DORIVOR O‟SIMLIKLARDA ILMIY IZLANISH ASOSLARI
97
sanoat miqyosida ishlab chiqarish ehtiyojini qondiraolmaydiganlar (yapon soforasi,
do‗lana turlari, arslonquyruq, adonis turlari).
Ayrim o‗simlik turlarini himoya qilishni eng ishonchli, samarali usullaridan
biri, o‗simliklar urug‗lari bankini yaratish bo‗lib, o‗simlikni toza genetik materiali
saqlanib, u ilmiy va amaliy maqsadlar uchun foydalaniladi.
Dorivor o‗simlik mahsuloti sifatiga va uni hosildorligiga antropogen
faktorlarni ta‘siri biosferani tarkibi va rejimini o‗zgartirishga ta‘sir qiladigan asosiy
antropogenlarga quyidagilar kiradi:
-
havoga sanoat chiqindilarini chiqarib ifloslantirish, sanoat axlatlari va
boshqa tashlab yuboradigan chiqindilar.
-
sug‗orish tizimi, sug‗orish, erlarni haydash va maydonlarni suvga bo‗ktirish,
haddan tashqari chorvachilk hayvonlarini boqish, o‗tlarni yig‗ish, daraxtlarni
kesish va olib ketish;
-
maydonlarda qurilish ishlarini olib borish, transport yo‗llarini qurilishi;
-
shovqin-suron, elektromagnit ta‘siri, radiatsiya fonini ortishi;
-
ommaviy dam olishni tashkil qilinishi va bular ta‘sirida erni tepkilab,
zichlantirib va bulg‗otib, ayrim joylarda yong‗inlar uyushtirilishi;
-
ko‗plab o‗simliklarni terib ketish va hayvoylarni o‗ldirish, shu jumladan
kommersiya maqsadida (brakonerstva).
-
bu ta‘sir qiladigan faktorlarni shartli ravishda 2 ga bo‗lish mumkin,
to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘sir qiladigan (bevosita), bilvosita (kosvenno).
-
to‗g‗ridan-to‗g‗ri (bevosita) ta‘sirga (yig‗ish, yo‗q qilish) uchastka biosferasi
holatiga ta‘sir qiladi (to‗g‗ridan-to‗g‗ri).
-
insonlarni biosferaga kosvenno ta‘siri, ayrim hollarda kim va qachon ta‘sir
qilganini vaqt o‗tib ketgani tufayli aniqlash qiyin bo‗ladi va yomon oqibatlrga olib
kelishi mumkin.
-
tabiiy muhitga eng ko‗p ta‘sir qiladigan, shu jumladan dorivor o‗simliklarga
ham – bu texnogen faktorlardir.
Dorivor o‗simliklarni ifloslanishini o‗rganishni dolzarbligi shundaki,
zaralangan dorivor o‗simliklar inson organizmiga tushadigan biofaol modda bilan
bir vaqtda zaharli moddalarni manbaasiga aylanib qolishi mumkin. og‗ir metallar,
politsiklik aromatik uglevodorodlar, ftoridlar, mishyak, radionukleidlar, uy
chiqindilari, foydali qazilmalar, rangli va qora metallurgiya, mashinasozlik, elektr
energiya ishlab chiqarish. pestitsidlar, nitratlar va nitritlar o‗simlik to‗qimalarida,
qishloq xo‗jalik zararkunandalariga har xil kimyoviy reaktivlarni qo‗llash
natijasida to‗planadi.
Dorivor o‗simlik mahsulotlari sifatini reglamentirovat qilinayotganda,
ksenobiotiklar (pestitsidlar, nitrat va nitritlar va x.o.) va og‗ir metallar mutlaqo
mahsulot tarkibida bo‗lmasligi kerak.
Og‗ir metallar deb atom massasi 40 dan ortiq va atom nomeri 20 dan ortiqlari
aytiladi. ularni reaksiyaga tez va oson kirishib ketishi va kompleks hosil qilishi,
yuqori biokimyoviy va fiziologik faolligi bilan ajralib turadi. o‗simliklar tarkibida
og‗ir metallarni, ayniqsa pb, cd, hg bo‗lishi, antropogen ta‘sirlarni natijasi deb
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |