99
6.3. Marketingda taktik rejalashtirishning roli va o‘rni
Korxonaning taktik rejasi strategik rejasining bir qismi bo‘lib, unga qo‘yilgan
maqsadlarga
erishishning
vositalari,
usullari
aniqlanadi.
Agar
strategik
rejalashtirishni asosiy mezoni uzoq muddatlilik hisoblansa, unda marketingni taktik
rejalashtirishda o‘rta muddatli strategik chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Marketingni operativ rejalashtirishning mezoni bo‘lib qisqa muddatlilik hisoblanadi.
Taktik rejalarda umumiy sotish rejasi, har bir tovar guruhi bo‘yicha ta’minot va sotish
rejasi, daromadlar rejasi, xarajatlar rejasi, foyda rejasi, savdo uchun zarur jihozlar,
asbob-uskunalar bilan ta’minlanish rejasi, bozorning hozirgi holatiga baho berish,
korxona imkoniyatlari va xavf-xatarlari ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: