Ўзбекистон республикаси алоқА, ахборотлаштириш ва



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/177
Sana05.01.2022
Hajmi1,58 Mb.
#317970
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   177
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси ало А, ахборотлаштириш ва

 
 
 
5.
 
Moliyani boshqarish organlarining funksiyalari 
 
Davlatning moliyaviy faoliyatini amalga oshirishda davlatning barcha hokimiyat va 
boshqaruv organlari ishtirok etadi. Ularning har biri moliya bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum 
funksiyalarni bajaradi. Ularning moliyaviy faoliyatini xarakteri va mazmuni sezilarli farq qiladi, 
chunki mazkur organlarning vazifalari va huquqiy mavqei turlichadir. Shularni hisobga olib, 
davlatning moliyaviy faoliyatini amalga oshiruvchi organlarni bir nechta guruhlarga ajratish 
mumkin. 
Birinchi guruhni 
davlatning vakillik organlari (Oliy Majlis, Xalq deputatlari kengashlari) va 
o‘zining funksiyalari bilan bir qatorda tegishli hududlar –  davlat yoki alohida ma’muriy-hududiy 
birliklar ko‘lamida moliyaviy faoliyatni amalga oshiruvchi umumiy vakolatdagi ijroiya hokimiyati 
organlari (Vazirlar Mahkamasi, hokimiyatlar) tashkil qiladi. Bu organlarning moliya faoliyati 
sohasidagi vakolatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va ularning huquqiy 
maqomini belgilovchi me’yoriy hujjatlarda (“O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi 
to‘g‘risida”gi, “Joylardagi davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi, “Budjet tizimi to‘g‘risida” qonunlar) 
mustahkamlangan. 
O‘zbekiston Respublikasi  Oliy Majlisi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qiladi  va uning ijrosini 
nazorat etadi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qiladi 
 
(Konstitutsiyaning 78-moddasi), 
moliya, pul-kredit, soliq, bank tizimlarining asoslarini va budjet qo‘rilmasini belgilaydi 
(Konstitutsiyaning 122, 124-moddalari). Uning o‘zi davlatni moliya faoliyatining muhim masalalari 
yuzasidan qonunlar qabul qiladi (misol uchun, budjet tizimi to‘risida, soliqlar to‘g‘risida, banklar va 
bank faoliyati to‘g‘risida, valyutani tartibga solish to‘g‘risida va h.k.). 
Vazirlar Mahkamasi 
davlat budjetini ishlab chiqish va ijrosini tashkil qiladi, davlatning pul 
va kredit tizimini musatahqamlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishiga hayrixohlik qiladi, 
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ixtiyorida bo‘lgan davlat budjetdan tashqari fondlarini 
shakllantirish va foydalanish masalalarini hal etadi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 
davlat budjetini ijro etish bo‘yicha boshqa davlat boshqaruvi organlarining ishini muvofiqlashtiradi 
va nazorat qiladi. Bundan tashqari, mustasno tariqasida Vazirlar Mahkamasining majlislarida davlat 
qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarish hajmlari va davlatning ichki va tashqi qarzlarini 
oshirish chegaralari to‘g‘risidagi, soliqlarning va davlat bojlarining stavkalarini o‘rnatish va 
o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflar ko‘rib chiqiladi. 
Xalq deputatlari Kengashlari va hokimiyatlar 
o‘zlarining vakolatlari doirasida tegishli 
ma’muriy-hududiy birliklarning moliyasini boshqarishni ta’minlaydilar. Jumladan, bu organlar, 
mahalliy budjetlar loyihalarini ishlab chiqishni, ularni tasdiqlash va ijrosini, shuningdek bu 


 
 
 
30
 
 
budjetlarning ijrosi bo‘yicha hisobotlarni tasdiqlashni amalga oshiradilar, qonunchilik bo‘yicha 
mahalliy budjetlarga kelib tushuvchi mahalliy soliqlar, yig‘imlar va to‘lovlar hajmlarini va ular 
bo‘yicha imtiyozlarni belgilaydilar.  
Davlat moliyaviy faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning 
ikkinchi guruhini tarmoq va 
maxsus huquq doirasidagi
 ijroiya hokimiyati organlari tashkil etadi.  
Tarmoq huquq doirasidagi 
organlarga ular uchun moliya faoliyati asosiy bo‘lmagan 
vazirliklar, idoralar va boshqa tarmoq boshqaruv organlari kiradi. Bu organlar tomonidan moliya 
faoliyati ularning iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy qurilish qismi tomonidan yuklatilgan ko‘rsatma 
bo‘yicha 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish