Dala tajribasi takrorlanishining shakli:
— Bir yarusli.
— Ikki yarusli.
Dorivor o‘simliklar yetishtirishda fenologik kuzatishlar olib borilganda ularning
quyidagi davrlari aniqlanadi:
1. Ekilgan kuni;
2. Maysalarning unib chiqa boshlashi;
3. To‗liq unib chiqishi;
4. Uchinchi bargning chiqishi;
5. Gullay boshlashi;
6. To‗liq gulga kirishi;
7. To‗liq pishib yetilishi;
8. Hosil yig‗ib olingan kun.
Kuzatishlar va hisobotlarning natijalari jurnalga yozib boriladi.
Ekin tup sonining qalinligini aniqlash uchun urug‗lar to‗liq unib chiqqandan
keyin hamma qaytarishlarda bo‗lakchalarning diagonali bo‗ylab bir-biridan ma‘lum
uzoqlikda namuna maydonchalari ajratiladi.