Kapital qo‘yilma
ma’lum maqsad uchun, ko‘pchilik hollarda muayyan obyektlar
qurilishi yoki ta’mirlanishi, yangi quvvatlarni o‘zlashtirilishi uchun davlat markaziy yoki mahalliy
mablag‘lari, korxona mablag‘lari hisobidan moliyaviy fondlarning ajratilishi.
Kassa rejasi
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning muayyan davr (yil, kvartal, oy)
davomida naqd pul tushumlarini va ish haqi hamda boshqa maqsadlar uchun xarajatlarini oldindan
taxmin qilish asosida belgilanishi.
Konsignatsiya
bir tomon (konsegnant) topshiriqi bilan ikkinchi taraf (konsegnator) o‘z
nomidan, ammo konsignant hisobidan chet eldagi omborda bo‘lgan tovarlarni sotish.
Kredit
boshqa shaxsga pul mablag‘lari, tovarlar va boshqa boyliklarni ma’lum
muddatga, qaytarish sharti bilan, haq olish (foizlar tarzida) evaziga vaqtincha topshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |