3
KIRISH
Ma’lumki soliqlar budjetning daromad qismiga tushadigan tushum-
larning asosiy qismini ta’minlaydi. Respublikamizda olib borilayotgan
soliq siyosati xo‘jalik yurituvchi subyektlar zimmasidagi soliq yuki-
ni yanada kamaytirish, ish lab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik
va texnologik jihatdan qayta jihoz lashni rag‘batlantirish, fuqarolarning
daromadlarini oshirish, soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish va ta-
komillashtirishga qaratilmoqda. Yurtimizda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikka yaratilayotgan keng imkoniyatlar tufayli ularning faoliyat
turi va ko‘lami tobora ortib, aholi bandligini ta’minlovchi muhim sohaga
aylanmoqda.
Mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotini yuksak bosqichga
ko‘tarish maqsadida 2011-yilni Prezidentimizning tashabbuslari bilan
«Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» deb e’lon qilinishi sohani
har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va huquqiy himoya qilishga qaratila-
yotgan e’tibor bunda muhim omil bo‘layotir. Ayni paytda u iqtisodiyotni
izchil rivojlantirishning eng muhim omili, jamiyatimiz ijtimoiy va siyosiy
barqarorligining kafolatini ta’minlovchi kuchlardan biri sifatida namo-
yon bo‘lishi barobarida, ularning soddalashtirilgan yagona soliq to‘lovini
to‘lashga o‘tishlari orqali o‘z ishlab chiqarish salohiyatlarini kengaytirish
imkoniyatiga ham ega bo‘layotirlar. Jumladan 2011-yilda yagona soliq
to‘lovining bazaviy stavkasi 7 foizdan 6 foizgacha pasaytirilishi soliq
to‘lovchilarning ushbu toifasi uchun 50 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni
tejash imkonini berib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini
qo‘llab-quvvatlash hamda ularning jadal rivojlanishini rag‘batlantirishga
qaratilganligidan dalolat beradi. Agar 2000-yilda mamlaka timiz yalpi
ichki mahsulotining 30 foizi kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab
chiqarilgan bo‘lsa, qisqa bir davrda, ya’ni 2010-yil yakuni bilan bu ko‘r-
satkich 52,5 foizni tashkil etgani
fi
krimizning isbotidir
1
.
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining yaxshi tashkil etilgan targ‘i-
boti, ana shu qonun hujjatlari barcha toifadagi soliq to‘lovchilar tomoni-
dan o‘rganilishining puxta o‘ylangan tizimi-soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlar vaqtida va to‘liq to‘lanishi, davlatimiz gullab-yashnashining
garovidir. Soliq savodxonligi va qonunchiligi bo‘yicha fuqarolarda yo-
shlikdan ko‘nikma hosil qilib borish soliq targ‘ibotidagi eng maqbul usul-
dir. Qo‘llanmada soliqlarning iqtisodiy mohiyati, ahamiyati, zarurligi,
1
Prezident Islom Karimovning 2010-yilning asosiy yakunlari va 2011-yilda O‘zbe-
kis tonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ish-
langan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasidan. 2011-yil 21-yanvar.
Do'stlaringiz bilan baham: