metabolizmda qatnashishi u yoki bu dorivor o‘simliklarining genetik xususiyatlari
bilan bog'liqdir
Ilmiy tadqiqot ishlarini, ya‘ni tajribani planlashtirish-bu ilmiy tekshiruv
maqsadlarini aniqlash, tajriba sxemasini ishlab chiqish, yer uchastkasini hamda
tajribaning optimal strukturasini tanlash kabi bosqichlardan iboratdir.
Tajribani planlashtirishda yo‘l qo‘yilgan holatlarni keyinchalik tajribani
o‘tkazish davomida yoki olingan natijalarni aniq statistik usullarda baholash orqali
ham to‘g‘irlash mumkin emas.
Ilmiy tekshiruv ishlari boshlanishidan avval quyidagilarni aniqlash lozim
bo‘ladi, ya‘ni:
7.
Temani tanlash, tajribani maqsadi va o‘rganish ob‘ektlarini belgilash;
8.
O‘rganilayotgan masalaning shu kundan holati bilan tanishish va ishchi
gipotezani va metodikasini ishlab chiqish.
9.
Tajriba sxemasini va metodikasini ishlab chiqish.
Temani tanlash va tajribaning maqsadini aniklash bu muxim masala bo‘lib,
bunda o‘rganiluvchi holatning har tomonlama mantiqan tahlil etish, tajribani
boshlash va uni o‘tkazish strategiyasini aniq ko‘z oldiga keltira bilish demaqdir.
Tajribaning planlashtirish keyingi bosqichda ya‘ni o‘rganilishi lozim bo‘lgan
masalaning shu kundagi holati-bu ilmiy adabiyotlar bilan tanishish va bir yoki bir
nechta ishchi gipotezani oldinga surishdir.
Ishchi gipotezasini oldinga surish orqaligini tajriba sxemasi va uning
programmasi ishlab chiqishga imkoniyat yaratiladi. Tajriba programmasida uning
sxemasi, o‘tkazish metodikasi va texnikasi kuzatuvlar hamda hisoblovlar
(uchet)o‘tkazishlar aks etiriladi.
Tajribani planlashtirishdagi muhim vazifalardan biri bu tajribaning sxemasini
ishlab chiqishdir. Tajriba sxemasini ishlab chiqilishida:
5.
Tajribaning yetsa xususiyatlik va faktorlilik (ya‘ni ko‘p faktorli tajribada
tekshirilayotgan har bir faktorning uchrashi mumkin bo‘lgan holatlarini hisobga
olish) printsiplariga amal qilish.
6.
Nazorat variantni to‘g‘ri tanlab bilish va tajribaga yo‘ldosh bo‘lgan, lekin
maxsus o‘rganilmaydigan sharoitlar (tajriba fani)ni bilish.
3. Tajribada uchraydigan asosiy darsni (tajriba markazi) va o‘rganiluvchi
faktorlarning o‘zgaruvchanlik birliklarini (qiymatlarini) belgilash kabi holatlarga
alohida e‘tibor berish lozim bo‘ladi.
Bir faktorli tajriba sxemasini tuzishda tajriba natijalariga ta‘sir kursatuvchi
holatni egri chiziqli grafik orqali ikki o‘lchamli maydonda joylanish holatlarini
belgilash uchun kamida 6-8 ta kuzatiluvchi darajada bo‘lmog‘i lozimdir.
Dorivorlarning yer maydoniga sarflash optimal qiymati oldindan o‘tkaeib
olingan tajribalar natijalaridan olinadi. Bu tajribalarda ishlatilaetgan dorivorning
qoldiq ta‘siri (posledostavke)ni o‘simlik rivoji va hosiliga ta‘sirini ham o‘rganish
katta ahamiyatga ega
Bu tajribalarda maydonchalar (variantlar) shaxmat usulida yoki lotin kvadrati
usullarida joylashtirishga e‘tibor berish zarur. Zaharli dorivorlarni yer maydoniga
yoppasiga solishdan tashqari, keyingi yillarda, dorivorlarni o‘g‘it bilan qo‘shib