www.ziyouz.com
кутубхонаси
93
Shunday bir joyda siz na borsiz, na yo'qsiz, balki borligingiz yo'qligingizdan ham kamdir!
Bunday behuda so'zlarni aytmasdan, tezda orqangizga qaytinglar. Agar yana biror
gapingiz bo'lsa, qaytayotgan paytda aytib ketinglar!
Bu so'zlarni eshitgach, qushlarning hushi boshlaridan uchib, ularga ojizlik yuzlandi,
hatto tillari gapga aylanmay qoldi. Hammalari bir-birlarining pinjiga kirib, umidsizlik
o'tida yona boshladilar. Ular o'zlariga o'zlari shunday der edilar:
- E voh! Zoye ketgan mehnatlarimizga ming afsus! Tortgan shuncha shiddatlarimizga
ming afsus!
Agar shoh shunday oliy dargohga ega bo'lsa, biz kabi bir necha xaroblar uning oldida
qanday ko'rinish beradi? U bizdek faqirlarni nazariga ilarmidi? Hayf shuncha umid bilan
harakat qilganlarimiz! Hayf abadiy davlatga erishamiz deb qilgan orzularimiz!
Qushlarning barchasi chuqur qayg'uga, cheksiz hasrat va armonga giriftor bo'ldilar.
Ular:
- Biz kabi g'amli, orzu va umidlaridan yiroq tushgan bir guruh bor ekanmi?! - deya
xitob qilishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |