12.2. Kurs materiallarini o‘rganish metodlari
O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursida geografik qonuniyatlar oldingi
kurslarga nisbatan ancha chuqurroq o‘rganiladi. Binobarin, bunda xilma-xil
metodlardan, usullardan va vositalardan foydalanish kerak. Darslarda tadbiq
etiladigan metod va usullar, o‘rganiladigan mavzuning mazmuni, o‘quvchilarning
bilim doirasi va maktabdagi o‘quv moddiy bazalarning mavjudligiga qarab
belgilanadi.
«Kirish» mavzusida asosiy e’tibor O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va
boyliklarini o‘rganishning ahamiyatini yoritishga qaratilmog‘i lozim. Bu dars
suhbat metodi va hikoya usulida o‘rganiladi.
«O‘zbekistonning geografik o‘rni va chegaralari» mavzusi o‘quvchilarning
ilgari olgan umumiy tushunchalariga asoslanib kartalarda olib boriladigan mustaqil
ishlar asosida suhbat yo‘li bilan o‘rganiladi.
«Kartalar va ular bilan ishlash» mavzusi o‘rganilar ekan, o‘quvchilar
topografik kartaga oid bilimlarni yanada rivojlantirish maqsadida yirik masshtabli
kartalarni kichik masshtabli kartalar bilan solishtirib, ulardagi turli joylar (obyekt)
va hodisalarning masshtab asosida tasvirlanishini aniqlaydilar, kartalarda masofani
o‘lchash usuliga oid amaliy ishlar bajaradilar. Kartaga qarab izogips (gorizontal)lar
bilan yer yuzasini tasvirlash va profil chizish ishlarini bajaradilar.
«O‘zbekiston hududlari, relyefi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari»
mavzusi ancha murakkab. Bunda o‘quvchilar ilgari noma’lum bo‘lgan yangi
masalalar bilan shug‘ullanadilar. O‘quvchi materiallarni og‘zaki bayon etadi va
270
ular haqida sinf doskasiga tegishli jadval (geografik yilnoma), sxemalar chizadi,
tektonik karta, maketlardan ko‘rsatib boradi. Namunalarga qarab, tog‘ jinslari
tarkibi aniqlanadi.
«O‘zbekistonning iqlim sharoiti» mavzusi o‘rganilayotganda kuzatilgan ob-
havo ma’lumotlariga suyanib ish ko‘rmoq kerak.
O‘zbekiston iqlimiga umumiy ta’rif berish iqlimni hosil qiluvchi omillarni
(geografik kenglik, quyosh radiatsiyasi, suv va quruqlikning taqsimlanishi, yer
yuzasi, havo massalari va ularning ta’siri) o‘rganishdan boshlanadi. Atmosfera
sirkulyatsiyasiga taalluqli ma’lumotlar (siklon va antisiklon) aniq misollar asosida
o‘zlashtirilishi lozim. Temperatura amplitudasining o‘zgarishi bilan yillik o‘rtacha
yog‘in miqdorining o‘zgarishini solishtirish natijasida o‘quvchilar O‘zbekiston
hududlarining katta qismining iqlimi kontinental iqlim bo‘lib, kontinentallik
g‘arbdan sharqqa tomon ortib boradi, degan xulosaga keladilar.
Mazkur mavzuda o‘quvchilar iqlim kartasi va diagrammalarni tahlil qiladilar.
O‘quvchilar kartaga qarab, yalpi radiatsiya, bug‘lanish miqdori, turli joylardagi
namlanish koeffitsientini aniqlash mashqlarini bajaradilar.
«O‘zbekistonning ichki suvlari» mavzusini puxta va ongli o‘zlashtirish uchun
o‘quvchilar o‘zlari yashab turgan joydagi daryo yoki anhor suvlarini (oqim
xususiyati, daryo rejimi, suv sarfi, yillik oqim va boshqalarni) kuzatib borishlari
lozim. Ichki suvlarni o‘rganishda O‘zbekiston yirik daryolari, sug‘orish kanallari,
suv omborlarini kartadan aniqlashlari kerak.
«O‘zbekistonning tabiat zonalari» mavzusi tabiat zonalarini yer shari bo‘yicha
taqsimlanishini takrorlashdan boshlash kerak. Bu mavzuda tuproq ularning hosil
bo‘lish va rivojlanish sharoiti, ayrim tuproq tiplari haqidagi ma’lumotlar
chuqurlashtiriladi. Zonalardagi o‘simliklarning xususiyati va ularning ahamiyatiga
to‘xtab o‘tiladi. Har qaysi tabiat zonasi quyidagi reja asosida o‘rganiladi: zonaning
geografik o‘rni, iqlim xususiyati, tuproq tiplari, o‘simliklarning xususiyati va
ularning asosiy vakillari, hayvonoti va asosiy vakillari, tabiiy resurslari, inson
faoliyati bilan tabiatning o‘zgarishini o‘rganish.
Yirik hududlar va ular doirasidagi tabiiy komplekslarga xarakteristika
berishda asosiy e’tibor mazkur hudud xususiyatini aks ettiruvchi, hududga xos
bo‘lgan ma’lumotlar va o‘zaro bog‘lanishlarga qaratiladi. O‘quvchilar yirik
huddudlar tabiatining o‘ziga xos xususiyatlarini va uning vujudga kelish
sabablarini bilishlari shart.
Bu bo‘limda o‘qituvchining hikoyasi, tushuntirishi va suhbat metodidan
umumiy obzorga nisbatan ko‘proq foydalanish qo‘l keladi. Suhbat metodi:
a) o‘rganilayotgan hududning tabiiy xususiyatlarini belgilayotgan paytda
o‘quvchilarning O‘zbekiston umumiy tabiiy geografik obzoriga oid bilimlaridan
foydalanishda;
271
b) hududlarning tabiatini o‘z o‘lkasi tabiati bilan qiyoslab o‘rganishda;
v)
tabiiy
sharoiti
va tabiiy
boyliklaridan
xo‘jalikda foydalanish
imkoniyatlarini aniqlashda;
g) hudud tabiatiga oid faktik ma’lumotlarni kartadan aniqlashda;
d) ko‘rsatmali qo‘llanma har xil illustrasiyalar, devoriy rasmlar, diafilm,
kinofilm, tog‘ jinslari namunalari va gerbariylardan foydalanishda juda katta
imkoniyatlarni vujudga keltiradi.
O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursidagi har bir yirik bo‘lim o‘rganib
bo‘lingach, yakunlovchi darslar o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.
O‘zbekiston tabiiy geografiyasi kursini o‘rganishda O‘zbekistonning tabiiy,
siyosiy-ma’muriy, geologik, tektonik, iqlim, tuproq, o‘simlik zonalari devoriy
kartalaridan, O‘zbekistonning tabiiy geografik hududlari umumgeografik
kartalaridan, turli mazmundagi kartalardan foydalaniladi. Shuningdek, o‘quvchilar
«O‘zbekiston tabiiy geografiyasi atlasi», darslikka ilova qilingan kartalar hamda
yozuvsiz kartalardan foydalaniladilar. Shular bilan birga, mavzularga oid diafilm,
diapozitiv, kinolavha, fotografiya, sxema, grafik, tog‘ jinslari namunalari, foydali
qazilma namunalari, gerbariylar kabi o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
O‘zbekiston tabiiy geografiyasining asosiy vazifasi – o‘quvchilarga o‘z
respublikasining tabiati haqida tasavvur va tushunchalar berish, respublika
tabiatining o‘ziga xos xususiyatlari, tabiiy boyliklari va ulardan xalq xo‘jaligida
foydalanish imkoniyatlari haqida bilim berishdan iborat.
O‘zbekiston tabiiy geografiyasining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati katta.
Respublikamiz tabiiy sharoitini o‘rganish bilan o‘quvchilarni tabiiy geografiyaga
oid bilim qamrovi kengayadi, ularda O‘zbekiston tabiati haqida aniq tasavvur
tarkib topadi. O‘quvchilar butun respublika va undan tabiiy hududiy
kompelekslarning tabiat xususiyatlari haqida aniq bilim oladilar. Shuningdek,
O‘zbekiston tabiiy geografiyasini o‘rganish bilan o‘quvchilarda tabiiy geografiya
va kartagrafiyadan ayrim masalalarni hal etishga oid muayyan ko‘nikma va
malakalar rivojlanadi. Bu esa o‘quvchilarni mazkur o‘quv faniga bo‘lgan
qiziqishlarini yanada orttiradi va faoliyatlarini faollashtiradi.
Respublikamiz tabiiy geografiyasini o‘rganish jarayonida topograf, kartagraf,
geolog, mineralog, tuproqshunos kabi kasb egalari haqida fikr yuritiladi, binobarin,
geografiya bilan bog‘liq bo‘lgan mutaxassisliklarga o‘quvchilarda qiziqish ortadi.
O‘zbekiston tabiiy geografiyasi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga
munosib hissa qo‘shadi. O‘quvchilar o‘lkamizning maftunkor tabiati, tabiiy
boyliklari va ulardan xalq faravonligi uchun foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish
bilan birga tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish va uni muhofaza etishga oid
muayyan tarbiya oladilar.
272
O‘zbekiston tabiiy geografiyasi ikki qismdan iborat:
1.
O‘zbekistonning tabiiy geografik obzori.
2.
O‘zbekiston tabiiy geografik rayonlarining tabiiy sharoiti.
«O‘zbekistonning tabiiy geografik obzori» O‘zbekistonning geografik o‘rni,
kattaligi va chegaralari, aholisi va ma’muriy kartasini o‘rganishdan boshlanadi.
O‘zbekiston tabiiy geografiyasiga umumiy tabiat komponentlari (relyefi, geologik
tuzilishi va foydali qazilmalari, iqlim sharoiti, suvlari, tuprog‘i va tabiat
mintaqalari) bo‘yicha xarakteristika beriladi.
«O‘zbekistonning relyefi, geologik tuzilishi va foydali qazilmalari» mavzusida
respublika relyefining o‘ziga xos xususiyatlari, yer yuzasi xilma-xilligi (tekislik,
tog‘ va vodiylar) sabablari yoritiladi, tog‘ paydo bo‘lishi haqidagi o‘quvchilar
tushunchalari oydinlashtiriladi, zilzilalar haqida yangi xususiy tushunchalar
beriladi. «O‘zbekistonning iqlimi» mavzusida respublikaning iqlim xususiyatlari
va uning tarkib topishiga ta’sir etuvchi omillarga xarkteristika beriladi, yil
fasllarining o‘ziga xos belgilari yoritiladi. «O‘zbekistonning suvlari» mavzusida
o‘quvchilar daryo, sug‘orish kanallari, ko‘l va suv omborlarining xususiyati va
rejimi bilan tanishadilar. «O‘zbekistonning tuprog‘i va tabiat mintaqalari» mavzusi
respublikamiz hududlaridagi tabiat zonalari va balandlik mintaqalarining joylanish
qonuniyatlari, tabiiy boyliklar va tabiatni muhofaza qilish haqidagi ma’lumotlarni
o‘z ichiga oladi.
«O‘zbekiston tabiiy geografik rayonlarining tabiiy sharoiti» bo‘limida
o‘quvchilar har bir tabiiy geografik rayonni, shuningdek, o‘zi yashab turgan joyni
o‘rganadilar. Har bir tabiiy geografik rayonda tabiat komponentlarining o‘ziga xos
xususiyatlari, komponentlarining o‘zaro aloqadorligini yoritishga alohida e’tibor
beriladi. Shuningdek, bu bo‘limda tabiiy geografik rayonning tabiiy resurslari va
ulardan foydalanish imkoniyatlari, tabiatni muhofaza qilishga oid ko‘rilayotgan
tadbirlar yoritiladi. O‘zbekiston tabiiy geografiyasini o‘rganishda xilma-xil ta’lim
metodlari va vositalari tatbiq etiladi. Mavzu (materiallar)ni o‘zlashtirishda
o‘quvchilarning mustaqil ishlariga yetarli e’tibor berish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |