Ўзбекистон республикаси алоқА, ахборотлаштириш ва



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/177
Sana05.01.2022
Hajmi1,58 Mb.
#317970
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   177
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси ало А, ахборотлаштириш ва

2.
 
Soliqlarning turkumlanishi 
 
 
1. Soliqlarning mazmuni 
 
Soliqlarning eng oddiy ta’rifi mana bunday. 
Soliqlar
  aholidan, korxonalar va xo‘jalik 
yurituvchi boshqa subyektlardan davlat (markaziy va mahalliy hokimiyat organlari) tomonidan 
undirnib olinadigan majburiy to‘lovlardir. Soliq o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy mahsulotning (yalpi 
ichki mahsulotning YaIM) bir qismi bo‘lib, soliq to‘lovchi bundan biron-bir foyda ko‘rish-
ko‘rmasligidan qat’iy nazar, o‘z mablag‘laridan davlat hisobiga majburiy ajratmalar ko‘rinishida 
aks etadi.  
Soliqlarning mohiyatini tushunishga yordam beruvchi uchta tavsifni keltirib o‘taylik  
1. Soliq to‘lovchi pulning u yoki bu summasini davlatga to‘lar ekan, buning evaziga 
bevosita biron-bir tovar yoxud xizmat olmaydi. Alohida olingan soliq to‘lovchi tomonidan 
to‘langan soliq miqdori bilan u iste’mol qiladigan ijtimoiy ne’matlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
bog‘liqlik mavjud bo‘lmaydi. Xuddi ana shu xususiyatiga ko‘ra soliq bahodan (tovar yoki 
xizmatlarni ixtiyoriy iste’mol qilganligi uchun to‘lanadigan haq sifatida) ruxsatnoma (litsenziya)lar 
va vositachilik yig‘imlaridan farq qiladi, chunki bular majburiy yoki ixtiyoriy to‘lovlar hisoblansa-
da, biroq hamma vaqt hukumat tomonidan ko‘rsatilgan xizmatdan muayyan foyda (naf) ko‘rilishi 
bilan bog‘liqdir.  
Davlatga to‘lanadigan soliqlar bilan uning evaziga olinadigan iqtisodiy va ijtimoiy ne’matlar 
o‘rtasida bevosita, har bir kishining ko‘zi ilg‘aydigan bog‘liqlikning yo‘qligi soliq to‘lovchilar 
soliqqa tortishni yuk sifatida baholashlari uchun caba6 bo‘ladi, vaholanki, ular soliqlar hisobidan 
qilinadigan davlat xarajatlarining yo‘nalishini ma’qo‘llashlari ham mumkin.  
Alohida olingan soliq to‘lovchi odatda jamiyat va o‘zining ko‘rgan foydasi yoki manfaatini 
to‘lagan soliqlari bilan solishtirib o‘tirmaydi. Bu shunga  olib keladiki, oqibatda fuqarolarning bir 
qismi soliqlar to‘lashdan bo‘yin tovlashga, o‘z daromadlarini yashirishga urinadi. Davlat o‘z 
fuqarolaridan yig‘ib olgan soliqlarni samarali va oshkora tarzda ishlatsa hamda fuqarolarning 
aksariyat qismi davlatning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa dasturlarini o‘z mablag‘lari hisobidan pul 
bilan ta’minlashga rozi bo‘lgandagina yuksak soliq ahloqi tamoyillari tantana qiladi.  
2. Soliqlar majburiy to‘lovlar hisoblanadi. Soliqlarning to‘la va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun 
javobgarlik soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklangan bo‘lsa-da, ular ixtiyoriy emas, majburiy 
ravishda to‘laydilar, davlat soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlarni qattiq jazolaydi.  
3. Davlat foydasiga soliq to‘lash orqali daromadning avvaldan belgilab qo‘yilgan, eng 
muhimi, qonuniy tartibda ko‘zda tutilgan qismi undirib olinadi.  
Ko‘pgina davlatlarning, jumladan, O‘zbekistonning ham qonunlarida soliqlarni belgilash va 
ularning hajmlarini aniqlashga faqat oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat yoki uning tomonidan 
vakolat berilgan organlar haqlidirlar, deb mustahkamlab qo‘yilgan. o‘zining xohish-istagiga qarab 
yangi soliqlar belgilash yoki ularning hajmlarini aniqlashga xech kimning haqqi yo‘q. To‘lovlarning 
qonuniy, ochiq-oydin xususiyatga ega bo‘lishi soliqlarning bosh tavsifidir.  
Soliqlarning asosiy funksiyasi
fiskal 
(lotincha 
fiscus
 so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, g‘azna 
degan ma’noni anglatadi) xususiyatga ega ekanligidir. Bu o‘rinda mazkur funksiyaning mohiyati 
shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat 
faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi, hozirgi vaziyatda esa butun bozor xo‘jaligi 
tizimi ishlab turishi uchun moddiy imkoniyat vujudga keltiriladi. Soliqlar orqali korxonalar va 
fuqarolar daromadining bir bo‘lagini davlat apparatini, mamlakat mudofasini, noishlab chiqarish 


 
 
 
98
 
 
sohasini, umuman o‘z daromadlari manbaiga ega bo‘lmagan qismini (madaniyat muassasalari, 
jumladan, kutubxonalar, arxivlar va boshqalar) yoki lozim darajada rivojlanishni ta’minlash uchun 
o‘zining mablag‘i yetishmaydigan tarmoqlarni (fundamental fan, teatrlar, muzeylar, ko‘plab o‘quv 
yurtlari va hokazo) saqlab turish maqsadida undirib olish jarayoni ro‘y beradi.  
Fiskal funksiya davlatning iqtisodiyotga aralashuvi uchun obyektiv shart-sharoit vujudga 
keltiradi.  
Budjet daromadlarini ta’minlash soliq tizimi vazifalaridan bittasi, holos. Soliq tizimi ana shu 
vazifani xal etar ekan, jamg‘arma va ishlab chiqarishning o‘sish jarayonlariga to‘sqinlik qilmasligi, 
ijtimoiy adolatni buzmasligi, xalq xo‘jaligi tuzilishida buzilishlar va chetga chiqishlar sodir 
bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi, bozor jarayoniga putur yetkazmasligi zarur.  
Soliqlarning yana bir muhim funksiyasi 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish