8.4. Geografiya ta’limida interfaol usullar
Zamonaviy
darsga
qo‘yiladigan
talab,
asosan,
jamiyatimizning
ehtiyojlaridan kelib chiqadi. O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi” va “Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni” talablaridan kelib chiqib yangi
pedagogik texnologiyalarni darsga tatbiq etish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.
Pedagogik texnologiyalarga muvofiq darsning maqsadi, davlat buyurtmasiga mos
kelishi lozim, darsning maqsadi uning mazmunini belgilaydi. Dars mazmuni dastur
bo‘yicha chuqur bilim berilishi o‘qituvchining dars mahoratiga bog‘liq.
Beriladigan bilimlar asosida esa ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi. Davlat
buyurtmasiga asosan davr talabi bo`yicha o‘quv reja, dastur, darslik, o‘quv
qo‘llanmalari, o‘quv vositalari ham yangi pedagogik texnologiyalar asosida
yangilab boriladi. Dars maqsadi, mazmuniga mos ravishda o‘qitish vositalari
hamda dars usuli tanlanadi.
1. Nazariyani amaliyot bilan bog‘lash zaruriyatidan kelib chiqib, ilmiy
asoslangan tajriba - sinovdan o‘tgan, yangiliklar bilan boyitilgan zamonaviy
ta’limga o‘tish lozim. Bunda sustkashlik va harakatsizlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Dastur va darslikdan ahamiyati kam bo‘lgan materiallar chiqarib boriladi. Hozirgi
210
fan - texnika yutuqlariga asoslanib, ilmiy - texnik axborotlardan keng foydalangan
holda o‘quv dasturlarini muntazam yangilab borish taqozo etiladi.
2. O‘quv jarayonini qulaylashtirish lozim. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchining
kam kuch sarflab maqsadga erishuvi, o‘qitish uchun qulay sharoit yaratish ko‘zda
tutiladi.
3. O‘qitishda yangi vositalar, faol usullar,ta’limiy materiallar ta’limning
ilmiyligini oshiradi va bu jarayon rivojlantirib, takomillashtirilib boriladi. Ilmiy
tadqiqotlarning natijalari amaliyotga joriy etib borilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
4. O‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro hamjihatligi ta’minlangan bo‘lishi
kerak. O‘qituvchi o‘quv jarayonida amaliyotchi konstruktor sifatida faoliyat
ko‘rsatishi, ta’lim maqsadini aniq tasavvur etishi, dars mazmunini chuqur bilishi,
o‘qitish texnikasi va usullarini yaxshi egallagan, o‘qitish jarayoni uchun zaruriy
shart - sharoit yarata olgan bo‘lishi va uni amalga oshirishi lozim.
5. Ta’limda yangi pedagogik texnologiyalar, axborot va o‘qitish
vositalaridan ayniqsa kompyuterdan, elektron aloqa, radio, televideniyadan
samarali foydalanish talab etiladi. Ular vositasida ta’limiy materiallar ishlab
chiqish yaxshi samara beradi.
6. O‘quv jarayonining samarasi uning moddiy texnika bazasiga bog‘liq
bo‘lib, maktab binosi hozirgi zamon talabiga javob berishi, shovqindan holi, iqlim
sharoiti hisobga olingan, yorug‘, zarur mebellar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
7. O‘quv tarbiya jarayonini sifatini baholash pedagogik texnologiyaning o‘z
oldiga qo‘ygan ijtimoiy maqsadidir. Baholashning reyting - test tizimi,
o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini tekshirishda yangi avtomatlashtirilgan
nazorat vositalaridan foydalanish asosiy yo‘nalish bo‘lishi kerak.
Yangi pedagogik texnologiyani joriy etishda quyidagi uch omilni hisobga
olish lozim:
1. Ijtimoiy muhit, jamiyat, oila, maktab, ularning o‘quvchi ongiga
intellektual ta’siri:
2. Pedagogik jamoaning pedagogik faoliyati, ularning saviyasini o‘rganish;
3. O‘quvchilarning individual xususiyatlarini o‘rganish, aqliy rivoji,
qobiliyati, moyilliklari, bilish jarayonining xususiyatlari, bilim saviyasi kabi ta’lim
samaradorligini aniqlovchi omillarni aniqlashda ham kompyuterlardan foydalanish
yaxshi samara beradi. Ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga
olish, o‘quv materialining qiyinchilik darajasini aniqlash o‘qitish usullarining eng
samaralisini tanlash imkonini beradi.
211
Do'stlaringiz bilan baham: |