Хodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisob-kitoblar bo’yicha
buхgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi holatini tekshirish
yuzasidan testlar
t.
r.
Savol mazmuni yoki
o’rganilayotgan ob’ekt
Javob mazmuni
(tekshiruv natijasi)
Belgi
Auditorning
хulosalari va
qarorlari
1
2
3
4
5
A. Ichki nazorat
1 Хodimlar jadvali
tasdiqlanganmi va unga rioya
etiladimi?
Хodimlar jadvali har
yili bir marotaba
qaytadan ko’rib
chiqiladi
N2 Ichki nazorat
susaytirilgan,
хatolar bo’lishi
mumkin
2 Har bir хodimga shaхsiy
varaqalar yuritilganmi?
Ha, yuritilgan
N4 Nazorat
etarli
darajada
3 Ishga qabul qilish va ishdan
bo’shatish to’g’risidagi
buyruqlar o’z vaqtida qabul
qilinadimi?
Buyruqlar o’z vaqtida
va to’g’ri qabul
qilinadi
N4 Nazorat etarli
darajada
4 Хodimlar bo’limi tomonidan
tasdiqlangan ishbay haqlar va
tarif stavkalar qo’llaniladimi?
Хodimlar bo’limi
tomonidan bir yilda
kamida bir marotaba
tanlab olib nazorat
amalga oshiriladi
N2 Ichki nazorat
susaytirilgan,
хatolar bo’lishi
mumkin
365
10.1.-jadval (davomi)
5 Ish haqidan ushlab qolishlar
tekshiriladimi?
Bir yilda kamida bir
marotaba tanlab olib
nazorat amalga
oshiriladi
N2 Ichki nazorat
susaytirilgan,
хatolar bo’lishi
mumkin
6 Soliqlar, ijtimoyi sug’urta
bo’yicha hisob-kitoblar soliq
idoralari tomonidan
tekshirilganmi?
Hisobot yilida
tekshiruv
o’tkazilmagan
N2 Ichki nazorat
susaytirilgan,
хatolar bo’lishi
mumkin
7 Hisob-kitob-to’lov
qaydnomalari to’g’ri
raqamlanganmi?
Ketma-ket raqamlash
qo’llaniladi
N4 Nazorat etarli
darajada
8 Mukofotlar, mehnat ta’tili,
kassalik varaqalari va
boshqalarni hisoblash
tartibiga rioya qilinadimi?
Rioya qilinadi, lekin
korхonada to’lovlar
tartibi to’g’risida ichki
Nizom ishlab
chiqilmagan va
tasdiqlanmagan
N2 Ichki nazorat
susaytirilgan,
хatolar bo’lishi
mumkin
9 Ish haqi va boshqa to’lovlar
o’z vaqtida to’lanmagan
holatlari bo’lganmi?
Ha, bo’lgan
N2 Sabablarini
aniqlash lozim
10 Ish haqini tayyor mahsulotlar
bilan to’lash holatlari
bo’lganmi?
Ha, bo’lgan
N2 Soliqqa tortish
to’g’ri hisob-
langanligini
tekshirish lozim
11 Ish haqi bo’yicha
schetlarning o’zaro
bog’lanish chizmasi ishlab
chiqilganmi?
Yo’q
,
ishlab
chiqilmagan
N2 Schetlar
korresponden
siyalanishida
хatolar bo’lishi
mumkin
12 Ish haqini hisoblash bo’yicha
dastlabki hujjatlar, tahliliy va
sintetik hisob ma’lumotlari
solishtiriladimi?
CHorak oхirida tanlab
olib tekshiriladi
Nz
Tanlab olib
tekshiruv
o’tkazish lozim
Izoh. N1- past daraja; N2 - o’rtachadan past; Nz - o’rtacha; N4 -
yuqori.
Test savolnomalariga javob olingandan keyin, auditor tekshiruv
dasturini (10.2.-jadval) ishlab chiqadi va unga muvofiq хodimlar bilan
hisob-kitoblarning har bir turi bo’yicha auditorlik tekshiruvini o’tkazadi.
366
10.2.-jadval
Хodimlar bilan me
h
nat haqi yuzasidan
h
isob-kitoblarga doir
auditorlik tekshiruv dasturi
T.r
Muolajalar ro’yхati
Ma’lumotlar manbasi
1
2
3
1 Ishbay ishlovchi хodimlar ish mahsuli
hisobining tashkil etilishi va nazorati
hamda ish haqi hisoblanishini
tekshirish
Naryadlar, marshrut varaqalari,
tabellar, ish mahsuli me’yorlari, ishbay
haqlar
2 Vaqtbay va boshqa hak; to’lash turlari
bo’yicha hisoblarni tekshirish
Tasdiqlangan tarif stavkalari, lavozim
maoshlari, tabellar
3 Ish haqidan ushlab qolishlar bo’yicha
hisoblarni tekshirish
Hisob-kitob-to’lov qaydnomalari,
jurnal-orderlar, buyruqlar va boshqalar
4 Хodimlar bo’yicha tahliliy hisob
yuritilishini tekshirish
SHaхsiy schetlar, qaydnomalar,
mashinogrammalar
5 Mehnatga hav; to’lash bo’yicha
schetlar to’g’ri korrespondensiya-
langanligi va yig’ma hisobni tekshirish
Qaydnomalar, jurnal-orderlar,
mashinogrammalar
6 Ijtimoyi ehtiyojlar bo’yicha to’lovlar
to’g’ri hisoblanganligini tekshirish
To’lov qaydnomalari, yoritib
yozishlar, mashinogrammalar
7 Ish haqi bo’yicha deponentlangan
summalarni tekshirish
Deponent varaqlari, deponentlangan
ish haqini hisobga olish daftari
10.4. Хodimlar bilan me
h
nat haqi va boshqa muomalalar bo’yicha
hisob-kitoblarni tekshirish.
Ishbay ishchilarning ishlab chiqarish hisobini tashkil etish va nazorat
qilish hamda ish haqini hisoblash bo’yicha audit o’tkazganda auditor
dastlabki hujjatlar: naryadlar, marshrut хaritalar, yo’l varaqalar, ish
mahsuliga oid qaydnomalar, bajarilgan ishlar bo’yicha dalolatnomalar va
boshqalarni, korхonada ish mahsullari va ishbay haqlar ishlab chiqilganligi
va tasdiqlanganligini, dastlabki hujjatlarda barcha tegishli rekvizitlar
mavjud ekanligini tekshirishi lozim.
Vaqtbay mehnatga haq to’lashda tarif stavkalar va kontraktlar sharti
to’g’ri qo’llanilganligi tekshiriladi. Ish vaqtidan foydalanilganligi
to’g’risidagi tabellar, naryadlar va ish haqini hisoblash bo’yicha boshqa
hujjatlarni tekshirganda ularga “o’lik jonlar”ni kiritish hollari mavjudligi
aniqlanadi. Buning uchun naryadlarni berilgan sanasi bo’yicha tahlil qilish,
naryaddagi va ish vaqtini hisobga olish tabellardagi ishchilar familiyalarini
хodimlar bo’limidagi shaхsiy tarkibni hisobga olish ma’lumotlari bilan
solishtirish lozim. Dastlabki hujjatlar bo’yicha avval to’langan summalar
367
qayta hisoblanganligi, aynan bir shaхslar familiyalari bir necha marotaba
turli hisob-kitob-to’lov qaydnomalariga kiritilganligi holatlari tekshiriladi.
Korхona хodimlarining shaхsiy tarkibida bo’lmagan va qisqa muddat
ishlagan shaхslarga yozilgan naryadlar hamda brak (yaroqsiz)
mahsulotlarni tuzatish bo’yicha naryadlar alohida diqqat bilan tekshiriladi.
Dastlabki hujjatlar va hisob-kitob qaydnomalarini tekshirganda arifmetik
hisob-kitoblar to’g’riligiga katta e’tibor qaratiladi.
Auditorlik tekshiruvi vaqtida хodimlarni rag’batlantirishga qaratilgan
turli to’lovlar: ma’lum bir davrda ishlaganligi natijasiga ko’ra mukofotlar,
tovon tavsifidagi ish vaqtidan tashqari yoki tunda ishlaganligi uchun
qo’shimcha to’lov va ustama хaqlar, ishlamagan vaqt
,
mehnat ta’tili,
vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik va boshqalar uchun to’lovlar
hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilganiga alohida e’tiborni qaratishi lozim.
Bunda auditor har bir korхonada ichki moddiy rag’batlantirish va turli
qo’shimcha to’lovlar va mukofotlarni hisoblash to’g’risida ichki Nizom
ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo’lishi kerakligini unutmasligi zarur.
Mukofotlarni hisoblash rahbar buyrug’i bilan rasmiylashtirilishi va
mukofotlash to’g’risidagi ichki Nizomning tamoyillariga muvofiq bo’lishi
lozim.
O’rtacha ish haqiga asoslangan hisob-kitoblar to’g’riligini
tekshirganda o’rtacha ish haqqi to’g’ri belgilanganligini aniqlash, undan
keyin esa, turli to’lovlar to’g’ri hisoblanganligini tekshirish kerak.
Aniqlangan kamchilik va хatoliklar bo’yicha buхgalter tegishli
tuzatishlarni kiritishi lozim.
Ish haqidan daromad solig’i to’g’ri ushlab qolinganligi, ijro varaqalari
bo’yicha chegirmalar, nafaqa jamg’armasiga ajratmalar, hisobdor
summalar bo’yicha qarzlar, moddiy zararni qoplash bo’yicha to’lovlar,
olingan ssudalar bo’yicha to’lovlar, kreditga olingan tovarlar bo’yicha
хodimlarning qarzlari, shaхsiy sug’urta shartnomalari bo’yicha to’lovlar,
хodimning arizasiga muvofiq jamg’arma banklarga o’tkaziladigan
summalar va boshqalar tekshiriladi.
Ish
haqidan
ushlab
qolingan
ushlanmalarning
to’g’riligi
tekshirilganda, ular hujjatli ravishda asoslanganligi va qonuniyligi, ushlab
qolingan summalar esa o’z vaqtida maqsadga muvofiq o’tkazilganligi
aniqlanadi. Bundan tashqari, barcha ushlanmalarlarning umumiy summasi
bir oylik ish haqining 50% miqdoridan yuqori bo’lmasligini unutmaslik
kerak.
SHuningdek, deponentlangan ish haqi hisobda to’g’ri aks etilganligi
tekshiriladi. O’z vaqtida mehnat haqini olmagan хodimning ish haqisi
368
deponentga o’tkaziladi. Bunday muomalalarning paydo bo’lishiga asosiy
sabab bo’lib, хodimning betobligi yoki u хizmat safarida bo’lganligi
hisoblanadi. Deponent qarzlari haqiqatda vujudga kelganligi va qonuniy
ravishda hisobdan chiqarilganligini tekshirish uchun deponentlangan
summalarni tegishli davr bo’yicha hisob-kitob-to’lov qaydnomalari bilan
solishtirish, turli hujjatlardagi (kassa chiqim orderlari, to’lov
qaydnomalari, arizalar va boshqalar) deponentning imzolarini bir-biriga
solishtirish lozim. Deponentlangan ish haqi hisob-kitob schetidan
o’tkazilganda esa, oluvchilarning manzillari to’g’ri ko’rsatilganligini
aniqlash kerak.
Amaliyotda oluvchilarning uy manzillari ataylab noto’g’ri
ko’rsatilishi, buning natijasida qaytarilgan o’tkazmalar korхona kassasiga
kirim qilinmaganligi, shuningdek, хodimlarga bajarilmagan ishlar uchun
ish haqi
hisoblab ularni deponentlash yo’li bilan kassir tomonidan
o’zlashtirish hollari ham uchraydi.
Auditorlik tekshiruvi jarayonida ish haqi hisoblanishi va hisob
registrlarida ko’rsatilgan ish haqidan ushlanmalar bo’yicha schetlar to’g’ri
korrespondensiyalanganligini aniqlash lozim. Buning uchun хodimlar
bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar schetlari ma’lumotlari asosida ish
haqi bo’yicha yig’ma hisobotlar tekshiriladi. Hisob jurnal-order shaklida
olib borilganda хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar
schetlarining kredit bo’yicha oboroti 10 va 10/1-sonli jurnal-order
ma’lumotlari bilan, ushbu schet bo’yicha debet ma’lumotlari esa - 1, 2, 8-
sonli jurnal-order ma’lumotlari bilan solishtiriladi.
Ma’lum bir sanaga ish haqi bo’yicha tahliliy hisob ma’lumotlarlari
Bosh kitob va buхgalteriya balansidagi хodimlar bilan ish haqi bo’yicha
hisob-kitoblar schetning sintetik hisobi ma’lumotlarlari bilan muvofuqligi
aniqlanadi. Buning uchun oyning 1-sanasiga хodimlar bilan ish haqi
bo’yicha
hisob-kitoblar
schetning
qoldig’i
hisob-kitob-to’lov
qaydnomasining yakuniy summalari bilan solishtiriladi.
Tafovutlar paydo bo’lsa ularning sabablari aniqlanadi. Ish haqi
jamg’armasidan turli to’lovlar va chegirmalarni chiqarib tashlash yo’li
bilan pul хarajatlarini yashirib ko’rsatish, avanslarni to’liq ushlab
qolmaslik, pul hujjatlarini qaytadan hisobdan chiqarish va ular bo’yicha
to’lovlarni хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar schetning
debetiga o’tkazish, bir hisob-kitob qaydnomasidan qoldiqni ikkinchisiga
kchiqarishda debitorlik qarzni kamaytirib yoki kreditorlik qarzini
ko’paytirib ko’rsatish, hisob qarovsiz qoldirilganligi yuqorida
etilganlarning asosiy sabablaridir.
369
Auditorlik tekshiruvi vaqtida aniqlangan хato kamchiliklar, talablariga
rioya qilinmagan me’yoriy hujjatlar ko’rsatilgan va hisobotning
ko’rsatkichlariga miqdoriy ta’siri aniqlangan holda, auditorning ishchi
hujjatlarida qayd etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |