DORIVOR O‟SIMLIKLARDA ILMIY IZLANISH ASOSLARI
73
Birinchi bosqich – o‗simlik turlari kolleksiyasini o‗rganish.
U o‗rganilayotgan boshlang‗ich materialni yig‗ilgan momentdan (vaqtdan) eng
istiqbolli turlarini ajratib olib, kelajakda chuqur (detalno) ilmiy-tekshirish ishlarini
olib borishgacha bo‗lgan masalalarni o‗z ichiga oladi. Tadqiqot ob‘ektlari qaysi
korsatkichlar (kriteriya) bo‗yicha aniqlanib tanlanadi?
Tadqiqotlar ob‘ektlari 3 kategoriya o‗simliklari bo‗lishi mumkin;
CHuqur kimyoviy yoki klinik sinovlardan o‗tayotgan, dori shakllari ishlab
chiqilgan yangi istiqbolli o‗simlik turlari.
Tabiiy zahirasi kamayib ketgan, ishlatishga ruxsat etilgan dorivor o‗simliklar.
Horijiy preparatlarni bizda ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yilgan, chet ellarda
o‗sadigan o‗simlik turlari.
Ob‘ekt tanlashda o‗simlik sistematikasidagi ma‘lumotlar (o‗simlikni yaqin
turlarini bor yoki yo‗qligi), kimyoviy o‗zgaruvchanligi, uni o‗rganilganlik darajasi,
qachonki u o‗simlikni o‗simliklar jamiyati (rastitelnoe soobщestvo)dagi o‗rni, o‗sish
joyining ekologiyasi va boshqalar ham e‘tiborga olinadi.
Masalan cho‗l va qirlardagi o‗simliklarni O‗zbekistonni shimoliy mintaqalaridan
hisoblangan viloyatlarda o‗stirish imkoniyati (sharoiti) kam. Demak ob‘ektlarni
tanlashda o‗simlikni tabiiy ekologik sharoiti bilan ekiladigan joyni o‗xshashlik
darajasini hisobga olish zarur bo‗ladi.
Oldindan ob‘ekt tanlangandan keyin boshlang‗ich materialni (o‗simlikni urug‗i,
vegetativ organi) yig‗iladi. Bu ikki xil yo‗l bilan amalga oshiriladi: ekspeditsiyalar
vaqtida materialni yig‗ish va ekiladigan materialni botanika bog‗laridan yozdirib olish
yo‗li. So‗ngi yo‗l oson bo‗lgani bilan, qo‗shimcha o‗simlikni identifikatsyai qilish
(o‗simlikni gullashi va meva tugishi davrida) bilan bog‗liq ishlarni bajarishga to‗g‗ri
keladi. Ko‗pincha shuning uchun eng maqsadga muvofiq to‗g‗ri yo‗l birinchi yo‗l
bo‗lib, qachonki tadqiqotchi tadqiqot ob‘ektini o‗sib turgan joyida ko‗radi va yig‗adi.
Yig‗ganda ham (ob‘ekt) o‗simlikning eng hosildorini tanlab yaxshi urug‗larni va ekish
materialini yig‗ib oladi.
Aniq bir misol qilib, ob‘ektni tanlashda (Phlojodicarpus sibiricus)ni quyidagilarn
aniqlandi. Ma‘lumki ushbu o‗simlikni ildiz va ildizpoyasi kumarin saqlovchi mahsulot
sifatida qo‗llaniladi. O‗simlikni eng kattalari CHita viloyatida o‗sar ekan. Tahlil
uchun oldinda 6 (senopopulyasiy) xil joydan olingan o‗simlik mahsuloti tekshirildi.
Quyidagilar hisobga olindi: urug‗ni hosildorligi (bir generativ shoxdagi urug‗lar soni)
100 ta urug‗ni massasi, bir o‗simlikni qurigan ildizini massasi va qurigan 1 ta o‗simlik
ildizidagi kumarinlarni foiz miqdori (quruq mahsulot massasiga nisbatan). Har bir
ko‗rsatgich bo‗yicha o‗simliklar ko‗rsatgichlar miqdori bo‗yicha gruppalarga (klass)
bo‗lindi. Ko‗rsatgichlar har birida turlichaligi aniqlandi, masalan kumarinlarni
miqdori 1,5%dan 11,5% gacha ekanligi aniqlandi. SHuning uchun bir vaqtni o‗zida
hamma ko‗rsatgichlar bo‗yicha eng yuqori hosildorligini oddiygina tanlash bilan olib
bo‗lmasligi ma‘lum bo‗ldi. SHuning uchun, introduksiya uchun o‗simliklar ichidan
ko‗rsatgichlari o‗rtacha yaqinlari tanlandi.
Yig‗ilgandan keyin ekish uchun materialni sifati: morfologik tomondan,
laboratoriyada va erdagi unib chiqishi, unib chiqish tezligi va energiyasi va boshqalar
aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |