DORIVOR O‟SIMLIKLARDA ILMIY IZLANISH ASOSLARI
44
o‗sadigan eri, avto-ulov boradigan yo‗llar, avto-ulovdan so‗ng piyoda yurib
boriladigan masofa, yig‗iladigan turni maydoni, o‗simlikni zahirasi va b. ko‗rsatilishi
maqsadga muvofiq ish bo‗lib yig‗ib oluvchi kishilarga yordam beradi.
Resursshunoslik oldida turgan yana bir masala yig‗ib olingan o‗simlik xom
ashyosidan yoki butunlay o‗simlikni o‗zidan unumli va ko‗p qirrali fodalanishdir.
O‗simliklarni ekib o‗stirishni tajriba maydonchalarida
sinab ko‗rib ilmiy asosli tavsiyalar berish bilan bir
qatorda yovvoyi holatda o‗sadigan foydali
dorivor o‗simliklarni muhofaza qilish ham resursovedlar oldidagi asosiy masalalardan
biridir.
Botanika resursshunosligi masalalariga o‗simliklar
tarqalishi qonuniyatlari
,
geografik ma‘lumotlar, har bir o‗simlikka xos tarqalishi va foydali (dorivor)
o‗simliklarni tabiiy holatda uchraydigan guruhlarini aniqlash kiradi.
Dorivor o‗simliklarni uchraydigan erlarini dengiz sathidan balandligi va shunga
qarab o‗simlikni o‗sishi ko‗payishi, hosildorligi, kimyoviy tarkibini o‗zgarishi
haqidagi ilmiy ishlar ham resursovedlar tomonidan ilmiy asosda o‗rganiladi.
O‗zbekiston o‗simliklarni landshafti (manzarasi) dengiz sathidan balandlikka
qarab bir necha poyaslarga (pog‗onalarga) bo‗linadi (Zokirov K.Z. 1978 y.).
CHo‗l – dengiz sathidan – 500 m. ga Adir – dengiz sathidan - 500-1200 m. ga Tog‗ –
dengiz sathidan – 1200 – 2700 m.
YAylov – dengiz stahidan – 2800 – 3800 m.
Keltirilgan ko‗rsatkichlar qabul qilingan bo‗lib hisobot ma‘lumotlariga kiritish
mumkin.
Ko‗rsatilgan pog‗onalarni (poyaslarni) ishlab chiqishda muallif shogirdlari bilan
tuproq (er) tarkibi, yog‗ingarchilik, havo harorati va o‗simliklarni turi va miqdori
inobatga olingan.
Bu ma‘lumotlar asosida har bir o‗simlikni qaerda o‗sib rivojlanishi haqida
xulosa
qilish mumkin.
Dorivor yoki foydali o‗simliklarni yig‗ishda o‗simlikni asosiy o‗sadigan erlari, u erda
n qaysi vaqtda va qancha mahsulot yig‗ib
olish mumkinligini aniqlab berish resursshunoslarni ishlari bo‗lib, xom ashyolarni yig
‗ish katta ahamiyatga ega. Undan tashqari resursshunoslar tavsiyasiga binoan ish olib
borilsa, o‗simliklar soniga va tarqalgan erlariga putur etkazilmaydi. Ekologik muvoza
nat saqlanib qoladi.
YAna shuni ta‘kidlab o‗tish kerakki, resursshunoslar dorivor (foydali)
o‗simliklarni o‗rganish bilan bir qatorda, atrofdagi barcha o‗simliklarga ilmiy
yondashib o‗rganadilar.
Resurshunoslar ish boshlashidan oldin tayyorgarlik ishlarini olib boradi.
O‗rganiladigan er haqida to‗la ma‘lumotlarni yig‗ib xulosa qiladi. Birinchidan
adabiyotlarni ko‗rib o‗rganiladigan rayon yoki viloyat haqida, ob-havosi to‗g‗rirog‗i,
kun va
tun harorati, suv bilan ta‘minlanishini o‗rganib chiqadi.