MARKETING
REJASI
3. Amalga oshirish
vositalari
4. Nazorat
108
Korxona (firma)ning marketing dasturi (biznes rejasi) tarkibi quyidagichadir:
1.
Korxonaning imkoniyatlari tahlili(holatli tahlil)
Faoliyati, shart-sharoitlari resurslari, samarali natijaga erishish yo‘nalishlari.
Korxonaning ichki va tashqi muhitlarini solishtirish.
2.
Rivojlanish maqsadlarini aniqlash.(marketing sintezi).
Ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning ustuvor maqsadlari va bozorda
foydaga erishish yo‘llarini aniqlash.
3.
Strategiyani ishlab chiqish.
Korxonaning moddiy, mehnat va moliya resurslaridan samarali foydalanishni
ko‘zlagan uzoq muddatli maqsadni aniqlash (bozor segmentlarini, marketing
vositasini, bozorga kirish vaqtini va boshqalarni tanlash).
4.
Rejani ishlab chiqish.
Ishlab chiqarish, moliya, baho, kadrlar, reklama, sotish va boshqalarni amalga
oshirish xarajatlari va natijalarini rejalashtirish tizimi.
5.
Nazorat qilish.
Strategik nazorat (tanlangan tamoyilni aniq bozor holatiga to‘g‘ri kelish). Yillik
nazorat (rejadagi tadbirlar va xarajatlarning bajarilishi), foyda olish darajasi nazorati.
Korxonaning imkoniyatlari tahlil qilinganda uning bozordagi shart-sharoitlari
(tashqi muhiti) va o‘zining ichki salohiyati turisida batafsil axborotlar to‘plab, aniq
xulosa chiqariladi. Buning uchun «Bozorni kompleks tadqiq qilish» va «Holatli
tahlil» usullaridan foydalaniladi.
Bozorni kompleks tadqiq qilish boshlang‘ich davri bo‘lib, korxona marketing
dasturini va rejasini tuzishi uchun manba hisoblanadi. Holatli tahlil, firma faoliyatini
o‘ziga xos taftish qilish va atroflicha baholashni o‘z ichiga oladi.
Korxonaning rivojlanish maqsadlarini aniqlashda eng avvalo, uning ichki
imkoniyatlarini hisobga olib, qaysi sohada sotishning o‘sishi orqalimi yoki bozorda
o‘z ulushini ko‘paytirish, obro‘sini ko‘tarish yo‘li bilan erishiladimi kabi savollarga
javob izlanadi. Korxonaning rivojlanish maqsadlari marketing tajribasiga ko‘ra, bir
necha yo‘nalishlar orqali amalga oshirilishi mumkin:
109
Birinchidan, ekstensiv rivojlanish, ya’ni egallangan bozorda (bozor segmentida)
ishlab chiqarilayotgan tovarni sotish hajmini ko‘paytirish orqali daromadni oshirish;
ikkinchidan, intensiv rivojlanish, bu yo‘l bilan ekstensiv imkoniyatlar tugagach,
yangi bozorlarga chiqish yoki segmentlarni kengaytirish yoki bozorga yangi
modifikatsiyali tovar taklif etiladi. Uchinchidan, integratsiyalashgan rivojlanish orqali
sotish korxonalar bilan hamkorlikda ular resurslaridan foydalanib, daromadni
ko‘paytirish, to‘rtinchidan, diversifikatsiya yo‘li bilan, ya’ni korxona o‘z marketing
faoliyati doirasida qo‘shimcha xom-ashyoni, tovarni, texnologiyani, iste’molchilarni
o‘zlashtirish orqali raqobatbardoshligini oshirishga va foydani ko‘proq olishga
erishadi.
Marketing strategiyasi - maqsadga erishish uchun qanday harakat qilish kerak? -
degan savolga javob izlaydi. Strategik rejalashtirish korxonaning mahsulot ishlab
chiqarish, iste’molchilar, baho, reklama, sotish va boshqa faoliyatiga asosiy yo‘nalish
aniqlaydi, har bir bo‘limi maqsadini belgilaydi va ular ishini muvofiqlashtiradi.
Marketing strategiyasi zaminida quyidagi besh talab (prinsip) mavjud, ular
korxonalar faoliyatida hisobga olinishi mumkin:
1.
Bozor bir xil emas, u o‘ziga xos segmentlardan iborat.
2.
Korxona bozorda bir yoki bir nechta segment talablarini nazarda tutishi
mumkin. Ammo har doim tanlangan bozor segmentlarini o‘ziga jalb etishda, ko‘proq
muvaffaqiyat qozonishni o‘ylash lozim.
3.
Firma bozorda mustaqil yoki boshqa korxonalar bilan hamkorlikda faoliyat
ko‘rsatishi mumkin.
4.
Marketing vositasini tanlashda, ko‘proq bir-biriga mos va o‘zaro vazifalari
bilan bir-birini to‘lg‘izib turuvchilarni ishga solishni ko‘zda tutish kerak. Masalan,
tovar upakovka(o‘rama)si bilan narx, tovar harakati bilan sotish joyini, iste’molchilar
bilan aloqalarni reklamaga qo‘shib ishlatilishi tavsiya etiladi.
5.
Korxonaning bozorga chiqishida iqtisodiy holatni har tomonlama hisobga
olish talab etiladi. Masalan, umumiy va savdo kon’yukturasining holatini,
raqobatchilar bilan tutgan o‘rni va boshqalar.
110
Marketing strategiyasini ishlab chiqishda eng muhim muammo, korxonani foyda
olishga yo‘naltirish hisoblanadi. Uning echimini topishda jahon tajribasida quyidagi
yondashishlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |