8
2.
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari
Hayot faoliyati xavfsizligi (HFX)
—
ishlab chiqarish va noishlab chiqarish
muhitida insonni atrof muhitga ta’sirini hisobga olgan holda xavfsizligini
taminlashga yo’naltirilgan bilimlar sistemasidir.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining umumiy maqsadi—xavfsiz kelajakni
ta’minlashning birdan-bir yo’li bu iqtisodiy masalalarni atrof-muhitni muhofaza
qilish bilan chambarchas bog’langan holda olib borishdir. Buning asosida
rivojlanishning
hamma
jarayonlarini
tekis
o’sib borishini ta’minlash,
umumbashariy tabiiy zahiralarni tejash, texnologiyalarni xavfsizlarini tanlash,
tashqi muhit bilan xavfsiz muloqot qilishni ta’minlaydigan yetuk kadrlarni
tayyorlash masalalari yotadi. Bunda e’tiborni hamma jabhalarda bu ishlarga
alohida ahamiyat beruvchi rahbar xodimlarni tayyorlash masalasiga ahamiyat
berish zarurati ko’rinadi.
Bu fan inson faoliyatining ishlab chiqarish jarayonidagi faoliyati bilan
chegaralanmasdan, uning yashash muhiti, har xil bo’lishi mumkin bo’lgan tabiiy
va tasodifiy ofatlardan saqlanish, tabiat va odamzot uyg’unligini yaxshi tushinish,
tabiatga mulohaza bilan, uning muvozanat zanjirini uzilib ketishidan ehtiyot qilgan
holda yondoshish masalalarini inson ongiga singdirish vazifasini bajaradi.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fani hayotga kirib kelganiga uncha ko’p vaqt
bo’lgani yo’q. Hozirgi vaqtda bu fan o’z taraqqiyotining boshlang’ich bosqichida
turibdi. Uni rivojlantirish va takomillashtirish zamon talabi. Albatta, u o’z
rivojlanish davrida mehnatni muhofaza qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish va
favqulodda hodisalardan muhofazalanish, shuningdek, amaliy tibbiyot, biologiya
sohalarida erishilgan ilmiy yutuqlardan to’la foydalanadi, qonun va qoidalarga
asoslanadi.
Hayotiy faoliyat xavfsizligi (HFX) fanining diqqat markaziga qo’yilgan
asosiy masala bu insonning jamiyat taraqqiyotidagi rolidir. Hayotiy faoliyat
xavfsizligi bu har qanday sharoitdagi inson faoliyatidir. Insonning hamma faol
harakati (mehnat jarayonida, dam olishda, uyda hamda s’ortda) uning faoliyatini
tashkil qiladi.
Hayotiy faoliyat xavfsizligi fani o’z tarkibiga inson faoliyatining atrof-muhit
bilan aloqasi, mehnat faoliyatidagi xavfsizligi va favqulodda vaziyatlardagi
xavfsizligi shuningdek yong’in xavfsizligi bo’limlarini qamrab olgandir. Hayotiy
faoliyat xavfsizligi prinsip va usullar asosida: baxtsiz hodisalar, qurbonlar va ular
natijasida kelib chiqadigan zararlarni kamaytirish masalalarini keng miqyosda
qo’yadigan va hal qiladigan fandir. HFX-bu har qanday ko’rinishdagi faoliyatga
qo’llanishi mumkin bo’lgan xavfsizlikning nazariy asosidir.
“Hayotiy faoliyat xavfsizligi” fani bo’lg’usi mutaxassislarni mehnat
muhofazasining ilmiy asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirish va ularda ishlab
chiqarishdagi
mehnat
sharoiti
hamda
mehnat
muhofazasini
yaxshilash
muammolarini ijobiy hal etishga qiziqish uyg’otishga mo’ljallangan. Buning ilmiy
zamini esa quyidagilardan iboratdir: ishlab chiqarishda shikastlanish, kasalliklar,
ishlab chiqarishda sodir bo’ladigan yong’in hamda portlashlar sabablarini har
tomonlama tahlil qilish; ishlab chiqarishdagi xavflilik va zararlilik darajasini
9
o’rganish; to’qimachilik, paxta, ipak va yengil sanoatda qabul qilingan yoki joriy
etishga tavsiya etiladigan, og’ir hamda sermehnat ishlarni mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirishni ko’zda tutuvchi texnologik jarayonlarni baholashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |