DORIVOR O‟SIMLIKLARDA ILMIY IZLANISH ASOSLARI
67
mumkin bo‗lmagan tadqiqotlar olib boriladi. Masalan o‗simlik va tuproqning
kimyoviy tarkibi, ichki tuzilishi, urug‗ va tola sifat ko‗rsatkichlari bunga misol bo‗la
oladi. Qishloq xo‗jalik ekinlar hosildorligini oshirish, tuproq unumdorligini saqlash va
oshirish, maxsulot sifatini yaxshilashda laboratoriya eksprimentlariga asoslanib ish
yuritish g‗oyat muxim. Eksprimentlarni to‗g‗ri va sifatli amalga oshirish xar bir
agrotexnik tadbirni ilmiy asosda o‗tkazish, ekologik muvozanatni saqlash, miineral
o‗g‗itlar samaradorligini oshirish, hosildorligini dasturlash imkonini beradi.
Laboratoriya eksprimentlarini tashkil etish. Laboratoriya eksprementlarini tashkil
etish va to‗g‗ri bajarilishi uchun ma‘lum bir standart talablar va shart sharoitlar
bo‗lishi lozim. Eksprimentlarni bajarish uchun eng avvalo o‗rganilayotgan obyekt,
ya‘ni variantlar bo‗yicha daladan keltirilgan qishloq xo‗jaligi mahsulotlaridan
na‘munalari bo‗lishi lozim. O‗rganilayongan mahsulotlar na‘munalari har bir
variantning xisob (uchet) maydonidan olinishi va tipikligi bilan ajralib turishi lozim.
Ekspriment uchun na‘munalar laboratoriya analizlari uchun yetarli miqdorda olinadi.
Masalan rivojlanishning dastlabki fazalarida mahsulot kuruk massasining kamligini
xisobga olgan holda namunalar ko‗proq o‗simlikdan (10-15), keyingi fazalarda
kamroq o‗simlikdan (2-3) olinadi. Olingan na‘munalar eksprimentga to‗g‗ri
tayyorlanishi lozim, bunda na‘munalarni to‗g‗ri saqlanishiga aloxida e‘tibor beriladi.
Mahsulot na‘munalari maxsus xonalarda, salqin joyda saqlanib ko‗yib kuritiladi.
Na‘munalarni qattiq kurib ketishi, o‗simlik barglarini sarg‗ayib, kovjirab ketishiga
yo‗l ko‗yilmaydi.O‗simlik na‘munalari kuritilganda o‗simlikning barg va shonalari
tabiiy yashil rangini saqlashi maqsadga muvofiq. Tuproq na‘munalari havoning nisbiy
namligi normal bo‗lgan kuruq joylarda saqlanishi maqsadga muvofiq. Ekspriment
natijalari shuningdek laboratoriya xonalarining zarur laboratoriya jixozlari bilan
yetarli darajada jixozlanishiga bog‗liq.
Har bir laboratoriyada maxsus laboratoriya daftari bshladi. Bu daftarga g‗ar bir
o‗tkazilgan laboratoriya eksprimentning natijalari o‗z vaqtida yozib boriladi.
Ma‘lumotlar laboratoriya daftariga oddiy qora qalamda yozilishi lozim.
Laboratoriya eksprimenti turlari va klassifikatsiyasi. Eksprimentlar o‗zining
mazmuni, yo‗nalishi, o‗rganilayotgan obyekt va boshqalarga ko‗ra turlicha bo‗lishi
mumkin.O‗rganilayotgan obyektga ko‗ra :
-
mahsulot bilan bog‗liq eksproimentlar;
-
xona harorati va namligi bilan bilan bog‗liq eksprimentlarbo‗lishi mumkin.
Shuningdek dalada, ochiq xududda olib boriladigan va yopiq xududlarda , ya‘ni
laboratoriya sharoitida olib boriladigan eksprimentlarga ajraladi. Mahsulot bilan
bog‗liq eksprimentlarda asosiy obyekt, mahsulot saqlanayotgan joylarda esa unga
ta‘sir etuvchi omillar bo‗ladi.roq bo‗ladi.
Laboratoriya eksprimentlari ham o‗z navbatida:
1.kimyoviy;
2.fizikaviy;
3. fiziologik;
4.biokimyoviy;
5. mahsulot sifati bilan bog‗liq;
6. meva yoki sabzavot sifati bilan bog‗liq;
Do'stlaringiz bilan baham: |