-kitoblar  va  buyruqlarni  bajarilishini  ta`minlaydi.  U  kichkina,  turtburchak 
elektron  sxema  sekundiga  bir  necha  yuz  million  amallarni  bajaradi.  Uning  tezligi 
Megagertslarda hisoblanadi va protsessor nomidan keyin yoziladi, masalan Pentium 700.  
Qattik disk yoki
 
vinchester
 tashqi xotira. Ma`lumotlarni doimo saqlash uchun foydalanadi. U 
vinchester deb nomlanadi. Vinchester nomi birinchi qattik disk nomidan kelib chiqqan (1973 
yilda  IBM  firma  tomonidan  yaratilgan  qattiq  disk  nomi  "30/30"  bo’lgan  va  bu  mashxur 
Winchester miltikning kalibrga o’xshar edi). Ular hajm va ishlash tezligi bilan farqlanadi. 
Tezkor  xotira
  mikrosxemalari    komp'yuterning  vaqtinchalik  xotirasi.  U  dasturlar  ishlash 
jarayonida  zarur  bo’lgan  ma`lumotlarni  saqlash  uchun  foydalanadi.  Komp'yuter 
uchirilgandan keyin shu xotiradagi ma`lumotlar yuqotiladi. 


108 
 
Kesh  xotira
  mikrosxemalari  komp'yuter  tomonidan  dasturlar  ishlash  jarayonida  ko’p 
ishlatilgan  ma`lumotlarni  saqlash  uchuí  foydalanadi.  Bu  xotira  tezkor  va  doimiy  xotira 
o’rtasida joylashadi. 
Kontroller  yoki  adabterlar
  ular  har  xil  tashqi  kurilmalar  ishini  ta`minlaydilar.  Ishlash 
xolatlari bilan farqlanadi (video plata, tovush plata, tarmok platasi va b).  
Ona platasi
 Motherboard  asosiy elektrosxema bo’lib unga protsessor, tezkor va kesh xotira 
mikrosxemalari,  kontroller  va  adabter  elektrosxemalari  urnatiladi,  qattik  disk  va  disk 
yurituvchilari ulanadi. 
Disk  yurituvchilari
  bu  egiluvchan  va  kompakt  disklardagi  ma`lumotlarni  o’qish  va  ularga 
saqlash ishlarni bajaradigan qismi.  
Elektr  ta`minlovchi  blok
  har  bir  qismning  o’ziga  mos  elektr-quvvat  extiyojini  ta`minlovchi 
blok. 
Sistema  bloki  asosiy  xotira,  protsessor  va  elektron  sxemadan  tashkil  topgan.  Asosiy  xotira 
esa tezkor xotira qurilmasi (TXQ) hamda doimiy xotira qurilmasi (DXQ)dan tashkil topgan. 
TXQda (boshqacha nomi RAM ― Random Access Memory) kompyuterga kiritilgan va ish 
jarayonida  hosil  bo’lgan  barcha  axborotlar  saqlanadi.  Kompyuter  manbaadan  uzilgach 
TXQdagi ma’lumotlar o’chib ketadi. DXQda esa axborotlar o’zgarmasdan doimiy saqlanadi.  
Ona  plata  (ingl.  Motherboard  yoki  ingl.  mainboard  —  Asosiy  plata;  материнка)  Shaxsiy 
kompyuterning  asosiy  komponentlari  (Markaziy  protsessor,  TXQ  kontrolleri  va  TXQ, 
yuklanuvchi DXQ,  BIOS kontrollerlari) o’rnatiladigan plata. Odatda ona  platada  razyomlar 
(slotlar) joylashgan bo’ladi. 
Operativ xotira(RAM) 
RAM  -  Random  Access  Memory  (tanlov  asosida  ixtiyoriy  qismiga  murojaat  qilinadigan 
xotira) Bu qurilma registrlardan tashkil topgan. Registr ― bu  ma’lumotlarni ikkilik shaklda 
vaqtinchalik  saqlovchi  qurilma.  Registr  triggerlardan  tashkil  topadi.  Triggerlarning  miqdori 
kompyuter necha razryadli ekanligini ko’rsatadi. Registr (uyacha) larning har bir razryadiga 
1 bit axborot to’g’ri keladi.  8 bit axborot birgalikda 1 baytni tashkil qiladi.  Har 1 bayt o’z 
tartib raqami(adresi)ga ega bo’ladi. Uyachaning uzO’nligi mashina so’zi uzO’nligini belgilab 
beradi.  
HDD  (ingl.  Hard  Disk  Drive  –  qattiq  disk  qurilmasi)  kompyuterning  tashqi  xotirasi  bo’lib, 
sistema blokiga o’rnatiladi hamda ma’lumotlarni saqlashda ishlatiladi. Uning hajmi bir necha 
10  Gbaytdan  -  10  Tbaytgacha  yetadi.  Vinchestor  deganda,  silindrsimon  germetik  idishda 
joylashtirilgan,  bir  o’qqa  mustahkamlangan  ustma  -  ust  disklar  majmui  tushuniladi.  1  - 
vinchestor 1973 - yilda IBM firmasi tomonidan 3340 modelida yaratilgan.  
       Tizimli  yoki  bosh  (maotherboad)  plata  maydoni  100—150  sm
2
  bo`lgan  bosmali  plata 
ko`rinishga еga bo`lib,  unga ko`p sO’nli turli  xil  mikrosxemalar,  raz`yomlar (ajratgichlar)  va 
boshqa еlementlar joylashtiriladi. Tizimli plata (TP) konstrukciyasining ikki asosiy ko`rinishi 
mavjuddir: 
• platada ishlash uchun kerakli hamma mikrosxemalar qattiq maxkamlangan — hozir bunday 
platalar bitta platali deb ataluvchi faqat oddiy uy kompyuterlarida ishlatilmoqda; 
• bevosita tizimli platada faqat minimal sondagi mikrosxemalar joylashtiriladi, qolgan barcha 
komponentalar еsa tizimli shina  yordamida va konstruktiv tomondan TP da  mavjud  bo`lgan 
maxsus  raz`yomlarga  (slotlarga)  o`rnatiladigan  qo`shimcha  platalarda  (kengaytirish 
platalarida)  birlashtiriladi;  bunday  texnologiyani  ishlatuvchi  kompyuterlar  shinali 
arxitekturali hisoblash tizimlariga taalluqlidir. 
 


109 
 
     

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish