DORIVOR O‟SIMLIKLARDA ILMIY IZLANISH ASOSLARI
189
o‘simliklar parvarishlash jarayonida qo'llaniladigan ayrim omillar va usullar
dorivor o‘simliklarning shonalash, gullash, pishib etilish, unib chiqish, to'plash,
naychalash, boshoqlash, gullash va pishish davrlari barvaqt boshlanishga,
rivojlanish davrlari jadal o'tishga qay darajada ta'sir etgani, shuningdek, o'simlik
hosil elementlari qanday shakllanayotgani, mevalarining konus va yaruslari
bo'yicha joylashish hususiyatlari va boshoqlar shakllanishi, qayta variantlardagi
o'simliklarning sermahsul ichki konuslarida saqlanib qolishini ta'minlayotganini
ko'rsatib berish darkor va h.k.
O'simlik va ularsiz, sug'oriladigan va sug'orilmaydigan, shuningdek, o'simlikli
yopiq, sug'oriladigan maydonlarda barcha agrotehnik tadbirlar (sug'orish,
oziqlantirish, qator orasiga ishlov berish va begona o'tlarni chopiq qilish)
bajariladi. Bu tadbirlarni o'tkazish muddati va ularning turi huddi atrofdagi
ho'jalikdagi kabi.
Sho'rlanish darajasi bir hil bo'lgan va sho'rsizlantirilgan fonlarda joylashgan
agrotehnik tajribalarda namunalar nihollar ko'ringanda bahorda va kuzda (aprel va
oktyabr) olinadi. Sho'rlanish bir tekis bo'lmaganda uning darajasi aniqlanadi va
sho'rlanishning o'simliklarga ta'siri ko'zga tashlanganda, ya'ni birinchi suvdan oldin
ham namunalar olinadi.
Kichik maydonli va ayniqsa, majmuiy tajribalarda variantlar o'lchami 60100
m
2
bo'lishi, ularda barcha agrotehnik tadbirlarni mehanizmlar yordamida bajarish
ko'zda tutilish zarur. Variantlar kengligi traktor seyalkasining ikki kirishi mumkin
bo'lgan kenglikdan kam bo'lmasligi kerak. Kichik maydonli majmuiy tajribalarda
ularning takrorlanishi 6 ta va undan ham ko'proq bo'lishi, aksincha, ishlab
chiqarish tajribalarida 3 tagacha kamaytirilgani ma'qul.
Ishlab chiqarish tajribalaridan tashqari hamma tajribalarda mutloq nazorat,
ya'ni o'g'it solinmagan variant va shuningdek, o'rganilayotgan omil uchun ham
nazorat ko'zda tutilishi zarur. Ba'zi hollarda ishlab chiqarish maydonlarida ham
o'g'itlanmagan nazorat bo'lgani ma'qul.
Ildiz mevali dorivor o‘simliklar bo'yicha agrotehnik tajriba o'tkazishda har bir
variant maydoni 100 m
2
300m
2
gacha bo'lishi mumkin. Bunda takrorlanishlar soni
to'rttadan kam bo'lmasligi lozim. Agar variantlar maydoni 300m
2
dan ortiq bo'lsa,
tajribani 3 takror o'tkazish, ishlab chiqarish tajribalarini, ulardagi variant maydoni
bir gektardan kam bo'lsa, ikki takrorlashda, bir gektar yoki undan ko'p bo'lsa, bir
takrorlashda o'tkazilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |