Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi


 Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursining mazmun va mohiyati



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

10.1 Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursining mazmun va mohiyati 
Tabiiy  geografiya  boshlang‘ich  kursi  o‘quvchilarning  boshlang‘ich  sinflarda 
tabiatshunoslik asoslaridan olgan bilimlarini kengaytiradi. Tabiiy geografiya kursi 
umumiy yer bilimiga taaluqli ma’lumotlar beradi, o‘quvchilar tabiat komponentlari 
o‘rtasidagi aloqalarni tushunib oladilar. Bu keyingi geografiya kurslarini o‘rganish 
uchun  zamin  yaratadi.  Materiklar  va  okeanlar  geografiyasi  va  O‘zbekiston  tabiiy 
geografiyasi  kurslarida  o‘rganiladigan  materiallarni  ongli  o‘zlashtirilishi  uchun 
zarur  bo‘lgan  asosiy  geografik  tushunchalar,  atamalar,  nomlar,  shuningdek, 
tabiatda ro‘y beradigan hodisa va jarayonlar bilan 5-sinfdayoq tanishib chiqiladi. 
Tabiiy  geografiya  boshlang‘ich  kursining  xususiyati  shundan  iboratki, 
umumiy  geografik  tushunchalar  Yer  qobiqlari  (litosfera,  gidrosfera,  atmosfera  va 
biosfera) asosida o‘rganiladi. Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursida o‘z joyining 
geografik  xususiyatlari,  globus  va  kartalarda  erning  tasviri  to‘g‘risida,  yer  shari 
aholisi,  dunyo  siyosiy  kartasida  O‘zbekiston  va  ayrim  davlatlarning  tutgan  o‘rni 
to‘g‘risida  kartagrafik  tasavvur  ham  beriladi.  O‘quvchilar  boshlang‘ich  tabiiy 
geografiya kursida tevarak atrofdagi landshaft, obyekt va hodisalarning mohiyatini 
aniqlaydilar,  bunda  dunyoda  g‘ayri-tabiiy  narsa  yo‘q  ekanligiga,  dunyoning 
moddiyligiga,  inson  tabiatda  ro‘y  beradigan  hodisa  va  qonuniyatlarni  o‘rganishi 
mumkin ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Geografiyani o‘lka materiallari asosida 
o‘rganish  va  geografiya  faniga  munosib  hissa  qo‘shgan  vatandosh  geograflar 
faoliyati  bilan  tanishib  chiqish  o‘quvchilarni  vatanparvarlik,  milliy  iftixor  ruhida 
tarbiyalashga  olib  keladi.  Tabiiy  geografiya  boshlang‘ich  kursi  o‘quvchilarning 
boshqa  o‘quv  fanlarni  ongli  ravishda  o‘rganishga  tayyorlashda  ham  muhim  o‘rin 
tutadi. 


256 
 
Ayni  vaqtda  6–sinfdagi  tabiiy  geografiya  boshlang‘ich  kursi  boshqa  o‘quv 
fanlarida  egallangan  bilimlarga  ham  tayanadi.  Masalan,  matematika  kursidan 
o‘quvchilarga gradus, burchaklar, masshtab, manfiy va musbat sonlar, protsentlar 
haqida ham ma’lumotlar berilgan. Ana shu yuqoridagi bilim va ko‘nikmalar tabiiy 
geografiya  kursidagi  asosiy  tushunchalar  va  ko‘nikmalarni  o‘zlashtirish  uchun 
yetarli zamin bo‘lib xizmat qiladi. 
Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi kirish va yettita mavzudan iborat. 
«Kirish»  qismiga  (ekskursiya  bilan  birga)  4  soat  vaqt  ajratiladi.  Kursdagi 
dastlabki  mavzu  «Yerning  globus  va  kartalarda  tasvirlanish»  (7  soat)  da 
o‘quvchilar  dastlabki  topografik  va  kartagrafik  bilimlar  oladilar  va  muayyan 
ko‘nikmalar  hosil  qiladilar.  Mavzuda  joy  planini  olish  va  uni  o‘qish,  nisbiy  va 
absolyut  balandliklar,  relyefni  gorizontalar  bilan  tasvirlashga  alohida  e’tibor 
beriladi. O‘quvchilar globus va kartalarning asosiy elementlari (Yerning tasvirlash 
xususiyatlari,  masshtab,  meridianlar  va  parallellar,  relyefning  tasviri,  balandlik 
shakllari) ni o‘rganadilar, kerakli nuqtani globus va kartalardan topishni, globus va 
kartalardan  oraliq  (masofa)  ni  aniqlashni  bilib  oladilar.  Birinchi  va  ikkinchi 
mavzularni  o‘rganishda  o‘quvchilarda:  Quyosh  va  kompas  bilan  mo‘ljal  olish, 
predmet  azimutlarini  aniqlash,  joyning  oddiy  planini  ishlash  va  uni  o‘qiy  olish, 
kartada  mo‘ljal  olish,  globus  va  kartalarning  gradus  to‘ri  va  masshtabidan 
foydalana  olish  kabi  ko‘nikmalar  shakllanadi.  «Litosfera»  (11  soat)  mavzularida 
o‘quvchilar  yerning  ichki  tuzilishi  va  uni  tashkil  etuvchi  jinslar,  vulqonlarning 
otilishi,  zilzilalarning  ro‘y  berishi,  yer  yuzasining  shakllari  (tog‘  va  teksliklar), 
ularning  vujudga  kelishi,  jinslarning  joylanish  harakteri,  ichki  va  tashqi  kuchlar 
ta’sirida  tog‘  va  teksliklarning  o‘zgarishi,  shuningdek,  yer  osti  boyliklari  va  yer 
yuzasining  muhofaza  qilish  usullari  bilan  tanishadilar.  «Gidrosfera»  (14  soat) 
mavzularida  okeanlar,  dengizlar  va  ularning  qismlari,  suv  osti  relyefi  va  suv  osti 
yotqiziqlari, suvlarning xususiyatlari va harakati (to‘lqinlar, oqimlar, suv qalqishi, 
okeanlarning  o‘simlik  va  hayvonot  dunyosi  hamda  mineral  boyliklari,  okean  va 
dengizlardan  transport  vositasi  sifatida  foydalanish,  okean  suvlari  va  boyliklarini 
muhofaza  qilish),  quruqlikdagi  suv  (daryolar,  ko‘llar,  suv  omborlari,  yer  osti 
suvlari), ularning vujudga kelish sabablari (suv o‘tkazuvchi va suv o’tkazmaydigan 
qatlamlar,  mineral  va  termal  suvlar,  daryolarning  yo‘nalishi  va  oqish  harakteriga 
relyefning  ta’siri,  ostona  va  sharsharalarning  hosil  bo‘lishi,  daryolarning 
yo‘nalishi, rejimi va h.k.), ularning xo‘jalikdagi ahamiyati, foydalanish usullari va 
muhofaza  qilishga  oid  tadbirlar,  muzliklar  ularning  paydo  bo‘lishi  va  ahamiyati 
o‘rganiladi.  «Atmosfera»  (12  soat)  mavzularida  o‘quvchilar  havo  qatlami,  unga 
xos bo‘lgan xususiyatlar (tuzilishi, atmosfera bosimi, havo temperaturasi, shamol, 
havodagi suv bug‘i, tuman, bulut, yog‘inlar) haqida umumiy tushunchalar oladilar. 
Ular  atmosferada  ro‘y  beradigan  jarayon  va  hodisalar,  muhim  qonuniyatlar, 


257 
 
balandga  ko‘tarilgan  sari  atmosfera  bosimining  o‘zgarilishi  bilan  tanishadilar: 
o‘quvchilarda  ob-havo  va  havo  massalari  haqida,  iqlim  va  iqlimining  tarkib 
topishiga ta’sir etuvchi omillar haqida tushunchalar shakllanadi. 
«Geografik  qobiq»  (4  soat)  mavzularini  o‘rganish  uchun  yer  qobiqlari 
to‘g‘risidagi  bilimlar  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Bu  mavzuda  tabiiy  kompleks 
komponentlari  orasidagi  o‘zaro  aloqadorlik  aniqlanadi,  shuningdek  kompleks  va 
geografik qobiq haqidagi tushunchalar shakllanadi. 
«Yer shari aholisi» (2 soat) mavzusi bilan kurs yakunlanadi. Mazkur mavzuda 
o‘quvchilar yer shari aholisi, irqlar va dunyoning siyosiy kartasi haqida ma’lumot 
oladilar. Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursida o‘rganiladigan bilimlar asta-sekin 
murakkablasha boradi, karta to‘g‘risidagi bilimlar kengayib, takomillashib boradi. 
Tabiiy  geografiya  boshlang‘ich  kursining  asosi  –  umumiy  tabiiy  geografik 
tushunchalardan  iborat.  Bu  kursda  o‘rganiladigan  tushuncha,obyekt  va 
hodisalarning  ko‘pchiliga  maktab  atrofida  uchraganligidan  tabiiy  geografiya 
boshlang‘ich  kursidagi  ta’limni  o‘lkashunoslik  tamoyili  asosida  tashkil  etish 
imkoniyatini  beradi.  Boshqacha  qilib  aytganda  ko‘pchilik  obyekt  va  hodisalar 
haqidagi tushunchalar mahalliy joylarni idrok etish asosida shakllanadi.

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish