8
Davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini mablag‘ bilan
ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga
oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish
va mukammallashtirish moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, davlat
budjeti daromadlarini shakllantirish soliq solish vositasida jamiyatdagi
u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usul hisoblanadi.
Davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog‘liq, chunki soliqdan
tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining asosiy manbai
hisoblanadi.
Insoniyat tari
х
ida yirik davlat arboblaridan biri, o‘rta asrlarda buyuk
saltanat barpo qilgan
А
mir
Т
emur soliqlarga katta e’tibor qaratgan. U
davlatni idora qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan soliqlarga tayangan.
O‘sha davrning davlat moliyasi bu tizimning eng muhim unsurlaridan
biri ekanligi, u davlatni boshqarishdagi barcha jihatlarga uzviy
bog‘langanligi bilan tubdan farq qilib turgani va ayni shu
х
ususiyatiga
ko‘ra boshqaruvning barcha tarkibiy qismlari orasida markaziy o‘rinni
egallaganligi bugungi kunga kelib hammaga ayon bo‘lmoqda.
Т
ari
х
an soliqlar, davlatni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan majburiy
to‘lovlar sifatida, davlat paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. Soliqlar
davlat faoliyat ko‘rsatishining moddiy asosini tashkil etadi, ularning
iqtisodiy tabiati
х
uddi shu yerdan kelib chiqadi.
Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida soliqlar kor
х
onalarning
iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning ham bilvosita quroli hisoblanadi.
Soliqni to‘lash
х
o‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar bilan
davlat o‘rtasida yangidan yaratilgan qiymatni taqsimlashning asosiy
vositasi hisoblanadi. Biror-bir jamiyatni soliq tizimisiz tasavvur qilish
mumkin emas. Chunki soliqlar budjet daromadlari (pul fondi)ni tashkil
etishning asosiy vositasi bo‘libgina qolmay, mahsulot ishlab chiqarish
hajmini oshirishga, ishlab chiqarishni rag‘batlantirishda investitsiyalarni
ko‘paytirishga, raqobatbardosh mahsulotni ko‘paytirishga, kichik biznesni
rivojlantirishga,
х
ususiy kor
х
onalar ochish bilan bog‘liq bo‘lgan bozor
infratuzilmasini barpo qilishga, umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga va
shu kabilarga
х
izmat qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o‘zining ichki va tashqi
vazifalarini, har
х
il ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlarni amalga
oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larning asosiy qismini soliqlar
orqali to‘playdi. Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy budjetlar
daromadini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy
negiz yaratadi, soliq to‘lovchi sha
х
slarning tadbirkorlik faoliyatini
Do'stlaringiz bilan baham: