Ўзбекистон республикаси алоқА, ахборотлаштириш ва



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/177
Sana05.01.2022
Hajmi1,58 Mb.
#317970
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   177
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси ало А, ахборотлаштириш ва

 
Nazorat savollari.
 
 
1.
 
Notijorat tashkiloti tijorat tashkilotidanqanday farq qiladi? 
2.
 
Notijorat tashkiloti qanday maqsadlarda tashkil etiladi? 
3.
 
Notijorat tashkilotlar qanday turlarga bo‘linadi? 
4.
 
Notijorat asosida faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa va tashkilotlar moliyaviy 
resurslarining shakllanishi qanday xususiyatlarga bog‘liq bo‘ladi? 
5.
 
Notijorat tashkilotlar moliyaviy resurslarini shakllantirish xususiyatlari 
nimalardan iborat? 


 
 
 
58
 
 
4-mavzu. Korxonalar va tashkilotlar moliyasi
  
 
4-ma’ruza. Jamoat tashkilotlari va birlashmalari moliyasi 
 
Reja 
 
1.
 
Jamoat tashkilotlari moliyasini tashkil etish asoslari  
2.
 
Jamoat tashkilotlari va birlashmalarining daromad va xarajatlari 
3.
 
Kasaba uyushmalari moliyasi  
4.
 
Siyosiy partiyalar moliyasi 
 
 
1.
 
Jamoat tashkilotlari moliyasini tashkil etish asoslari 
 
Jamoat tashkilotlari mamlakat siyosiy jamoat tizimining ajralmas qismidir. Bu tashkilotlar 
odamlarning bitta mutaxassislikka yoki ijtimoiy guruhga, bir xil maqsadlarga, qiziqish yoki 
umumfuqarolik masalalarini hal qilishda bir xil yondashuvligi, g‘oyaviy maqsadlar uchun 
birlashishi asosida vujudga keladi. Bizning mamlakatimizda bir qancha jamoat tashkilotlari faoliyat 
yuritadi: kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, ijodiy uyushmalar, sport va boshqa o‘z xohishiga 
ko‘ra birlashgan jamiyatlar, maxsus tashkiliy shakl asosida birlashgan va keyingi  yillarda keng 
tarqalgan maqsadli fondlar va hayriya fondlari misol bo‘ladi.  
Jamoat tashkilotlari moliyasi quyidagi munosabatlarni o‘z ichiga oladi:
  

 
jamoat tashkilotlari va ularning a’zolari o‘rtasidagi jamoatga kirish va a’zolik badallarini 
to‘lash, shuningdek jamoat tashkiloti bo‘yicha har xil to‘lovlar va imtiyozlarni qo‘llash; 

 
jamoat tashkilotlarining korxonalar, ishlab chiqarish birlashmalari va tashkilotlar bilan 
moliyaviy munosabatlari. Korxonalar tomonidan xayriyalar, shuningdek har xil madaniy tadbirlar 
va ko‘rgazma, festivallar o‘tkazish uchun mablag‘lar ajratish; 

 
jamoat birlashmalari ichida fondlarni tashkil qilish va foydalanish bo‘yicha (ish haqi 
fondi, kapital qo‘yilmalar) munosabatlar; 

 
yuqori va quyi turuvchi jamoat tashkilotlari o‘rtasida daromadlarini yuqori tashkilotga 
o‘tkazish yoki yuqori tashkilotdan yordam olish; 

 
jamoat tashkilotlari va ularga bo‘ysinuvchi xo‘jalik-ishlab chiqaruvchi tashkilotlar 
o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar.  
Jamoat tashkilotlarining moliyasiga, asosan, ikkita 
omil
 ta’sir ko‘rsatadi.  
Birinchisi
  shundan iboratki, jamoat birlashmalari fuqarolarning o‘z xohishiga ko‘ra 
birlashishi asosida yuzaga keladi. Shuning uchun pul fondlarini moddiy bazasi sifatida 
shakllantirish va ulardan foydalanish o‘z xususiyatlariga ega. Mablag‘lar tushishining asosiy 
manbai birlashmalarga kirish va a’zolik badallaridan tashkil topadi.  
Ikkinchi omil
, jamoat birlashmalari ma’lum mulkka (imoratlar va asbob-uskunalar), 
korxonalar va ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan (sanoat, qurilish, nashriyot va boshqalar), 
shuningdek moliyaviy mablag‘larga ega bo‘ladi. Jamoat birlashmalari ulush asosidagi mulkka ham 
ega bo‘lishi mumkin (masalan, tijorat banklari, qo‘shma korxonalar va boshqalarni tashkil etishda). 
Natijada jamoat tashkilotlari moliyasi davlat tomonidan qisman boshqariladi, lekin asosan nizom 
bilan belgilangan bo‘ladi. Jamoat birlashmalarining nizomida uning maqsadlari, vazifalari va 
boshqa tizimlar bilan hamkorlikning yo‘nalishlari, shuningdek moliyaviy-moddiy ko‘rinishdagi 
mablag‘larning shakllanish tamoyillari o‘z aksini topadi. Davlat bilvosita ta’sir qilish, ya’ni 
iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish usullarini qo‘llaydi: 
- har xil obyektlarni soliqka tortish; 
- foydaga solinadigan soliq stavkasi; 
-  moliyaviy va soliq imtiyozlari, shuningdek ayrim hollarda dotatsiya va subvensiyalar 
ajratish orqali.  
Jamoat birlashmalarining mulkidan foydalanishning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, 
u ayrim olingan a’zolar uchun daromad manbai bo‘ladi. Jamoat birlashmalarining barcha 
daromadlarlari umumiy xizmat ko‘rsatishga, nizom  ehtiyojlarini to‘la qondirishga yo‘naltiriladi. 


 
 
 
59
 
 
A’zolik badallarini to‘lash va u yoki bu ko‘rinishdagi moddiy yordam olish o‘rtasida hech qanaqa 
bevosita bog‘liqlik mavjud emas.  
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan omillar birgalikda jamoat birlashmalarining moliya-xo‘jalik 
faoliyatidagi tijorat hisobi va moliyaviy smetalarini belgilaydi. Bu xususiyatlar ularning moliyasi 
faoliyatida o‘z aksini topadi.  
 
 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish