Ўзбекистон республикаси алоқА, ахборотлаштириш ва


 Davlat qarzini boshqarish



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/177
Sana05.01.2022
Hajmi1,58 Mb.
#317970
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   177
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси ало А, ахборотлаштириш ва

3. Davlat qarzini boshqarish 
 
Davlat  qarzini  boshqarish
  deganda  davlat  boshqaruv  organlarining  davlatning  qarz 
majburiyatlarini muomalaga chiqarish va joylashtirish, Davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini tartibga 
solish,  davlat  qarziga  xizmat  ko‘rsatish  va  to‘lash,  ssudalar  va  kafolatlar  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
harakatlar yig‘indisi tushuniladi. 
Zayomlar  bo‘yicha  daromadlar  va  ularni  qaytarilishi,  asosan,  budjet  mablag‘lari  hisobidan 
amalga oshiriladi. Biroq, davlat qarzining sezilarli o‘sib borishi sharoitida va mamlakatning budjet 
qiyinchiliklari ro‘y berganda davlat qarzining qayta moliyalashtirilishi amalga oshiriladi.  
Qayta moliyalashtirish
 deganda eski davlat qarzini yangi zayomlarni muomalaga chiqarish 
orqali  qoplash  tushuniladi.  Misol  uchun,  sobiq  ittifoq  davrida  1966-yilda  muomalaga  kiritilgan 
ichki yutuqli 3 % li zayomlar bo‘yicha qayta moliyalashtirish amalga oshirilgan. Bu zayomlarning 
muddati  tugaganda  obligatsiyalar  bir yil  davomida  1982-yilgi  ichki  yutuqli  zayomlarga  kurs 
tafovutlarini  to‘lamagan  holda  almashtirilgan.  Sobiq  ittifoq  parchalangandan  so‘ng,  mustaqil 
O‘zbekiston  Respublikasi  1982-yilgi  davlat  zayomlarini  1992-yilgi  ichki  yutuqli  zayomlarga 
qiymatining  1000:1  nisbati  bilan  almashtirdi.  Hozirgi  kunga  kelib  esa,  bu  davlat  qarzlari 
«muzlatilgan». 
Qayta  moliyalashtirish  davlat  qarzining  tashqi  qismi  bo‘yicha  foizlarni  to‘lash  va  o‘zini 
qaytarish  bo‘yicha  ham  keng  qo‘llaniladi.  Biroq,  yangi  qarzlarni  berishning  asosiy  sharti  qarzdor 
mamlakatning xalqaro moliyaviy bozor ko‘lamidagi obro‘si, uning iqtisodiy va siyosiy barqarorligi 
hisoblanadi. 
Zayomlar  yutuqlar  tirajlarini  o‘tkazish  orqali  yoki  davlat  qimmatli  qog‘ozlarini 
kreditorlardan sotib olish orqali qaytariladi. 
Yutuqlarni,-yillik foizlarni, zayomlarni qaytarish bo‘yicha summalarni to‘lash davlat qarzini 
boshqarish  bo‘yicha  xarajatlarning  asosiy  ulushini  tashkil  etadi.  Shuningdek,  bunday  xarajatlarga 
davlat  qimmatli  qog‘ozlarini  chiqarish,  joylashtirish  va  realizatsiya  qilish,  yutuqlar  tirajlarini 
o‘tkazish va ayrim boshqa xarajatlar kiradi. 
Davlat  davlat  kreditining  samaradorligi  haqida  qayg‘uradi.  Qarz  operatsiyalarining 
natijaviyligi  haqidagi  tasavvurni  har-yillik  davlat  krediti  tizimi  bo‘yicha  tushumlarni  solishtirish 
orqali olish mumkin. Davlat kredit operatsiyalarining samaradorligi haqida to‘liq tasavvurni davlat 
kredit  tizimi  bo‘yicha  tushumlarning  xarajatlaridan  ortgan  qismini  xarajatlarga  nisbati  orqali  (foiz 
ko‘rinishida) olish mumkin. 
Kreditning samaradorligi (S) quyidagi formula orqali aniqlanadi: 
 
100
x
Х
Х
Т
С

=
 
bu yerda T – davlat krediti tizimi bo‘yicha tushum; 
 
   X – davlat krediti tizimi bo‘yicha xarajatlar. 


 
 
 
121
 
 
Biroq,  davlat  krediti  tizimi  bo‘yicha  tushumlar  summasi  va  tushumlarning  kredit 
operatsiyalari  bo‘yicha  xarajatlardan  ortiq  bo‘lishligi  ularning  samaradorligiga  mukammal  tavsif 
bera  olmaydi.  Shuni  ham  hisobga  olish  kerakki,  davlat  krediti  davlat  budjeti  va  mamlakat  pul 
muomalasiga,  aholining  davlat  tuzilmalarining  moliyaviy  faoliyatiga  ishonchini  ortishiga  va 
jamiyatning iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi lozim. 
Davlatning  tashqi  qarzi  bo‘yicha  unga  xizmat  ko‘rsatish  koeffitsienti  aniqlanadi.  U  qarz 
bo‘yicha  barcha  to‘lovlarni  mamlakatning  tovar  va  xizmatlar  eksportidan  valyuta  tushumlariga 
nisbati (foiz ko‘rinishida) sifatida aniqlanadi. Davlat qarziga xizmat ko‘rsatishning xavfsiz darajasi 
25 % gacha deb qabul qilingan. 
Davlat  kreditining  samaradorligiga  erishish  uchun  davlat  qarzini  boshqarish  sohasida 
konversiya,  konsolidatsiya,  regressiv  muvofiqlikda  obligatsiyalarni  almashtirish,  qaytarishni 
kechiktirish va zayomlarni bekor qilish kabi usullar qo‘llaniladi. 
Konversiya  deganda  zayomlarning  daromadliligini  o‘zgarishi  tushuniladi.  Davlat  qarzini 
boshqarish  bo‘yicha  xarajatlarni  qisqartirish  maqsadida  davlat  ko‘p  hollarda  zayomlar  bo‘yicha 
to‘lanadigan  foizlarni  pasaytiradi.  Biroq,  kreditorlar  uchun  davlat  qimmatli  qog‘ozlari  bo‘yicha 
daromadlilikni ham ko‘tarish mumkin. 
Davlat  qarz  mablag‘larini  uzoq  muddatlarga  olishdan  manfaatdordir.  Amalga  kiritilib 
bo‘lingan  zayomlar  muddatlarini  uzaytirish  faqatgina  davlat  qarzlarini  konsolidatsiyalash 
hisobidangina  amalga  oshirilishi  mumkin.  Demak,  konsolidatsiyalash  deganda  zayomlarning 
muddatlari bilan bog‘liq shartlarini o‘zgartirish tushuniladi, ya’ni ularning muddatlari cho‘zish yoki 
qisqartirish. Asosiy hollarda muddat uzaytiriladi. 
Davlat  zayomlarini  unifikatsiyalash  odatda  konsolidatsiyalash  bilan  birgalikda  amalga 
oshiriladi,  lekin  usiz  ham  bo‘lishi  mumkin.  Zayomlarni  unifikatsiyalash  –  bu  avval  muomalaga 
chiqarilgan  zayomlar  yangisiga  almashtirilayotganda  bir  nechta  zayomlarni  bittaga  almashtirilishi. 
Bunday tadbir bir vaqtning o‘zida bir necha xildagi qimmatli qog‘ozlarni aylanishini qisqartirish va 
davlatning  davlat  qarzi  tizimi  bo‘yicha  ishlarini  soddalashtirish  hamda  u  bo‘yicha  xarajatlarni 
qisqartirish imkonini beradi. 
Istisno  tariqasida,  hukumat  obligatsiyalarni  regressiv  muvofiqlikda  almashtirishni  amalga 
oshirishi  mumkin,  ya’ni  avvalgi  chiqarilgan  bir  necha  obligatsiyalar  bitta  yangi  obligatsiyaga 
tenglashtirilganda. 
Qarzlarni to‘lashni kechiktirish
 yangi zayomlarni chiqarish bo‘yicha keyingi operatsiyalarni 
faollashtirish davlat uchun moliyaviy samaraga ega bo‘lmaganda amalga oshiriladi. 
Davlat  qarzining  bekor  qilinishi
  deganda  davlatning  barcha  turdagi  chiqarilgan  qarz 
majburiyatlaridan  (ichki,  tashqi  yoki  barcha  turdagi  davlat  qarzlaridan)  voz  kechishi  tushuniladi. 
Davlat  qimmatli  qog‘ozlarini  bekor  qilinishi  ikki  sabab  bo‘yicha  amalga  oshirilishi  mumkin. 
Birinchidan, davlat qarzlarining bekor qilinishi davlatning moliyaviy imkonsizligi, ya’ni bankrotligi 
holatida  e’lon  qilinadi.  Ikkinchidan,  qarzlarning  bekor  qilinishi  hokimiyatga  yangi  siyosiy 
kuchlarning  kelishi  hamda  ularning  ma’lum  sabablar  tufayli  avvalgi  hokimiyatning  moliyaviy 
majburiyatlarini tan olmasliklari natijasida bo‘lishi mumkin.   
Davlat kreditini boshqarish jarayonida quyidagi masalalar hal etiladi: 

 
qarz oluvchi uchun qarz qiymatini minimallashtirish; 

 
bozorni  davlat  qarz  majburiyatlari  bilan  to‘lib  ketishi  va  ularning  kurslarini  keskin 
o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaslik; 

 
to‘plangan  mablag‘lardan  samarali  foydalanish  va  berilgan  kreditlardan  maqsadli 
foydalanish ustidan nazorat; 

 
kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash; 

 
moliyaviy siyosat belgilab bergan masalalarni maksimal hal etish. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish