Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


Bozor kon’yunkturasi holati va kelgusida rivojlanish ko‘rsatkichlari hamda



Download 3,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/301
Sana05.01.2022
Hajmi3,25 Mb.
#320260
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   301
Bog'liq
1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627

 
7.3.Bozor kon’yunkturasi holati va kelgusida rivojlanish ko‘rsatkichlari hamda 
baholash uslublari
 
 
Kon’yunktura  tahlili  o‘z  ichiga  ishlab  chiqarish  va  iste’molning  hajmi,  tarkibi, 
bir tovarning boshqasining o‘rnini egalay olish imkoniyati, tovar zahiralari, narxning 
o‘zgarishi,  reklama  xizmati,  bozor  ishtirokchilarining  o‘rganishni  oladi.  Bozor 
konyu’nkturasini muntazam ravishda o‘rganib borish savdo faoliyatini muvaffaqiyatli 
yakuniga  imkon  beradi.  Har  davrda  bozor  kon’yunkturasi  qaysi  tovar  chiqarishni 
ko‘paytirish,  qaysi  tovarga  talabning  kamayishi  haqida  aniq  ma’lumotlar  beradi.  Bu 
ma’lumotlar  ishlab  chiqarish  uchun  ham  savdo  firmasi  uchun  ham  zarurdir.  Bozor 
kon’yunkturasi  bozorda  muvozanatni  mavjudligi  yoki  bo‘zilganligi  bilan 
xarakterlanadi.  SHunga  ko‘ra  bozor  kon’yunkturasi  ijobiy  va  salbiy,  qulay  va 
noqulay bo‘lishi mumkin. 
Bozor  kon’yunkturasi  ayrim  tovar  ishlab  chiqaruvchilar  miqyosiga  va  sotib 
oluvchilarning  xarid  qobiliyatiga  bog‘liqdir,  narx-  navoga,  modaning  o‘zgarishiga 
qarab har xil bo‘ladi. Bozorning kelajakdagi  holatini  ishlab chiqarishning  texnikaviy 


 
127 
ahvoli,  unga  sarflangan  qo‘shimcha  resurslar,  ularning  qaytarib  berish  muddatlari, 
tovar  zahiralari  dinamikasi,  eksport  va  import,  shuningdek  narx  -  navodagi 
o‘zgarishlar yo‘nalishiga qarab aniqlash mumkin. Bu bilan tovar taklifi o‘rganiladi. 
Investitsiya  summasi  va  tuzilishiga,  mehnat  predmetiga  bo‘lgan  talab  va 
korxona,  tashkilotlar  pul  sarfining  yo‘nalishiga  qarab,  shuningdek  aholi  xarid 
qobiliyatining,  uning  tovarlar  bilan  ta’minlanishini  darajasini  hisobga  olib  talab 
o‘rganiladi.  
Uzoq  muddatli  o‘sish  imkoniyalarini  aniqlash  va  kon’yunktura  tahlili  bir  -biri 
bilan bog‘liq va u bir-birini to‘ldira boradi.  
 Sifatli tahlil qilish uchun to‘plangan ma’lumotlarni 3 ta guruhga bo‘linadi: 
  -o‘tgan davr kon’yunktura ma’lumotlari; 
  -tadqiq qilinayotgan davr kon’yunktura ma’lumotlari; 
  -kelgusidagi kon’yunkturaga ta’sir etuvchi ma’lumotlar.  
 Kon’yunkturani  tahlil  qilish  shakli  bo‘lib,  kon’yunktura  sharhi  bo‘lib 
hisoblanadi.  
Kon’yunkturani  tahlil  qilish  savollariga  o‘tishdan  avval  kon’yunkturani 
ko‘rsatkichlar tizimini ko‘rib chiqish darkor. 
Ko‘rsatkichlar  shartli  ravishda  makro  va  mikro  ko‘rsatkichlarga  bo‘linadi. 
Makroqo‘rsatkichlarga  -  umumxo‘jalik  kon’yunkturasini  tavsiflovchi  ko‘rsatkichlar: 
yalpi  milliy  mahsulot,  yalpi  milliy  daromad,  ishlab  chiqarish  ko‘rsatkichlari,  tovar 
aylanma ko‘rsatkichlari, pul muomalasi ko‘rsatkichlari, iste’mol ko‘rsatkichlar kiradi. 
Mikroqo‘rsatkichlarga esa alohida tovarlar bozorini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar kiradi: 
ishlab  chiqarish  ko‘rsatkichlari,  mahsulot  sotilishi  va  iste’moli,  narx  dinamikasi  va 
h.k. 
Umumxo‘jalik kon’yunkturaning tahlilini izlanishni maqsadiga ko‘ra ikkita yo‘l 
olib borish mumkin:  
1. 
 
Agar  ma’lum  bir vaqtning  ichida kon’yunkturaning rivojlanish tendensiyalari 
va sur’atlarini bilib olish  masalasi qo‘yilgan bo‘lsa, u  holda kon’yunktura tahlili shu 
vaqtning ichida uning dinamikasini o‘rganish yo‘li bilan olib boriladi, 


 
128 
2. 
 
Agar  eng  oxirgi  sanaga  kon’yunktura  holatini  aniqlash  masalasi  qo‘yilgan 
bo‘lsa,  u  holda  iqtisodiy  siklning  fazasini  va  faza  ichidagi  misol  tariqasidagi  joyini 
aniqlash  yo‘li bilan  olib boriladi. SHuni e’tiborga olish kerakki, kon’yunktura tahlili 
va  uzoq  tendensiyalarning  rivojlanishini  aniqlash  o‘zora  bog‘liq  va  bir  -  birini 
to‘ldiradi. 
Kon’yunktura tahlili jamiyatning xo‘jalik xyotining qiyinligini hisobga olmagan 
holda  u  yoki  bu  qarashlarni  tasdiklaydigan  o‘zboshimchalik  bilan  tanlangan  omillar 
va  statistiktik  ma’lumotlarga  endoshib  emas,balki  bir-biriga  qarama-qarshi 
hodisalarning  yig‘indisiga  endashish  kerak.Kon’yunktura  tahlilining  shakli  bu 
kon’yunktura sharhi va ma’lumotnomasidir. 
Mahsulotni  ishlab  chiqarishni  belgilanganligiga  qarab,mahsulotni  absolyut 
birligi 
ulchovlarida 
ishlab 
chiqarib, 
ishlab 
chiqarish 
davrini 
davomiyligi,iste’molchilar  doirasi  tezroq  yoki  sekinroq  kon’yunkturani  o‘zgarishini 
aks ettiradi. 
Ba’zi  tarmoqlar,masalan  kora  metallurgiya,xavo  va  suv  transporti,kurilish 
belgilangan  iste’molchilar  uchun  oldindan  buyurtma  qilish  tizimi  bo‘yicha 
ishlaydilar.Boshqalar  esa,  ya’ni  avtomobil  ,  radioelektron  va  shu  kabilar  qisqa 
muddat  ichida  ishlab  chiqariladi  va  bozorda  noma’lum  iste’molchilarga  sotiladi. 
Uzoq  muddatli  tovarlarni  ishlab  chiqarishni  qisqarishi  yoki  o‘z  ishi  natijasida  ishlab 
chiqarish  kon’yunkturasini  yaxshilash  yoki  yomonlash  aniq  ko‘rsatkichi  bo‘lib 
hisoblanmaydi.  Chunki  katta  buyurtma  portfelining  kattaligi  yoki  shunday 
tarmoqlarda  uning  yo‘qligi  mahsulot  ishlab  chiqarish  dinamikasining  iqtisodiy 
siklning dinamikasidan rad etadi. 
 

Download 3,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish