140
sig‗imini bilish mazkur bozorga tovarni ta‘minlab beradigan firmaga tegishli
bozor ulushini
aniqlash bilan bog‗liq. Bozor ulushining oshishi tarmoqda
yetakchi o‗ringa erishishning asosiy omili hisoblanadi.
Yuqori bozor ulushi ishlab chiqarishning yuqori hajmiga erishish, bu
esa o‗z navbatida firmaning ish faolligini kengaytirish, shuningdek,
dividendlarni hissadorlarga to‗lash va kutiladigan foydani oshirish imkonini
beradi. Bozor ulushi korxonaning raqobatchilarga nisbatan ahvolini
tavsiflaydi. Miqdoriy jihatdan bozor ulushi bozordagi bir kategoriyadagi
tovarlarning sotilishlar
hajmining nisbati sifatida, foizlarda ifodalanadi.
Bozor ulushi
turli xil usullar bilan hisoblanishi mumkin:
natural ifodadagi tovarlar sotilishining hajmiga ko‗ra;
qiymat
ifodasida;
xizmat ko‗rsatiluvchi segmentlarda;
yaqin turgan raqobatchilarning sotilishlariga nisbatan;
bozor
yetakchisi, asosiy raqobatchiga nisbatan.
Marketing faoliyatining amaliyoti guvohlik beradiki, chuqurroq
segmentatsiya bitta belgiga emas, odatda har xil belgilarning bog‗liqligiga
asoslanadi. Hamma mavjud va hozirgi vaqtda amal qilayotgan bozor
segmentatsiyasining jarayonlari va usullari shunga asosan ko‗rilgan.
Quyidagi usullarni qayd qilish mumkin:
manfaatlar bo‗yicha segmentatsiya;
segmentatsiya setkasini qurish;
ko‗p o‗lchamli tasniflash bo‗yicha;
guruhlash bo‗yicha;
funktsiyaviy haritalar asosida.
Manfaatlar bo‗yicha segmentatsiya
Iste‘molchilarning xatti-harakatlari
modeliga asoslanadi va uchta bosqichni ketma-ket bosib o‗tishni ko‗zda
tutadi:
istemolchilarni qiziqtiradigan manfaatlarni aniqlash va ularning bir-biriga
bo‗lgan munosabatini
baholash;
manfaatlar bo‗yicha segmentatsiyani oldindan belgilaydigan hayot
tarzidagi farqlarni aniqlash va Iste‘molchilarni shu ko‗rsatkichlar
bo‗yicha guruhlash;
manfaatlar bo‗yicha segmentlar tovar va raqobatchi markalar haqida har
xil tasavvurlarni o‗z ichiga olishini aniqlash.
Segmentatsiya setkasiniqurish usuli
asosiy tayanch bozorlarni
141
ko‗rsatish uchun qo‗llanadi. Iste‘molchilar va texnologiyaning funktsiyalarini
tavsiflaydigan o‗zgaruvchilarning kombinatsiyalari tahlil qilinadi. Natijada
afzalliklarning eng katta foizini beradigan asosiy segmentlari aniqlanadi.
Ko‗p o‗lchamli tasniflash usuli
Iste‘molchilar xatti-harakatlarini
belgilash, bir vaqtning o‗zida ko‗p o‗lchamli tasniflashdan iborat. Bunda bir
qator belgilar (demografik, ijtimoiy-iqtisodiy, psixografik va hokazo)
bo‗yicha o‗zaro o‗xshashliklarga ega bo‗lgan odamlar bitta turga
birlashtiriladi. Bunday yondashuv yordamida eng muhim komponent belgi
bo‗yicha Iste‘molchilarni turlashtirish vazifasi hal etiladi.
Guruhlash usuli
ob‘yektlar yig‗indisini ketma-ketlik bilan eng muhim
belgalar bo‗yicha guruhlarga bo‗lishga asoslanadi. Vaholanki, belgilardan
bittasi tizim hosil qiluvchi sifatida ajratib ko‗rsatiladi. So‗ngra guruhchalar
shakllantiriladi, ularda bu belgining muhimligi, mazkur tovarni Iste‘mol
qiluvchilarning barcha yig‗indisiga qaraganda yuqoriroq.
Funktsiyaviy haritalar usuli
«qo‗sh» segmentatsiyani o‗tkazishga
asoslanadi: mahsulot bo‗yicha va Iste‘molchilar bo‗yicha. Uning asosida
berilgan mahsulot bozorning qanday segmentiga mo‗ljallangan va uning
qanday funktsional ko‗rsatkichlari Iste‘molchilarning u yoki bu talablariga
mos kelishini aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: