TOPSHIRIQ
1.
O‘simlik resurslarini o‘rganish.
2.
O‘simlik resurslarini o‘rganish bo‘yicha tajribalar rejalashtirish
usullarini o‘rganish
TOPSHIRIQNI BAJARISH UCHUN KO’RSATMALAR:
1.O‟simlik resurslarini o‟rganish.
O‗zbekistonda 4150 atrofida o‗simliklar turlari uchraydi. O‗sadigan yovvoyi
o‗simliklarni 700 ga yaqin turi dorivor hisoblanadi.
O‗zbekiston florasi o‗simliklar olamida alohida o‗ziga xos o‗rin egallaydi.
O‗simliklarni har xil turlarini aniqlash, ishlatilayotgan o‗simliklarni areallarini va
zahiralarini aniqlab terib, yig‗ib olish uchun tavsiyalar berish fani resursshunoslik fani
deb yuritiladi. Resursshunoslik – fransuz so‗zi bo‗lib, zahira (zapas) ma‘nosini
anglatadi.
Dorivor o‗simliklarni o‗rganish, ularni foydali xossalarini aniqlash botanik -
sistematiklar va geobotaniklar tomonidan olib borilgan. Asta sekin, dorivor yoki foyda li
o‗simliklarni o‗rganish rivojlana borib, botanikani mustaqil bo‗limi – ―Resursshunoslik‖
hosil bo‗lgan.
Geobotanika, botanika fanini bir tarmog‗i bo‗lib o‗simliklarni soobщestvasini
(jamoasini) –fitotsinozlarni tuzilishi, tarqalishi, tarkibi va er, ob-havo va boshqa
sharoitlar bilan bog‗liqligini o‗rganadi.
Botanik resursshunosligi oldida turgan asosiy masalalar, tabiiy boylik – dorivor
o‗simliklarni va umuman foydali o‗simliklarni turlarini aniqlash, chuqur o‗rganish va
unumli foydalanish uchun uslubiy tavsiyalar berish.
Resursshunoslar boshlashidan oldin bajariladigan ishlari, ularni unumli ish olib
borishiga asos bo‗ladi. Resursshunoslik, foydali o‗simliklardan foydalanish bilan bir
qatorda, tabiatni muhofaza qilish, o‗simliklarni ekologiyasini o‗rganish, kamayib
borayotgan o‗simliklarni ekib o‗stirish masalalarida tavsiyalar berishi lozim.
Yirik botanik olimlarni fikri va xulosasiga binoan botanik resursshunosligi oldida
quyidagi asosiy masalalar yotadi:
- yovvoyi holatda o‗sadigan foydali (dorivor) o‗simliklar orasidan eng istiqbolli,
to‗la-to‗kis o‗rganilgan va hozirgi zamon talablariga (tarkibi va ishlatilishi) javob
beradigan o‗simliklarni ajratib olishdir;
- yig‗ib olishga mo‗ljallangan o‗simlik turlarini areali (tarqalgan erlari),
populyasiyasini soni (tarqalgan erdagi miqdori), zahirasini turg‗unligi, miqdorini
etarliligi, tiklanish xossasi, ta‘sir etuvchi biofaol moddalarni mavjudligi, o‗simlik
o‗sadigan joylarga etib borish imkoniyati, katta ko‗chalarga (transport yuradigan)
yaqinligi va boshqa bir qator talablar qo‗yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |