Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

6.5. Globus bilan ishlash 
Globus  karta  oldida  talay  qulayliklarga  ega.  Unda  obyektlar  orasidagi 
masofalar  to‘g‘ri  aks  ettirilgan  bo‘ladi.  Masshtab,  burchaklar,  maydonlar  hamma 
yo‘nalishlarda  bir  xil  bo‘ladi.  Ana  shu  xususiyatlarni  e’tiborga  olib,  kartani 
o‘rganishning  dastlabki  bosqichlarida  globus  bilan  kartani  o‘rganishni  birga 
qo‘shib olib borish lozim. 
Globussiz  o‘quvchilarda  keng  ko‘lamli  tasavvurlar  hosil  qilish  qiyin.  Qutb, 
ekvator,  paralellar,  meridian,  kenglik,  uzunlik,  gradus  to‘ri  tushunchalarini 
globussiz  o‘quvchilar  ongiga  yetkazish  ancha  mushkul.  Globus  yordamida 
masofani aniqlash borasida turli mashqlar bajarish mumkin. Globusdan yer sharida 
vulqonlarning  joylashishi,  dunyo  okeani  va  uning  qismlari,  suv  ko‘tarilishi  va 
qaytishi, yerning issiqlik mintaqalari kabi ko‘plab mavzularni o‘rganishda unumli 
foydalanish  lozim.  Tabiiy  geografiya  darslarida  quyidagi  bilimlarni  globussiz 
o‘rganish qiyin. Yerning umumiy ko‘rinishi, Yerning shar shaklidaligini isbotlash, 
yuqoriga  ko‘tarilgan  sari  ufqning  kengayishi,  tog‘  tizmalarining  balandligi,  yer 
shari  kattaligi,  shimoliy  va  janubiy,  g‘arbiy  va  sharqiy  yarim  sharlar,  gradus  turi, 
gorizont tomonlari, quyosh nurlarining qiyaligi va tushish burchagi, tropiklar, qutb 
doirasi,  yer  sharining  issiqlik  mintaqalari,  yerning  sutkalik  va  yillik  harakati,  yer 
o‘qining  orbita  tekisligiga  qiyaligi,  yil  fasllari,  globusda,  joyda,  kartada  mo‘ljal 
olish, dengiz oqimlari, dunyo bo‘ylab sayohatlar, havo yo‘llari, masshtab, globusda 
masofalarni aniqlash, atmosfera, gidrosfera, mahalliy mintaqa vaqti, yerning ichki 
tuzilishi,  globusda  materiklarning  joylashishi  va  h.k.  Makteriklar  va  okeanlar 
kursida  passatlar,  tabiat  zonalari,  iqlim  mintaqalarini  ham  globussiz  o‘rganish 
birmuncha qiyin. Yuqori sinflarda globusdan doimiy foydalanilmasdan davlatlarni 
o‘rganishda,  avvalo,  uni  globusdan  ko‘rsatib  keyin  kartadan  ko‘rsatish  yaxshi 
natija  beradi.  Tajribalar  shuni  ko‘rsatadiki,  globusdan  materiklar  va  okeanlar 


147 
 
geografiyasini o‘rganishda juda kam ishlatiladi. Bu juda katta xatodir. Globus yer 
yuzidagi  bir-biridan  uzoqda  joylashgan  punktlar  orasidagi  masofalarni  aniqlashda 
hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydigan vositadir.  Globusning  ahamiyati butun 
geografiya  ta’limi  jarayonida  saqlanib  qolishi  kerak.  Bunga  rioya  qilmaydiganlar 
katta  xatolarga  yo‘l  qo‘yadilar.  Yer  yuzining  ikki  nuqtasi  orasidagi  eng  qisqa 
masofa ortodramiya deyiladi. Topish uchun globus yuzasiga (2 ta nuqta orasiga) ip 
tortib, shu ip bo‘lagini o‘lchash kerak. Olingan uzunlikni (ipni) globus masshtabiga 
ko‘paytirish kifoya. Kartada esa 2 nuqta orasidagi eng qisqa masofa to‘g‘ri chiziq 
emas. Balki egri chiziq bo‘ladi.  
Ortodramiyani  globusda  aniq  masshtab  bilan  o‘lchansa,  kartada  murakkab 
formulalar  bilan  hisoblab  topilishi  amalga  oshiriladi.  Ortodramiyani  globusdan 
kartaga  ko‘chirish  bo‘yicha  mashqlar  bajarilsa,  o‘quvchilarni  kartagrafik 
proeksiyalar  tushunchasi  bilan  tushuntirish  imkoniyatiga  ega  bo‘linadi.  Buning 
uchun  globus  va  kartalarda  bir  xil  va  turli  xil  nuqtalar  orasidagi  masofalarni 
o‘chirib bir-biriga qiyoslanadi. Globus bilan kartani taqqoslash tufayli o‘quvchilar 
globusda hududning mashtabi, shakli, maydoni birday to‘g‘ri tasvirlanganligini o‘z 
ko‘zlari  bilan  ko‘radilar.  Geografik  o‘rin  tushunchasini  sayyoraviy  nuqtayi 
nazardan olib qaraganda globussiz o‘quvchilar ongiga yetkazish qiyin.Yer sharida 
mamlakatlarning  butun  yer  shariga  va  dengiz  yo‘llariga  nisbatan  holatini  ham 
globussiz  o‘quvchilarga  to‘laqonli  yetkazish  amri  mahol.  Ayniqsa  iqlim  hosil 
bo‘lish  omillari,  tuproq-o‘simlik  zaxiralarining  hosil  bo‘lishi  jarayonlarini 
geografik  o‘rin  bilan  bog‘lab  tushuntirish  katta  ahamiyatga  ega.  Buni  globussiz 
amalga oshirib bo‘lmaydi. 
Shu  tufayli  undan  barcha  sinflarda  foydalanish  geografiya  ta’limi 
samaradorligini oshirishda nihoyatda foydali.  

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish