10.2. Kurs materiallarini o‘rganish metodlari
Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursida umumiy tushunchalar asosiy o‘rinni
egallaydi. Umumiy tushunchadagi obyekt va hodisalarning asosiy qismi (yer
yuzasining turli shakllari, daryo, ariq, yerosti suvlari, atmosfera hodisalari, nurash)
maktab atrofidagi tabiatda uchraydi. Mazkur kursda o‘quvchilar tabiat obyektlari
va hodisalarini kuzatishga oid muayyan amaliy ko‘nikma va malakalarni
egallaydilar.
Tabiiy goegrafiya boshlang‘ich kursidagi yangi bilim va ma’lumotlarni
o‘rganishda ko‘proq suhbat bilan og‘zaki bayon metodlaridan va turli mazmundagi
o‘quv qurollaridan foydalanish zarur. Boshlang‘ich kursning «Kirish» darsida
o‘qituvchi o‘quvchilar bilan tanishgach, geografiya darsi uchun talab etiladigan
o‘quv qurollari (geografiya darsligi, katak daftar, atlas, yozuvsiz karta, rangli
qalam) va ulardan foydalanish yo‘llarini tushuntiradi. Bu darsda tabiiy geografiya
nimalarni o‘rganishi haqida gap borar ekan, fanga o‘quvchilar havasini ortirishga
alohida e’tibor berish kerak. Ikkinchi dars hikoya usuli va suhbat metodidan
foydalanib, turli illustrasiyalar asosida Klavdiy Ptolemey, Muhammad Xorazmiy,
Abu Rayhon Beruniy, Zahriddin Bobur, Xristofor Kolumb, Fernando Magellan,
N.M.Prjevalskiylar haqida ma’lumot beriladi, hozirgi zamon geografik
kashfiyotlari va tadqiqotlari ob-havoni kuzatish yo‘llari, fenologik kuzatish turlari
va tamoyillari ham mahalliy sharoit misolida o‘rgatiladi.
258
O‘quvchilar o‘quv yilining dastlabki kunlaridan boshlab ob-havoni kuzatishga
kirishlari lozim. Quyoshning gorizontdan balandligini skafis yoki burchak
o‘lchagich yordamida kuzatish mumkin. Kuzgi ekskursiyaga qadar o‘quvchilarni
ayrim asboblarni (masalan, burchak o‘lchagich, planshet) qo‘lda yasashga
o‘rgatiladi. Kuzgi ekskursiya joyning yer yuzasi tuzilishi, tog‘ jinslari va ularning
joylanishi, daryo yoki kanalning kengligi, chuqurligi va tezligini o‘lchash haqida
aniq bilim berish maqsadida o‘tkaziladi. Ekskursiyada o‘quvchilarning mustaqil
ishlashlariga ko‘proq e’tibor berish lozim. Ekskursiyada o‘quvchilar tepa yoki
qirg‘oq balandligini niverlir bilan o‘lchashga o‘rganadilar. Yonbag‘irlarning
qiyaligi eklimetr bilan o‘lchanadi. Ekskursiyaning natijasi yaxshi chiqishini istagan
o‘qituvchi oldindan ekskursiyabop yerni tanlab oladi. O‘quvchilarni ekskursiya
paytida qilinadigan ishlar bilan tanishtirilishi kerak.
«Yerning globus va kartalarda tasvirlanishi», «Globus va geografik karta»
mavzularida bir qancha amaliy ko‘nikma va malakalar hosil qilish kerak bo‘ladi.
Binobarin, o‘qituvchi o‘quvchilarga biron yangi material haqida so‘zlar ekan,
bunda ularning tabiatshunoslik asoslaridan olgan bilim va ko‘nikmalarini e’tiborga
olmog‘i kerak.
Amaliy ishlardan qancha ko‘p foydalanilsa, o‘quvchilar yangi mavzu
bo‘lishiga qaramay, shuncha yaxshi va tez o‘zlashtiradilar. O‘quvchilarda hosil
qilinadigan dastlabki kartagrafik tushunchalar o‘z joyi planini olishdan
boshlanmog‘i lozim. O‘quvchilar o‘z joyining planini chizishga kirishar ekanlar,
bunda o‘qituvchi rahbarlik qilishi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi zarur. Maktab atrofining
plani o‘rganilgach, o‘quvchilarda o‘z shahrini viloyat kartasida, keyin o‘z
viloyatini O‘zbekiston kartasida, O‘zbekistonning esa dunyo kartasida qanday
tasvirlanganligi haqida tasavvur hosil bo‘ladi va ularda haqiqiy kartagrafik
tushunchalar paydo bo‘ladi.
«Yerning
globus
va
kartalarda
tasvirlanishi»
degan
mavzular
o‘rganilayotganda kartagrafik va ta’sviriylik qo‘llanmalaridan ko‘proq foydalanish
lozim. Masalan, yer yuzasini gorizontallar bilan tasvirlanishini tegishli model
yordamida tushuntirilishi va kattaligini, gradus to‘ri, meridian va parallellar,
geografik kenglik va uzunliklarni avval globusda, keyin yarimsharlar, dunyo va
O‘zbekiston Respublikasi kartalarida o‘rganish kerak.
Globus va kartalarda gorizont tomonlarini aniqlash, berilgan nuqtaning
kenglik va uzunligini kartaga tushirish, kenglik va uzunlikni globus va kartalardan
topish, gradus bilan oraliqni o‘lchash tufayli karta bilan ishlash ko‘nikmalari hosil
bo‘ladi.
«Litosfera» mavzusi o‘quvchilarni qiziqtiradigan, ayni vaqtda, ancha
murakkab mavzudir. Bu mavzuda maktab atrofida uchraydigan obyektlarni asli
holatida o‘rganish imkoniyati bor, biroq maktab atrofida uchramaydigan predmet
259
va hodisalarni modellar, manzarali rasmlar, tasvirli o‘quv qurollari yordamida
o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Yerning ichki tuzilishi, uni tadqiq etish usullari,
vulqonlar, tog‘larning paydo bo‘lishi kabi mavzularni badiiy so‘z, sxema,
chizmalar yordamida tushuntirish mumkin. Ammo relyef va yer po‘stini tashkil
etuvchi jinslarni amaliy jihatdan bilib olmoq uchun ekskursiya tashkil etish kerak.
O‘quvchilar ekskursiya paytida relyef shakllari va yer yuzasi qatlamlarining
tuzilishini, undagi jinslarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘radilar.
«Gidrosfera» mavzusidagi dastlabki bilimlar okeanlar haqida bo‘lib, bularni
O‘zbekiston maktablardagi o‘quvchilar bevosita ko‘ra va kuzata olmaydilar.
Okean, okean tagi relyefi, suvining sho‘rligi, dengiz oqimlari haqida so‘zlaganda
turli rasm, diapozitiv, diafilm, sinf doskasiga chizib qo‘yiladigan sxemalarni
ko‘rsatish kerak. Okean qismlari, qirg‘oq chizig‘i to‘g‘risidagi tushunchalarni
geografiya maydonchisidagi sun’iy suv havzasidan ko‘rsatish mumkin,
shuningdek, maktab atrofidagi buloq, quduq, daryo, anhor, ariq, ko‘l yoki suv
omborlari misolida o‘rganish ham maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi dengiz yoki
daryolarni o‘rganish tartibini o‘quvchilar daftariga yozdirib qo‘yishi kerak.
«Atmosfera» mavzusi yuzasidan o‘rganiladigan tushuncha hodisa va
jarayonlar kuzatish yo‘li bilan va zarur meteorologik asboblar bilan ishlash
tufayligina idrok etiladi. Shunday ekan, bu bo‘limda kuzatish va tajriba
metodlaridan ko‘proq foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Suv hamda quruqlikning notekis isishi, yog‘inlarning hosil bo‘lishi tajriba
asosida, atmosfera hodisalarini kuzatish asosida o‘rganiladi. Kuzatilgan
ma’lumotlarni ishlab chiqishda turli mazmundagi iqlim diagrammalari, grafik,
shamol gulini tuzish kabi amaliy ishlar qo‘l keladi.
Meteorologiya stansiyasi va undagi asboblarning ishi, ob-havoni aytish
usullari bilan tanishtirish maqsadida o‘quvchilarni meteorologiya stansiyasiga
ekskursiyaga olib boriladi.
O‘qituvchi o‘quvchilarga ob-havo holatini kuzatib borish vazifasini topshirar
ekan, ahyon-ahyonda kuzatish natijalarini tekshirishi va ularning ishlariga tegishli
baho qo‘yib borishi kerak.
«Geografik qobiq» mavzusini o‘rganishda tabiat zonalarini ifodalovchi
manzarali rasmlar, diafilmlar va kinofilmlardan, ayrim o‘simlik namunalaridan,
ya’ni gerbariylardan keng foydalaniladi.
Bu mavzuni o‘rganishda o‘lka materiallaridan foydalanishning ahamiyati
ayniqsa, katta. Chunki boshqa zonalarning iqlimi, o‘simlik va hayvonot dunyosini,
ularning bir-biriga bo‘lgan ta’sirini o‘z o‘lkasiniki bilan taqqoslab o‘rganadilar.
«Yer shari aholisi» mavzusidagi materiallar asosan hikoya usuli bilan
o‘rganiladi. Yer sharida aholining taqsimlanishini karta-diagrammada tasavvur
260
etiladi. Irqlar haqida gap borar ekan, rangli suratlar, diapozitiv va diafil’mlardan
foydalanish kerak.
Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursida o‘quvchilarga turli rasm va turli
illustrasiyalarni tilga kirituvchi Blis so‘rov berib ularning tabiat hodisalarini
qanchalik bilishlarini, masalan, vulqon otilishi jarayonini yoki buloqning hosil
bo‘lishini, tabiatda suvning aylanib yurishini tushunganliklarini bilib olish
mumkin. Bu usulda so‘rash o‘quvchilar qiziqishini orttiradi. Bundan tashqari,
o‘quvchilar bilimini hisobga olishda ularning turli kuzatish asboblari bilan ishlay
olishlarini ham e’tiborga olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |