3. Sun’iy nafas berish va yurakni uqalash Jarohatlanishlar asoratida inson orgainizmi eng og’ir ahvolga tushib qolishi
mumkin. Bunday holatlarda nafasning va bahzan yurak faoliyatining ham to’xtashi
kuzatiladi, lekin hayot xali so’nmagan va xayot faoliyatini to’la tiklash imkoniyati
bo’ladi. Biroz muddatdan keyin (5-6 minut) klinik o’lim biologik o’limga o’tishi
mumkin. Ana shu muddatda shikastlangan kishiga zudlik bilan yordam berish
(tiriltirish) shu ishni amalga oshiruvchi odamdan tajriba, tez va ‘uxta ishlashni talab
qiladigan murakkab va hal qiluvchi jarayondir. Birinchi navbatda bu jarayonda
nafas va yurakning to’xtagan yoki to’xtamaganligi anikdanadi. So’ngra nafas
oldirish va yurak faoliyatini tiklash ishlari amalga oshiriladi.
Nafasning tuxtashi. Nafas tovush boylamlarining s’azmi, nafas yo’llariga
begona narsalarning tiqilib kolishi, tilning xalqumga kelib qolishi va shu kabilar
oqibatida o’pkaga havo tushishi qiyinlashuvidan ro’y bsradi.
Nafas olishi to’xtagan odamni dastlabki 5 daqiqa davomidagina hayotga
qaytarish mumkin.
Nafas oldirish usuli bemor bo’lgan sharoitlar va nafas olishning to’xtash
sababiga ko’ra tanlanadi.
Silhvester usuli. Bemor chalqancha yotkiziladi. Bemorning bilak kafti ustidan
ushlanib, kuch bilan yuqoriga ko’tariladi, so’ngra ko’llarni kukrak kafasiga
zushiriladi va u kattiq bosiladi. Minutga 14-15 marta shunday harakat qilinadi.
Sholler usuli. Qovurga yonlarini qo’llar bilan yon tomonga cho’ziladi,
so’ngra qisiladi.
Og’izdan og’izga yoki og’izdan burunga havo ‘uflash usuli sun’iy nafas
oldirishning eng ta’sirchan oddiy usullaridan hisoblanadi.
Sun’iy nafas "og’izdan og’izga" yoki "og’izdan burunga" berilishi mumkin.
Bu usullar boshka usullarga nisbatan samarali usul hisoblanadi. Unda jarohatlangan
shaxsning o’pkasiga boshqa usullarga nisbatan 4 barobar ko’p xavo yuboriladi.
Sun’iy nafas berishdan oldin jarohatlangan shaxs elka tomoni bilan
yotqizilishi, undagi siqib turgai kiyimlar, galstuk, sharf va shu kabilar echilishi,
og’iz ko’piklardan tozalanishi kerak. Agar og’iz kattiq yopiq bo’lsa (tishlashib
qolgan bo’lsa), ikkala ko’lning to’rt barmogini jarohatlangan shaxsning boshi
orkasiga qo’yib, ikkala bosh barmok bilan og’zini ochish kerak. Keyin chuqur nafas
olib, og’izni og’izga ko’yib, jaroqatlangan shaxsning burnini kisib kuchli havo
‘uflash kerak. Xavo ‘uflashda marli
g
rumolcha yoki maxsus nafas olish trubkasidan
foydalanish mumkin. Sun’iy nafas berish chastotasi minutiga 15-17 marta bo’lishi
kerak.