Oqimning kombinatsiyalashgan jadvalida
kat`iy va erkin ritmli oqimlar
birgalikda qo`llaniladi. Ya`ni tayyorlov sektsiyalarida erkin ritmli oqim, biriktirish
sektsiyalarda esa kat`iy ritmli oqimlar qo`llaniladi.
Yarim tayyor mahsulotlarning jarayon ichida uzatilish usuliga ko`ra
oqimlar konveyerli va konveyersiz turlarga bo`linadi.
Konveyerli oqimlarda
tikilayotgan mehnat predmetlari bir ish o`rnidan
ikkinchisiga mexanik transportyorlar yordamida, texnologik jarayonining muyyan,
ya`ni kat`iy taktiga moslab o`tkazib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |